Atmosfera havosi. Atmosfera havosining zaharli moddalar bilan
zaharlanishi borasida to‗xtalar ekanmiz, shu ta‘sirchan moddalarning odamlar
ishlaydigan zona havosida va umuman aholi yashaydigan punktlar havosida har
213
xil miqdorda bo‗lishini nazarda tutish kerak bo‗ladi. Shu narsa ayonki, zaharli
ximikatlar bilan ishlaniladigan zonada, ximikatlar saqlanadigan binolar havosida
bu preparatlarning konsentratsiyasi boshqa joylardagidan farqli o‗laroq, ko‗proq
bo‗ladi. Chunki ular ish jarayonida, ishlab chiqarish vaqtida changib, to‗zib,
mayda-mayda zarralar holida havoga o‗tadi.
Zaharli kimyoviy moddalarga xos yana bir tomon borki, bir qator
fosforoorganik birikmalar, ayniqsa yozda, kun issiq vaqtida ko‗proq bug‗lanadi
va ularning havodagi konsentratsiyasi yanada ortib ketadi. Aholi yashaydigan
joylarda zaharli kimyoviy moddalarning paydo bo‗lishi asosan ikki sababga
bog‗liq. Birinchidan, zaharli ximikatlar turli texnika vositalari, qishloq xo‗jalik
aviatsiyasi, traktor purkagichlari yordamida sepiladi, purkaladi va yana boshqa
yo‗llar bilan ishlov beriladi. Shu vositalardan foydalanish vaqtida sepilayotgan
ximikatlar, tabiiyki, avvalo havoga ko‗tariladi. Havoning kimyoviy moddalar
o‗tgan qatlami keyinchalik boshqa qatlamlarga aralashib, pirovardida aholi
yashaydigan joylargacha yetib borishi va arzimas miqdorda bo‗lsa ham o‗zi
bilan birga zaharli moddalarni olib kelishi mumkin. Shu boisdan ham aholi
istiqomat qiladigan joylar bilan kimyoviy moddalar bilan ishlovga beriladigan
ekinzorlar orasida sanitariya himoya zonasi bo‗lishi talab etiladi.
Ikkinchidan, ekin maydoniga ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar
o‗simlik poyasi, barglar va tuproq ta‘sirida havoga o‗tadi, zaharli kimyoviy
moddalar bug‗lanish xususiyatiga ega, shu tufayli ham atmosfera havosi tezda
ifloslanadi.
Shuni aytish kerakki, zaharli kimyoviy moddalar aviasiya vositasida
sepilganda ifloslanish zonasi (doirasi) 1000–1500 m gacha cho‗zilishi mumkin.
Bunda kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan maydonlar bilan aholining turar
joylari o‗rtasidagi himoya masofasi ham zaharli ximikatlarning uchuvchanlik
xususiyatlarini, zaharlilik darajasini nazarda tutib hamda ularning havoda
muallaq turishi va sepilgan, purkalgan moddalar necha km ga qadar havoda turib
qolishini hisobga olgan holda aniqlanadi. Masalan, g‗o‗za defoliatsiyasi uchun
214
keng ko‗lamda ishlatilgan butifos uchun sanitariya himoya masofasi 1500 m dan
2000 m gacha, GXSG uchun 1000 m, defos uchun 500 m ga teng. Bunday
sanitariya himoya zonalari ilmiy asosda, chuqur tadqiqotlar natijasida tavsiya
etilib, Sog‗liqni saqlash vazirligi qoshidagi sanitariya Bosh boshqarmasi
tomonidan tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |