Microsoft Word nurul yaqin ziyouz com doc



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/270
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#197178
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   270
Bog'liq
Muhammad Xuzariy. Nurul-yaqin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
kun". Payg‘ambar alayhis-salom o‘z guruhining a’lamini Makkaning quyi tomonidagi 
Xujun tog‘iga qadashni, Xolid ibn Validga shaharning past, Kuday tomonidan kirishni 
buyurdilar. O’zlari esa bir guruh odam bilan Tepa, Kudo’ tomondan kirib bordilar.  
Jarchi oldinda yurib kimki o‘z hovlisiga yoki masjidga kirib olsa, omon qolajagini, Abu 
Sufyonning uyiga kirgan odamga ham teginilmasligini e’lon qildi. Shu tarzda omonlik 
berish rasulullohning o‘zlariga xos fazilatlari edi. Faqat musulmonlarga ko‘p zarar 
yetkazgan, gunohi haddan tashqari og‘ir kishilar bundan mustasno bo‘lib, ular muqarrar 
o‘ldirilishi e’lon qilindi. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abiy Sarh shundaylarning biri edi. Islomning 
avvalida musulmon bo‘lgan bu odam vahiylarni yozadigan kotib edi. Keyinchalik 
murtadlik ko‘chasiga kirib: "Muhammad Aliymun Hakiym, deb yoz deganda, G’ofurun 
Rahiym, deb yozsam ham mayli, bunisi ham bo‘laveradi degan", deya rasullulohga 
tuhmat qilgan. Ikrima ibn Abu Jahl, Safron ibn Umayya, Hubor ibn Asvad, Horis ibn 
Hishom, Zuhayr ibn Abu Umayya, Ka’b ibn Zuhayr, Hamzaning qotili Vahshiy, Abu 
Sufyonning xotini Hind va yana bir guruh kishilar shunday noma’qulchiliklar qilishgan. 
Garchand bunday kimsalarning gunohi katta bo‘lsa-da, payg‘ambar alayhis-salom tig‘ 
ko‘tarib qarshilik ko‘rsatmagan odamni o‘ldirishni qat’iyan man etdilar. 
Xolid ibn Valid boshchiligidagi qo‘shin quraysh mushriklarini vahimaga soldi, shu bois 
qanday bo‘lmasin uni chekintirish niyatida askar to‘plab jang qilishdi. Qisqa 
to‘qnashuvdayoq mushriklardan 24 kishi o‘ldi, musulmonlardan esa ikki kishi shahid 
bo‘ldi. Xolid ibn Valid boshchiligidagi Islom askarlari Makkaning quyi tomonidan hujum 
qilib kirib kelishdi. 
Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin esa sira ham qarshilikka uchramadi. 
Rasululloh peshonalari tuyaning o‘rkachiga tekkuncha, boshlarini quyi solganlaricha 
Ollohga tavozu qilib, parvardigorning ne’matlariga qayta-qayta shukronalar aytar edilar. 
Bu quvonchli hodisa ramazonning yigirmasida, jum’a kunining tong pallasida yuz berdi. 
Hajun degan yerga yetganda rasululloh tuyadan tushib, alam tiktirdilar, o‘z dargohlarini 
ham shu yerga qurdirdilar. Ummu Salama bilan Maymuna payg‘ambar alayhis-salomga 
hamroh bo‘lib, birga safarga chiqishgan edi.  
Musulmonlar bir oz hordiq chiqargach, rasululloh Abu Bakr Siddiq bilan birga 
gaplashib, Fath surasini o‘qib, Ka’ba ziyoratiga ravona bo‘ldilar. Tuyaning ustidan 
tushmay Ollohning ziyoratgohini yetti marta tavof etdilar hamda asolari bilan Hojarul 
Asvadni istilom qildilar. Baytullohning atrofiga 360 but tiklangan edi. Rasululloh 
qo‘llaridagi aso bilan haykallarni nuqib: "Endi Islom dini dunsga keldi, butparastlik zavol 
topdi, u qayta tiklanmaydi", dedilar. So‘ngra butlarni olib tashlashni buyurdilar. 
Musulmonlar u kishining amrini shu zahoti bajo keltirishdi. Navbat qo‘llarida taqsim (fol 
ko‘rish) o‘qlarini tutgan Ibrohim va Ismoil alayhis-salomning haykaliga kelganda 
odamlar nima qilarini bilmay dovdirab qolishdi. "Olloh mushriklarni juvonmarg qilsin! — 
dedilar payg‘ambar alayhis-salom. — Ibrohim bilan Ismoil taqsim o‘qlarini 
ishlatishmaganini mushriklarning o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi. Qo‘rqmay olib 
tashlayveringlar." Bu Ka’baning birinchi marta butlardan tozalangan sharafli kun bo‘lib 
qoldi. Barcha arab xalqi tomonidan ulug‘lanadigan muqaddas Ka’ba chin ma’nodagi 
ziyoratgohga aylandi. Ba’zi bir joylarni hisobga olmaganda arab zaminida butparastlik 
tugatildi. 
 
______________ 
*Arofat — Makkadan 22 chaqirim olisdagi vodiy. Haj mavsumida shu yerda quyosh botguncha turish haj 
ibodatining muhim farzlaridan biri hisoblanadi. 
 
 
 


Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish