O‗zbekiston o‗simliklarining ekologik muammolari
Insoniyat yashab turgan zamin ma‘lum bir darajada turli-tuman o‗simliklar
dunyosi bilan qoplangan. Ularning barcha tirik organizmlar uchun tutgan o‗rni
ham juda katta. Hozirgi kunda dunyo bo‗yicha 500 mingga yaqin o‗simlik turi
mavjud bo‗lib, shulardan 8% suv o‗simliklari, 50% dan ortig‗i gulli o‗simliklar,
27% ni zamburug‗lar, qolganlari mox va lishayniklar hisoblanadi (Tilovov,
2003). Ular o‗zlarining tuzilishi va ranglariga qarab xilma-xildir.
Insoniyat paydo bo‗libdiki, uning hayoti asosan yuksak o‗simliklar bilan
chambarchas
bog‗liqdir.
U
o‗simliklardan
turli-tuman
oziq-ovqat
mahsulotlarigina emas, balki boshqa har xil mahsulotlarni (tola, efir moyi,
smola, kauchuk, yog‗och, selluloza va hokazo) ham oladi.Toshko‗mir, neft, torf
kabi moddalar ham qadimgi zamonlarda yer yuzida yashagan o‗simliklardan
225
paydo bo‗lgan. O‗simlik – tirik organizmdir, u o‗z atrofini o‗rab turgan muhit
bilan o‗zaro bir-biriga to‗xtovsiz ravishda ta‘sir qilishib turadi.
O‗simlik bizning atrofimizda, ko‗z o‗ngimizda – uyimizda, deraza
tokchalarida, stol ustida, uyimiz oldida, ko‗chalarda, o‗tloqlarda, dalalarda,
o‗rmonlardan iborat yashil manzara bo‗lib ko‗rinadi. Yovvoyi holda o‗suvchi
xilma-xil o‗simliklarning ko‗pchiligi xalq xo‗jaligi uchun foydalidir. Ular
orasida juda chiroylisi, zaharlisi, manzarali, texnika o‗simliklari, begona o‗tli va
hokazolar bor. Yashil o‗simliklarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, u hayot
uchun zarur bo‗lgan kislorod manbayidir.
Respublikamizning tabiiy boyliklari ichida uning o‗simlik boyliklari
muhim o‗rin tutadi. Bular orasida oziq-ovqat, yem-xashak, kauchuk, bo‗yoq
moddalari beradigan, vitaminli, efir moyli, dorivor bo‗ladigan juda ko‗p
o‗simliklar bor. Odam hayoti butunlay deyarli o‗simlik bilan bog‗liq deyish
mumkin. Chunki, insonlar uchun zarur oziq-ovqat, qandolat, yoqilg‗i, kiyim-
bosh, qurilish materiallari, tabiiy bo‗yoq, dorivor xomashyosi, nihoyat sanoat-
ning ko‗p sohalari uchun zarur bo‗ladigan xomashyolarni faqat o‗simliklar
beradi.
O‗zbekistan Respublikasi o‗zining tarixiy-tabiiy omillari va xususan, fizik-
geografik sharoitiga muvofiq xo‗jalik jihatdan eng qimmatli bo‗lgan
o‗simliklarning o‗sishi uchun bebaho joy bo‗lib hisoblanadi. Yashil o‗simliklar
havoni tozalaydi, tevarak-atrofimizga go‗zallik, chiroy, estetik zavq beradi.
Dalalarni shamoldan himoya qiladi. Masalan, o‗rmonlar, xiyobonlar, bog‗lar,
gulzorlar muhit havosini turli xil gazlardan, tutun va changlardan tozalaydi, tex-
nika, transport shovqin-suronlarini pasaytiradi, iqlimni yumshatadi, tuproqni
shamol va suv eroziyalaridan saqlaydi, suv bosish, qor ko‗chish va sel kelish
xavfini kamaytiradi. Undan tashqari, yashil maydonlar ham muhim ahamiyatga
ega. Inson tabiat bilan doimo o‗zaro muloqotda bo‗lib, unga nisbatan ehtiyoj
sezadi, shunga ko‗ra u mumkin qadar yashil maysazorlar va gullar orasida
bo‗lishga intiladi. Yashil olam kishilar ruhiyatiga yoqimli ta‘sir ko‗rsatadi.
226
Uning hayot tarzini ko‗taradi va estetik tarbiyasining eng muhim vositasi bo‗lib
xizmat qiladi.
Respublikamiz o‗simliklar dunyosiga nihoyatda boy va rang-barangdir.
Ayniqsa, janubiy viloyatlarimiz – Qashqadaryo va Surxondaryoda
o‗sadigan dorivor o‗simliklar borki, ular boshqa mintaqalarda umuman
o‗smaydi yoki o‗sganda ham o‗zining shifobaxsh xususiyati – kimyoviy
tarkiblari, dorivor moddalari bo‗yicha sifat jihatdan bir xil o‗rinda turaolmaydi.
O‗zbekiston tabiati o‗zining betakror go‗zalliklari, quyosh, havosi, tuprog‗i
va suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning o‗simliklar
dunyosi g‗oyat boy bo‗lib, 4560 dan ortiq yovvoyi o‗simlik turlari o‗sadi.
Shundan 577 tasi dorivor o‗simliklar, 103 turi bo‗yoqdor o‗simliklar
hisoblanadi. Bu o‗simliklarning hammasi tabiat va inson uchun juda zarurdir.
Biz haligacha ko‗pchilik o‗simliklarning mohiyatini, ahamiyatli tomonlarini
yetarli darajada o‗rganmaganmiz.
Agarda tabiatda birorta o‗simlik yoki hayvon turi yo‗qolsa, albatta ular
orasidagi muvozanat buziladi.
Ko‗p o‗simlik turlari tog‗dagi o‗rmonlarda bo‗lib, bunday o‗simliklar
respublikamizdagi jami yerning 11 % ni tashkil etadi va u 311ming gektardan
iborat (Tilovov, 2003). Ko‗p o‗rmonzorlardagi daraxtlarning asosiy qismini
archalar tashkil etadi. Bunday joylarda xalqimiz dam olishi uchun oromgohlar
tashkil qilingan. Toshkent viloyati Bo‗stonliq tumani shahar aholisining yoz
oylarida dam olish maskani hisoblanadi. Bu joylar o‗simlik dunyosiga boy va
rang-barangdir. Afsuski, shunday o‗simlik dunyosiga boy go‗zal tabiatimiz
insonlar ta‘sirida oyoq-osti qilinmoqda.
Yana cho‗l zonasiga qaytadigan bo‗lsak, Buxoro viloyatining qumli
cho‗llarida o‗sadigan partek, chog‗on, shuvoq, yulg‗un, saksovul, keyreuk kabi
o‗simliklar mahalliy xalq tomonidan ketmon bilan chopib olinib, pilla qurtiga
dasta va o‗tin sifatida foydalanilmoqda.
227
Tog‗ zonasiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, birgina Bo‗stonliq tumani
misolida yong‗oq va bodom to‗g‗risida ularning har tomonlama foydali
xususiyatlarini har qancha gapirsak ham kamlik qiladi. O‗.Pratov,
G‗.Shermatovlarning 1991-yilgi ma‘lumotlari bo‗yicha, tabiiy yong‗oq va
bodomzorlar maydonlari keskin darajada qisqarib ketgan. Ulardan o‗tin, qurilish
materiali sifatida ko‗plab ishlatish shunday oqibatlarga olib kelgan. Xumson
qishlog‗i atrofidagi ajoyib bodomzorlardan hozirgi kunda to‗nkalari qolgan,
xolos.
Shu o‗rinda pista, qayin daraxti, yetmak to‗g‗risida ham gapirsa bo‗ladi. Bu
o‗simlik issiq iqlimli joylarda yaxshi o‗sadi, juda sekinlik bilan, 5–8 yilda
hosilga kiradi. Pistalar uzoq yil yashaydigan o‗simlik bo‗lib, mevali tabiiy
o‗simliklar ichida eng noyoblaridan hisoblanadi. Respublikamizning Namangan
viloyati Chodaksoy havzasining qayinli soyida ilgari qayin daraxtlarining
ko‗pligi, ularning zich joylashganligi to‗g‗risida qimmatli ma‘lumotlar bor.
Qayinzorlar – tog‗li vodiylarning o‗ziga xos o‗rmonlari hisoblanadi. Mahalliy
aholi ayniqsa, cho‗ponlar qayin daraxtining yaxshi yonishi, pishiq qurilish
materiallari ekanligi hamda dorivorlik xususiyatlarini suiste‘mol qilishmoqda.
Oqibatda, havzaning o‗ziga xos o‗simlik jamoalaridan biri butunlay yo‗qolib
ketish arafasida turibdi.
Ma‘lumki, umumbashariy ekologik muammolardan biri yer yuzasi bo‗ylab
cho‗llanish darajasining kuchayib borayotganligidir. Bu muammo nafaqat cho‗l
yoki adir mintaqasiga, qolaversa, tog‗ga ham tegishlidir. Archa, terak, qayin,
zarang, yong‗oq, bodom kabi daraxtlarni va butasimon o‗simliklarni turli
maqsadlar uchun ayovsiz ishlatish ham o‗ziga xos cho‗llanishni, eng muhimi
tuproq eroziyasini kuchaytiradi. Chodaksoy havzasi hududida joylashgan ayrim
qishloqlarda kesilgan archazorlar o‗rnida bug‗doyiqlar, tikanli o‗tzorlar,
butazorlar ikkilamchi ravishda rivojlanmoqda (Tojiboyev, Rahimova, 2000).
Qayinzorlarni sun‘iy ravishda ko‗paytirish oqilona yo‗lga qo‗yilgan
taqdirda tabiatni bu ajoyib o‗simlik turi bilan boyitibgina qolmay, aholini shu
228
bilan bog‗liq bo‗lgan ayrim muammolarini hal etish mumkin. Chunki, qayin
daraxtidan xalq xo‗jaligining tibbiyot, parfumeriya kabi sohalarida keng
foydalaniladi.
Undan tashqari, mahalliy aholining tabiatga nisbatan ongli munosabatiga
ham katta umid bilan qarashimiz kerak. Tabiatimiz ko‗rkini to‗la saqlab qolish
masalasi mohiyatini to‗la tushunib yetmas ekanmiz, uning betakror boyliklarini
birin-ketin yo‗qotishimsiz muqarrar. Bilasizki, tabiat insonlar tomonidan yo‗l
qo‗yilgan xatolarni kechirmaydi.
O‗zbekistonda yetmak asosan G‗arbiy Tyan-Shan adirlarida, Farg‗ona
vodiysida, Zarafshon tog‗ etaklarida, Sangzor, Qashqadaryo va Surxondaryo
havzalarida o‗sadi. «Botanika» IIChM xodimlari (Allanazarova, Rahimova,
Raxmonqulov va boshqalar) O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
Davlat qo‗mitasi homiyligida (1995–98-yy.) tog‗li hududlarda yetmakning
arealini o‗rganib chiqishgan. Yetmak rejasiz, muhofaza talablariga rioya
qilmasdan foydalanishlari oqibatida uning zaxiralari keyingi yillarda keskin
kamayib ketgan. Natijada bu o‗simlikni muhofaza qilish uchun «Qizil kitob» ga
kiritildi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda ham uning zaxiralari antropogen
omillar ta‘sirida kamayib, ayrim joylarda esa butunlay yo‗qolib ketmoqda.
Ayniqsa, Farg‗ona vodiysida adirlar o‗zlashtirilib, yetmak zaxiralari kamayib
ketgan. Yetmakdan sanoat uchun zarur saponin moddasi bo‗lib, undan ko‗pikli
ichimliklar tayyorlashda, parfyumeriyada, qandolat mahsulotlari (holva,
parvarda, nisholda) tayyorlashda qo‗llaniladi. Bundan tashqari, rangli
metallurgiyada, tibbiyotda, to‗qimachilik va qurilish sanoatida ham ishlatiladi.
1962-yilgacha etmak Namangan viloyatining bir qancha tumanlaridan yig‗ib
olingan bo‗lsa, hozirgi kunda bu tumanlarda yetmak umuman uchramaydi,
Sababi, adirlarning o‗zlashtirilganligi, o‗simlikning biologik xususiyatini
bilmaslik, rejasiz qazib olinishi kabi antropogen omillar uning kamayib,
yo‗qolib ketishiga olib kelgan. Bu esa tabiatda tarixan tashkil topgan
229
muvozanatning buzilishiga, ya‘ni ko‗plab foydali o‗simliklar, o‗simlik jamoalari
hamda ekotizimlarning o‗zgarishiga olib kelmoqda.
Yana yovvoyi holda o‗sadigan qatrong‗i, xurmo, nok, olma, jilonjiyda
(unabi), tok (uzum), archalar, kamyob dorivor o‗simliklar (omonqora), kamyob
ziynatli o‗simliklar (lolalar), to‗g‗risida ham gapirishimiz mumkin. Bunday
o‗simliklar inson tomonidan yo‗q qilinishiga emas, balki insonning yordamiga
muhtoj va ularni muhofaza qilishga e‘tiborni kuchaytirish lozim.
Insonning salbiy ta‘siri oqibatida Respublikamizdagi o‗rmonzorlar
maydoni keyingi yillarda 4–5 marta kamayib ketdi. Ko‗plab qimmatli o‗simlik
turlari yo‗qolib ketgan. Hozirgi vaqtda o‗rmonlar maydonining keskin qisqarish
jarayonlari davom etmoqda. Yangi yerlarni o‗zlashtirish, atrof-muhitning
ifloslanishi oqibatida o‗simlik turlari kamayib bormoqda. Bu esa o‗simliklar
genofondining kamayishiga olib keladi.
Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o‗simliklarni muhofaza qilish va
ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun
turli tadbirlar o‗tkaziladi.
XIX asrdan boshlab qo‗riqxonalar, milliy bog‗lar, davlat buyurtmalarini
tashkil qilish faoliyati tezlashgan. Bunday alohida muhofaza qilinadigan
hududlarda yo‗qolib borayotgan noyob o‗simlik va hayvon turlari muhofaza
qilinadi. Noyob va yo‗qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e‘tiborni
kuchaytirish uchun 1966 yili tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan
xalqaro «Qizil kitobi» tashkil qilindi. «Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi
bo‗lib qolmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi ham hisoblanadi.
«Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butun dunyo bo‗yicha
kelajakda xavf ostida turgan o‗simlik va hayvonlar haqida ma‘lumotlarga ega
bo‗lgan rasmiy hujjatdir.
Tabiatdagi mavjud o‗simliklarning 400 dan ortiq turlari (10–12%) kam
uchraydigan endemik va relikt turlardan hisoblanadi. Bunday o‗simliklardan 163
turi 1984-yili nashr etilgan O‗zbekistonning «Qizil kitobi» ga kiritilgan bo‗lib,
230
ular yo‗qolib ketish xavfi ostida turgan o‗simlik turlaridir (Belolirov va
boshqalar, 1997). Bu kitobga kiritilgan o‗simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish
Xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyaga binoan, 4
kategoriyaga ajratiladi. Ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |