Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


O‘simliklarga ta‘sir etuvchi omillar



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

10-rasm. O‘simliklarga ta‘sir etuvchi omillar 
 
Yozning issiq paytlarida o‗simliklar, ayniqsa o‗rmonlar atrofidagi yerlarni 
faqat  qurg‗oqchilikdan  saqlab  qolmay,  balki  qish  va  ko‗klamda  yig‗ilgan 
suvlarni yer osti suvlari hamda tuproq orqali o‗simliklarga beradi. 
Yashil  massivlar  ekologiya  nuqtayi  nazaridan  olganda  tashqi  muhitni 
himoya  qiluvchi  omillardan  biridir.  Negaki  ularni  soyasida  o‗sayotgan  o‗tlar, 
butalar  yer  yuzasini  qoplab  olib  sel  va  eroziyadan  saqlaydi.  Shu  tufayli  ham 
o‗simlik  dunyosi  va  tashqi  obyektlari  o‗rtasidagi  muvozanatning  buzilishi 
yomon oqibatlarga olib keldi.  
Vaqt  o‗tganidan  keyin  ularni  murosaga  keltirish  amri  mahol  bo‗ladi. 
Masalan,  o‗simliklar  yondirilib  yuborilsa,  yerning  nozik,  kuchsiz  yupqa  qavati 
ochilib,  ularning  tagidan  yap-yalang‗och  toshloq  qavatlar  ko‗rinib  qoladi. 
Toshloq  yer  o‗simliklarning  rivojlanishiga  to‗sqinlik  qiladi,  tuproq  hosil 
bermaydigan  bo‗lib  qoladi.  O‗rmonlarni  tartibsizlik  bilan  kesish  ko‗ngilsiz 


223 
 
oqibatlarga  olib  keladi.  Agar  o‗rmonlar  texnika  yordamida  kesilsa,  tuproqni 
ag‗dar-to‗ntar  qilib  yuboradi,  eroziyasi  kuchayadi.  O‗rmonlarning  ayniqsa 
himoya  maqsadida  ekiladigan  daraxtlar  avtomagistralni,  temir  yo‗llarni  qor  va 
qum  bosishidan  saqlaydi.  Bunda  ikkiyoqlama  foyda  ko‗riladi:  birinchidan, 
mazkur  yo‗llar  har  qanday  qum  va  qor  ko‗chkilaridan  saqlansa,  ikkinchidan 
atmosfera havosi SO
2
 gazidan tozalanadi, kislorod bilan boyitiladi. 
Ba‘zi  hollarda  madaniy  daraxtlar  bilan  tuproq  asl  holiga  keltiriladi. 
Masalan,  ochiq  kon  qaziladigan  juda  qalin  tuproq  qavati  (20–70  metr  atrofida) 
olib  tashlanib  kon  ochiladi.  Bu  tuproqdan  yangi  tepalik  va  balandliklar  hosil 
bo‗ladi.  Bu  tepaliklar  tekislangach,  uning  ustiga  har  xil  o‗simliklar,  daraxtlar 
ekish mumkin bo‗ladi. Bu rekultivatsiya deb ataladi. Bu borada quyidagi misolni 
ko‗rsatish mumkin. Selebnikning Troshchk yonbag‗ridagi 62 gektar yer chiqindi 
tuproqlar, axlat tashlanadigan botqoqlikdan iborat edi. Hozir esa bu yer butunlay 
o‗zgarib  ketgan.  Bu  yer  ko‗pchilik  yordamida  quritilib  istirohat  bog‗iga 
aylantirilgan.  U  yerda  20  ming  tupdan  ortiq  olma  ko‗chati,  nok,  olcha, 
smorodina (qoraqat) va boshqa o‗simliklar gurkirab o‗smoqda. 
Inson yo‗qdan bor qilib, bog‗u rog‗lar yaratish orzusida yashaydi, ba‘zilari 
esa  aksincha  tabiat  sahovati  bo‗lmish  ko‗rkam  daraxt  va  o‗simliklarni  yo‗q 
qiladi.  Ildiziga  bolta  uradi.  Bu  borada  tabiatimiz  to‗g‗risida  T.Jumaboyev  va 
A.Raxmatullayevlar («Fan va turmush», 1981-yil 1-son) afsuslanarli bir lavhani 
keltiradilar. Nurota tog‗laridagi ser qor, ko‗rkam archalar 600–700 yilda 12–13 
metr  o‗sadi.  Demak,  tabiatning  bu  ko‗rkam  daraxti  juda  sekin  o‗sar  ekan. 
Achinarli  holat  shuki,  sekin  voyaga  yetadigan  archalarni  mahalliy  aholi, 
shuningdek tog‗ sayliga chiquvchi «tabiatsevarlar» ko‗plab nobud qilmoqdalar. 
Nurota, Zarafshon, Turkiston va Xisor tog‗larida bir vaqtlar qalin o‗rmon bo‗lib 
yotgan  savrbo‗y  archalar  endilikda  deyarli  yo‗qolish  arafasida  turibdi.  Mana 
shunday ko‗ngilsiz ahvol Oqtog‗da ham kuzatilyapti. Shu tufayli ham archalarni 
saqlab qolish uchun jiddiy tadbirlar ko‗rish kerak.  


224 
 
Darasoy  va  Takaboysoy  hududlarida  hozir  archa  bor,  lekin  bu  joylardan 
yaylov 
sifatida 
chorva 
uchun 
foydalanilyapti. 
Bu 
joylarni 
davlat 
qo‗riqxonalariga aylantirish, tog‗dagi mavjud archa daraxtlarini hisobga olish va 
ularni qirqishni butunlay ta‘qiqlash, tog‗ yon bag‗irlarida yosh archa nihollari va 
boshqa  daraxt  ko‗chatlarini  o‗tqazish  lozim.  Bizning  o‗lkamizda  archalar  juda 
noyob  bir  turga  aylanib  qolmoqda,  keltirilgan  ma‘lumotlarga  qaraganda, 
tog‗lardagi  daraxtlarni  qirqib  yuborish  tufayli  respublikamizda  o‗rmonlar 
nisbatan  kam.  Masalan,  Qirg‗iziston  tog‗laridagi  o‗rmonlarning  umumiy 
maydoni,  shu  tog‗lar  umumiy  maydonining  –  3,7,  Tojikistonda  –  1,8, 
O‗zbekistonda  esa  atigi  1,6%  ni  tashkil  qilar  edi.  Vaholanki,  tog‗lardagi 
o‗rmonlarning  90  %  archazor  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  o‗simliklar 
dunyosining  ekologik  muvozanatini  saqlab  turishda  gap  ko‗p.  O‗simliklar 
dunyosi biosferaning bir qismi bo‗lgan atmosferani kislorod bilan boyitishda va 
tabiatda  kechadigan murakkab  tabiiy  jarayonlarni normal  tutib  turishda  foydasi 
katta. 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish