Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


ta‘siri  (Eremina va b., 1992)



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

ta‘siri  (Eremina va b., 1992). 
 
Sug‗oriladigan  dehqonchilik  rivojlangan  rayonlarda  bu  ta‘sirchan 
moddalarning  tashqi  muhitdagi  bir  obyektdan  boshqasiga  o‗tib  turishi  ancha 
yengil  bo‗ladi,  chunki  bunday  joylarda  pestitsidlar  ekinlarga  beriladigan  suv 
orqali tashqi muhitning boshqa obyektlariga ko‗proq o‗tib turadi. 
Tashqi  muhit  omillariga  hiyla  chidamli  pestitsidlar  ayniqsa  xavflidir, 
chunki  ularnint  turli  obyektlarga  tinmay  o‗tib  turishiga,  mazkur  obyektlarda 
ularning  asta-sekin  to‗planib  borishiga  va  shu  tariqa  odam  hamda  hayvonlar 
organizmiga ham tushib qolishiga sabab bo‗ladi. Pestitsidlar suv va boshqa oziq-
ovqat  mahsulotlari  bilan  organizmga  tushib,  uning  surunkali  zaharlanib 
borishiga  sabab  bo‗lishi  mumkin.  Masalan,  qand  lavlagi  ekilgan  maydonlarga 
zaharli  ximikatlar  xoh  yerdan  turib,  xoh  samolyot  vositasida  purkalganida 
tuproq anchagina ifloslanadi .  
Havo  harorati  yuqori  va  namligi  kam  bo‗lsa,  bu  preparatlarning  tuproq 
tarkibidan havoga o‗tishi bir qadar osonlashadi. Qand lavlagi ildiz bitini nobud 


211 
 
qilish  maqsadida  mana  shu  pestitsidlarning  aerozollari  ishlatilganidan  keyin  72 
soat o‗tgach, ularning miqdori (konsentraesiyasi) havoda 0,0052 ml/ga, tuproqda 
5,1–0,45 mg/kg, lavlagi ildizlarida 3,0–0,4 mg/kg ga, palaklarda 2,85–27 mg/kg 
ga netadi. 
Zararli  kimyoviy  moddalarning  tashqi  muhitda  to‗planishi  odam 
organizmiga ham o‗tib qolishiga sabab bo‗lishi mumkin. Buni tasdiqlash uchun 
quyidagi  raqamlarga  e‘tibor  bersa  bo‗ladi.  Appendektomiya  (ko‗richakning 
jarrohlik amalida olib tashlanishi) vaqtida olib tashlangan to‗qimalardan ajratib 
olingan yog‗ to‗qimasining 36% da 0,8–2,5 mg/kg miqdorida DDT topilgan. Bu 
misol pestitsidlarning odam organizmida to‗planib borishidan dalolat beradi. 
Tadqiqotlar  shuni  ko‗rsatadiki,  sevin  singari  ayrim  pestitsid  namunalari 
o‗rtacha  harorat  sharoitida  ham  bir  sferadan  boshqa  sferaga  o‗tib,  odam 
salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to‗plana boradi. Chunonchi, mazkur 
pestitsid olma po‗stidan o‗tib, etida asta-sekin yig‗ilib boradi, tuproqda esa 1–2 
yilgacha  saqlanib  qolish  xususiyatiga  ega,  ya‘ni  tuproq  yana  boshqa 
obyektlarning  ifloslanishiga  sabab  bo‗ladigan  ikkilamchi  rezervuar  (manba) 
bo‗lib  qolishi  mumkin  (sevin  tuproqning  shudgorlanadigan  qatlamlariga  o‗tadi 
va  bundan  ham  chuqurroq  singishi  mumkin).  Jumladan,  sevin  tuproqqa 
solinganidan  keyin  3  oy  o‗tgach,  uning  90  foizi  o‗simliklarning  ildiz  tizimi 
tarqaladigan zonada aniqlangan. 
Insoniyatni qurshab turgan tashqi muhit obyektlari (tuproq, suv, atmosfera 
havosi,  o‗simliklar  dunyosi,  tabiat  ne‘matlari)  ni  nazorat  qilish  yuzasidan  olib 
borilgan ko‗p yillik tekshirishlar natijasida bir qancha zaharli moddalar tabiatda 
aylanib yurishi aniqlab olindi.  
Hozirda  fan  va  texnika  taraqqiyoti  natijasida  paydo  bo‗lgan  turli  zaharli 
moddalarni  yetkazishi  qishloq  xo‗jaligida  ishlatilishi  tashqi  muhit  obyektlari 
orqali ziyon yetkazishi ehtimoldan holi emas. Shu tufayli ham tashqi muhitning 
kimyoviy  moddalar  bilan  ifloslanishining  oldini  olish  gigiyena  jihatidan  juda 
katta ahamiyatga molikdir. 


212 
 
Endi odamlarga agrotexnika qoidalariga rioya qilmay kimyoviy ta‘sirchan 
moddalarnn  ko‗r-ko‗rona,  pala-partish  ishlatish  natijasida  ifloslanib  qolishi 
mumkin bo‗lgan tashqi muhit omillarini ustida to‗xtalib o‗tamiz. 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish