215
IX BOB
O‗SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH
O‗simliklar dunyosi
Inson tabiat hosili, uning quchog‗ida yashaydi, rivojlanadi va zurriyot
qoldiradi. Insonlar hayotini o‗simliklarsiz tasavvur qilishi qiyin. Chunki u hayot
ekan, oziq-ovqatlarni, mahsulotlarni o‗zlashtiradi, go‗zallikka talpinadi, musaffo
havodan nafas olgisi keladi. Asosan oziq-ovqatlarning asosiy qismi tabiat
ne‘matlari o‗simlik mahsulotidir. Insoniyatni go‗sht, sut mahsulotlari bilan
ta‘minlab turadigan hayvonot olami ham o‗simliksiz yashayolmaydi.
O‗simliklar biz uchun go‗zallik yaratadi, havoni tozalaydi, sanoat korxonalari
uchun eng muhim bo‗lgan xomashyo, xo‗jaliklar uchun qurilish materiallari,
ularning keltiradigan foydasini sanab, sanog‗iga yetib bo‗lmaydi.
O‗simliklarning insonlar va hayvonlar uchun keltiradigan ajoyib xislatlaridan
biri ularning shifobaxshligidir.
Olimlar keltirgan ma‘lumotlarga qaraganda sayyoramizni tirik
moddalarning umumiy og‗irligidan 99 % ini yashil do‗stimiz – o‗simliklar
dunyosi tashkil qilar ekan. O‗simliklar deganimiz biz quruq yerlarda joylashgan
dov-daraxt, ekin, o‗t-o‗lanlarnigina nazarda tutmaymiz, balki, daryo, dengiz va
okeanlardagi suv o‗tlari, fotosintez xususiyatiga ega o‗simliklarning hammasini
ko‗z o‗ngimizga keltiramiz. O‗simliklar olamining salmoqli qismi sayyoramiz
o‗rmonlariga to‗g‗ri keladi, ular butun quruqlikning 40 % maydonini egallaydi.
Biz madh etadigan mana shu o‗simliklar dunyosi insoniyatni kislorod bilan
ta‘minlab turuvchi «tirik fabrikasi» hisoblanadi. O‗simliklar dunyosini tirik
organizmlar uchun oziq tayyorlab beradigan ulkan bir fabrikaga qiyoslash
mumkin. Jumladan, S.S.Shvars keltirgan ma‘lumotlarga qaraganda jahonda
216
madaniy holda o‗stirilayotgan barcha o‗simliklar organik moddalarga aylangan
6 milliard tonnaga yaqin karbon bersa, tundra zonalaridagi o‗simliklar dunyosi 9
milliard biologik mahsulot beradi.
Afsuski, sayyoramizning eng katta boyligi bo‗lgan o‗simliklar dunyosi
inson faoliyati, qolaversa ilmiy texnika taraqqiyoti ta‘sirida borgan sari kamayib
bormoqda. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab ijod qilayotgan yer
kurrasida bundan bir yarim ming yil muqaddam o‗rmonlar 47 % maydonni
ishg‗ol etgan bo‗lsa, hozir ular 27 % ga tushib qoldi. Ko‗p mamlakatlardagi
sanoat korxonalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda katta o‗rmonlar
kesilib, o‗rniga katta-katta zavod, fabrika va kombinatlar qurilmoqda. Natijada,
atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida ko‗plab nodir va noyob o‗simliklar turlari
qirilib ketmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bergan rasmiy ma‘lumotlarga
qaraganda, sanoat rivojlana boshlagan davrdan buyon 150 turdagi jonivor
yo‗qotilgan bo‗lsa, kelajakda 250 ming xil o‗simlik turi tomomila yo‗q bo‗lib
ketishi xavfida ekanligi qayd qilinadi.
1917-yildan keyin barcha o‗rmon xo‗jalik ishlari davlat ixtiyoriga o‗tdi,
o‗rmonlar xalq mulkiga aylandi. Bu tadbirlar o‗rmon xo‗jaligini oyoqqa
turg‗izdi: o‗rmon daraxtlarini rejasiz qirqish va nes-nobud qilishga barham
berildi. O‗rmon xo‗jaligi umuiy iqtisodiyotning bir qismi bo‗lib qoldi. Hozirgi
zamon ilm-fan va texnikasi yordamida o‗rmonlardan oqilona foydalanish hamda
ularni qaytadan tiklash ishlari keng ko‗lamda olib borilyapti. Har holda o‗rmon
massivlarini saqlashga harakat qilinmoqda. Ha, bizda tabiatning ko‗rkam tuhfasi
bo‗lgan o‗simliklar ardoqlanadi, bu mo‗jizakor tabiat arzandasini qanchalik
e‘zozlasak va uni muhofaza qilsak shunchalik oz. O‗rmon - bebaho boylik,
salomatlikni tiklovchi, kishiga zavq-shavq, dillarga huzur bag‗ishlovchi maskan,
kishiga ne‘matlarini tortiq qiluvchi manba, noyob qurilish materiallari,
millionlab tonna qog‗oz va hokazo.
O‗rmon suv rejimini, muhit me‘yorida ushlab turuvchi omil, tuproqni
shamol eroziyasidan asrovchi, qurg‗oqchilikning oldini oluvchi, atmosfera
217
havosidagi kislorod balansini tutib turuvchi manba hisoblanadi. O‗rmon qadim
zamonlardan beri kishilarni yedirib-ichirib, kiyintirib kelayotgan hayot
timsolidir. O‗rmonlarning kishilikka ato qiluvchi marhamatini hech narsa bilan
almashtirib bo‗lmaydi. Shu tufayli ham o‗rmon, umuman nabobot olami, tabiat
mo‗jizasi, sahovati butun tirik zot uchun beqiyos tuhfadir.
O‗simliklar dunyosini shunday mo‗jiza yaratdiki, fotosintez yordamida
havodagi karbonat angidridni olib, o‗rniga hayotbaxsh kislorodni ajratdi. Aniq
ma‘lumotlarga qaraganda olamdagi barcha o‗simliklar yiliga 180–250 millard
tonna karbonat angidrid yutib 150–200 milliard tonna kislorod ajratadi. Shunday
ekan, o‗rmon massivlari kamayib boraversa havoning tabiiy musaffoligi va
iqlimda o‗zgarishlar sodir bo‗lishi mumkin. Afsuski, mana shu ko‗rkam
tabiatning ajoyib iltifoti bo‗lgan o‗rmonlar jahon uzra tobora kamayib
bormoqda.
R. Haqqulova va P.Barotovning terma ma‘lumotlariga qaraganda, AQSh da
so‗nggi 300 yil ichida 141 million gektar yerdagi o‗rmonni rejasiz kesish tufayli
114 million gektar yer eroziyaga uchragan, yerning shirasi ketib, unumdorligi
pasaygan. Shu narsa ma‘lumki, o‗rmonlarni nes-nobud bo‗lishi, ularning
kamayib ketishi yanada xavfliroq oqibatlarga olib keladi.
Jumladan bu hol yer ko‗chishiga, sel kabi ofatlarga olib keladi, shuningdek
tog‗ qo‗ynidan oqib chiquvchi jilg‗a, soy va daryolar harakatining buzilishiga,
shuningdek yomg‗ir, kuchli yog‗in natijasida sodir bo‗ladigan suv
toshqinlarining daraxtsiz joylarni tez yuvib ketishiga sabab bo‗ladi.
O‗simliklarning bizga unchalik sezilmaydigan, biroq juda foydali taraflaridan
biri shuki, ular ona tabiatda azot balansini ushlab turuvchi asosiy vositalardan
hisoblanadi.
O‗simlik barglari, shox-shabbalari yerga tushib, mikroorganizmlar
yordamida chiriydida, tuproqning ustki qismini organik moddalar bilan boyitadi.
Bu chirindilar o‗simliklarga o‗g‗it sifatida xizmat qiladi. O‗simliklar
dunyosining aksariyati bir qator biologik faol moddalarni hosil qiladi. Bu
218
moddalar sonining 300 dan ortiqligi ma‘lum bo‗ldi. Mazkur shifobaxsh
moddalar bir gektar maydondagi keng barglik o‗rmon daraxtlaridan 2 kilog-
ramm, nimbargli o‗rmonlardan 5 kilogramm ajraladi. O‗rmonlar atmosfera
havosidagi iflos moddalarni oksidlantiradi ularni zararsiz holatga keltiradi.
O‗rmon daraxtlari sanoat markazlarining iflos chiqindi gazlarini, chang
zarrachalarini, shuningdek uglevodlarni va boshqa zararli moddalarni o‗ziga
singdirib oladi. Ninabargli o‗rmonlarning yana bir xosiyati shundaki, ular
o‗zidan fitonsidlarni ajratib chiqaradi. Ma‘lumki fitonsidlar kasallik
qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlar kushandasi havoni sog‗lomlashtirishga,
musaffo bo‗lishiga yordam beradi. Bulardan tashqari fitonsidlar nerv tizimiga,
yurakka yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi, me‘da-ichak funksiyasini yaxshilab, uning
harakatini kuchaytiradi. Fitonsidlar qator kasalliklarni ham oldini oladi.
Terak, olma va evkalirt daraxtlardan chiqadigan fitonsidlar grirp virusini,
karam, sarimsoq fitonsidlari sil mikroblarini o‗ldiradi.
Shifobaxsh o‗simliklar juda qadimdan o‗rganilgan. Hozir shifobaxsh
o‗simliklar haqidagi fan tez sur‘atlar bilan rivojlanyapti. Hozirgi paytda ilmiy
tibbiyotda ishlatilayotgan dori-darmonlarning qariyib 40 %dan ziyodini o‗simlik
mahsulotlari tashkil qiladi. Ilmiy manbalarda keltirilishicha tabiat ne‘matlaridan
tayyorlangan dori-darmonlar sun‘iy yo‗l bilan olinadigan preparatlarga nisbatan
afzalligi bilan ajralib turadi. O‗simlik mahsulotlaridan tarkib topgan dorilar
deyarli asorat bermaydi. Shu boisdan ham tabiiy dori-darmon hisoblanadigan
o‗simlik mahsulotlaridan foydalanish ustida chuqur ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Keyingi vaqtlarda shifobaxsh o‗simliklarning serqirra xususiyatlari
to‗g‗risida atroflicha ma‘lumot berilmoqda. Mamlakatimizda shifobaxsh
o‗simliklar mahsulotini yetishtirib beradigan xo‗jaliklar borgan sari ko‗payib
bormoqda.
Afsuski, hozir juda nodir va noyob dorivor o‗simliklar kamayib bormoqda.
Shifobaxshligi bilan dong taratgan do‗lana, chakanda, chilonjiyda, yong‗oq,
bodom, qoraqand, archa kabi daraxtlar tabiiy holda o‗sadigan zira, anzur piyozi,
219
shuningdek lolalar turi kamayib ketib, noyob o‗simliklarga aylanib qolmoqda.
Bunga nima sabab bo‗lyapti? Hozir bir vaqt oyoq tegmagan joylar o‗zlashtirilib,
ko‗plab madaniy o‗simliklar ekilyapti, yangidan-yangi sanoat va ishlab
chiqarish majmualari qurilyapti, shaharlar barpo etilyapti, shuningdek mazkur
o‗simliklar ne‘matlariga xalq talabi tobora ortib boryapti. Bularning hammasi
yuqoridagi noz-ne‘matlarning kamayib ketishiga sabab bo‗lmoqda. Bundan
tashqari, tabiiy o‗simliklarni pala-partish yig‗ish natijasida o‗simliklar urug‗i
kamayib ketmoqda.
Negadir tegishli tashkilotlar tabiiy holda o‗sadigan dorivor o‗simliklarni
ko‗paytirish chora-tadbirlarini ko‗rmayaptilar. Bu borada o‗simliklar dunyosini
muhofaza qilish maqsadida xalq orasida tushuntirish olib borish kerak, shunda
noxush hollar yuz bermaydi. Ota-bobolarimiz bitta daraxt kessang, o‗rniga
ikkita nihol o‗tkaz, deganlar, ana shunday qilganda yashil do‗stlarimiz soni ortib
boradi.
Hukumatimiz tabiatni muhofaza qilishni, jumladan o‗simliklar olamiga
muhabbat bilan qarashni, uni e‘zozlashni targ‗ib qiladi. Bu borada keng
miqyosda amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda, qator qarorlar qabul qilinib,
qo‗riqxonalar tashkil etilmoqda, shuningdek nodir hayvonlar va boshqa
jonivorlar, yo‗qolib ketishi mumkin bo‗lgan o‗simliklar «Qizil kitobga» kiritildi
va ular ustidan qat‘iy nazorat o‗rnatildi.
Barchaga ma‘lumki, daraxtlardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.
Biroq ayrim joylarda mahalliy aholi daraxtlarni rejasiz kesib har xil maqsadlar
uchun jumladan, qurilishda foydalanilmoqda. Asriy archazorlar, ko‗kalam
qarag‗aylarning kesilib ketishi natijasida ularning juda kamayib qolganligi
kishini tashvishlantirmay qo‗ymaydi. Shahar atoroflarida kichik o‗rmonli
xo‗jaliklar rivojlantirilsa, bu joylarda shifoxonalar, dam olish uylari, sayyohlik
bazalar, yozgi o‗quvchilar oromgohlari qurilsa juda hayrli ish bo‗lur edi. Shuni
qayd qilib o‗tish kerakki, hozir bir qator shaharlar atrofida ana shunday so‗lim
go‗shalar halqimiz oromgohlariga aylanib qolgan. Biroq bunday ko‗rkam joylar
220
yaqinida zavod, fabrika, uy-joy ishlarini tartibga solish, sanoat korxonalari,
avtoparklarni iloji boricha qurmaslikka harakat qilish kerak. O‗zbekistonimiz
o‗z chiroyi bilan dong chiqargan. Uni xorijiy davlat ham yaxshi biladi. O‗rta
Osiyoni so‗lim go‗shalarini bir zum ko‗z oldimizga keltirsak: uning suvi,
musaffo havosi, ko‗rkam o‗simliklari bilan mashhur Issiqko‗l, Norin viloyatiga
tutashgan Pochcha Ota, Andijon viloyatidan yuz chaqirim naridagi Arslonobod
yoki Jizzax viloyatidagi Baxmal, Namanganning Chortog‗i, Fargona
vodiysining Shohimardoni, Samarqand viloyatidagi Urgut, Omonqo‗ton,
Toshkent viloyatidagi Sijjak kabi go‗shalarning so‗limligini ta‘rif etib poyoniga
etish qiyin. Bunday jannati joylar bizning o‗lkamizda juda ko‗p. Ularning
barchasi hordiq chiqarsa, shifolansa arzigulik maskan bo‗ladigan joylardir.
O‗lkamizdagi oromgoh joylarning o‗z ohangrabosi bor, ularning ko‗rkam bog‗u-
rog‗lari, musaffo havosi, tog‗lari zilol soylari, orom baxsh chashmalari kishini
maftun etadi, yurtimizning bunday ajoyib go‗shalarida bo‗lgan kishi tabiatning
nihoyatda go‗zal va dilrabo ekanligini anglab oladi. Har bir o‗lkaning o‗ziga
yarasha oromgoh joylari bor.
Olamga mashhur Kavkaz go‗zal maskanlar sanami, Shvetsariya xusnkor
tog‗lari va so‗lim bog‗lari bilan dovrug‗ qozongan bo‗lsa, o‗lkamizning o‗ziga
xos tabiati, sho‗x jilg‗alari kishilarimizning qaynoq tafti bilan go‗zal. Ha,
go‗zalliklar inson uchun yaratilgan, uning namoyon bo‗lishida tabiat vositachi
bo‗ladi. Biz madx etgan asriy ko‗rkam o‗simliklar, gulchechaklar, tog‗lar ham,
ko‗zga xuzur bag‗ishlovchi jilg‗alar, soylar ham tabiatimiz marhamatidir.
Shuning uchun ham tabiatni toza va musaffo saqlash uchun kurashish
go‗zallikni, hayotiylikni asrab qolish bilan barobardir. Tabiat go‗zalligini kashf
etuvchi omillarning biri son-sanoqsiz yovvoyi o‗simliklardir.
O‗rmon va umuman o‗simliklarning xosiyati ustida to‗xtar ekanmiz,
ularning tuproqni shamol eroziyasidan saqlashi hamda tuproqda namni ushlab
turish haqida aytib o‗tmoqchimiz. O‗rmonlar o‗zida juda katta namni ushlaydi,
yig‗adi va o‗z vaqtida tuproqqa berib turadi. Shu tufayli ham ulug‗ rus olimi
221
Dokuchayev cho‗llarda o‗rmonzorlarni o‗stirishga da‘vat etgan. Rossiyaning
juda ko‗p cho‗llarida qurg‗oqchilikdan himoya qilish maqsadida o‗rmon
zonalari tashkil etilgan. Hozir ko‗p respublikalarda o‗rmon xo‗jaligi vazirligi
tashkil qilingan. Ma‘lumotlarga qaraganda O‗zbekistonda o‗rmon fondi 4800
ming gektar maydonni tashkil qiladi, jumladan, 937,2 ming gektar yer yoppasiga
o‗rmon bilan qoplangan. Bu bizning respublikamiz ko‗lamida nisbatan kam, shu
tufayli o‗rmonzorlarni kengaytirish masalasini ko‗rib chiqish lozim. O‗lkamizda
o‗rmonlar asosan vodiylarda joylashgan, ularning aksariyati tol, terak, akasiya,
zarang, jiyda, turong‗i, qoraqat va boshqa daraxtlardan iborat.
Tog‗li tumanlarimizdagi o‗rmonlarimizda esa bodom, do‗lana, archa, zirk,
tog‗jumrut, qatrangi kabilar uchraydi. Soylar, suv omborlari, kanallar atrofini
o‗rmonlashtirish har tomonlama ma‘qul hisoblanadi. Jahon amaliyotida
qurg‗oqchilik bo‗ladigan cho‗l zonalarini o‗rmonlarga aylantirish qator ijobiy
natijalar keltirgan. Jamoa hamda daraxt xo‗jaligi yerlarini shamol eroziyasidan
himoya qilish uchun o‗rmon mintaqalari tashkil qilindi. Bunday o‗rmon zonalari
anchagina yosh bo‗lishiga qaramay suvni taqsimlashda, mo‗tadil iqlim
yaratishda, namlikni ushlab turishda katta yordam beradi. Odatda, o‗rmonda qor
kech eriydi, nam esa tuproq yuzasida ancha vaqt ushlanib turadi. O‗simliklar o‗z
tanasi va ildizlari bilan namlikni uzoqroq ushlaydi, daraxt ildizlari tuproq
tuzilmasini yaxshilaydi, namni ko‗proq shimadi. Mazkur yerlarda har bir gektar
yerlarga 540 tonna nam zaxirasi to‗g‗ri keladi. Bu esa o‗z navbatida qishloq
xo‗jalik o‗simliklarining yaxshi o‗sishiga zamin yaratadi.
222
Do'stlaringiz bilan baham: |