Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Tuproqni ifloslanganligini ko‗rsatuvchi belgilar



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Tuproqni ifloslanganligini ko‗rsatuvchi belgilar 
(Sh.Otaboyev. 2007-y.) 
 
  
   
27- jadval 
Tuproqning ifloslanganligini ko‗rsatuvchi kimyoviy va  
bakteriologik ko‗rsatkichlar 
 
Sanitariya  soni  –  bu  tuproqdagi  oqsil  azot  miqdorining  organik  azotning 
miqdoriga nisbati. 
Тuproqning  ta’rifi
Anaeroblar  titri
(ko‘rsatkich)
Sanitariya  soni
Тoza
Oz ifloslangan
I floslangan
K uchli ifloslangan
0,98—1,0
0,85—0,98
0,70—0,85
0,70  dan kam
0,1 va yuqori
0,1—0,001
0,001—0,001
0,0001 va past
Тuproqning
ta’rifi
K oli-titr
1 kg tuproq
tarkibidagi  gijja
tuxumlarining
soni
0,25 m
2
 maydondagi
aniqlangan pashsha
tuxumidan chiqqan
qurtlar  (qo‘g‘irchoqlar)
Тoza
I floslangan
Juda  ifloslangan
1,0  va  yuqori
0,0—0,01
0,01 dan kam
0
10  dan ortiq
10  dan ortiq
0
1—2 nusxalari
5 va  undan yuqori


198 
 
A.P.Miroshnikova  olib  borgan  tajribalar  quyidagi  natijalarni  berdi.  Qora 
tuproqli  yerlarda  tashkil  qilingan  tajriba  maydoni  axlat  tashlanmasdan  oldingi 
koli titri 1,0 bo‗lgan, axlat qo‗yilgandan so‗ng 0,00001, ikki oy o‗tgach 0,001, 
olti oy  o‗tgach 0,1, bir  yil o‗tgach o‗zining oldingi  holatiga, ya‘ni  1,0 ga teng 
bo‗ldi,  shunday  ahvol  umumiy  mikrob  soniga  ham  taalluqli  bo‗ldi.  Lekin 
tuproqdagi  gelment  tuxumlarining  hayotiyligi  to‗g‗risidagi  quyidagi  dalillar 
olindi. 
–  Aksarida  tuxumlarining  taraqqiyoti  tuproq  sharoitida  faqat  yoz  faslida 
kuzatilib, 1–3 oy davomida tamom bo‗lishi aniqlandi. 
–  Tuproq  yuzasida  ayniqsa quyoshli vaqtda  askaridaning  tuxumi  7–5  kun 
davomida  o‗ladi,  bunda  asosan  ultrabinafsha  nurlari,  yuqori  harorat  va 
tuproqning qurishi gijja tuxumlariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
–  Tuproqning  2,5–10  sm  chuqurligida  gijja  tuxumlari  quyosh  nuridan, 
tuproqning qurishidan saqlanib o‗z hayotini bir yilgacha va undan ortiq saqlab 
qoladi.  
Tashqi muhitning shoxobchalari bo‗lmish atmosfera havosi suv havzalari, 
oziq-ovqat  mahsulotlari,  tuproq,  istiqomat  joylari  pestitsidlarning  qo‗llanish 
jarayonida  ma‘lum  darajada  ifloslanishi  aniqlangan.  Pestitsidlarni  qo‗llash 
usullarini  ilmiy  asosda  qo‗llash  tufayli  atrof-muhitni  ifloslanishidan  ma‘lum 
darajada saqlashga imkon tug‗iladi. 
Tabiiy-iqlimiy  sharoitlarga,  shuningdek  o‗simliklar,  ekinlarning  tur 
xususiyatlari,  ahvoliga  ham  pestitsidlarning  fizik  xosslariga  qarab  ularni 
ishlatish usullari turlicha bo‗ladi. 
Purkash  –  dorilashga  mo‗ljallangan  o‗simliklarga  zaharli  ximikatlarni, 
eritmalar,  suspenziyalar  va  emulsiyalar  holida  berish,  don  omborlari, 
issiqxonalar  va  boshqa  binolarni  yuqumsizlantirish  uchun  ham  shu  usuldan 
foydalaniladi.  Zaharli  kimyoviy  moddalar  purkash  usuli  bilan  qo‗llanilganda 
preparatlar  juda  tejamli  holda  sarflanadi,  biroq  O‗zbekistonning  issiq  iqlimi 
sharoitida  bu  usul  ko‗p  suv  sarf  qilishni  talab  etadi:  1  ta  dala  maydonidagi 


199 
 
o‗simliklar  traktor  vositasida  purkalganda  400–600  l,  aviatsiya  vositalari 
(samolyot,  vertolyot)  yordamida  purkalganda  100–120  l,  daraxtlarni  purkash 
uchun  200  l  gacha  suv  sarflanadi.  Bunday  ko‗p  miqdordagi  suv  sarflanadigan 
purkash  usullari  ayniqsa  atmosfera  havosini,  suv  havzalarini  anchagina 
ifloslantiradi.  
Tadqiqotlarni  ko‗rsatishicha  havodagi  mavjud  zaharli  miqdordan  5–10 
marta  yuqori  bo‗lishi  qayd  etilgan.  Shunday  ifloslantirishlarni  kamaytirish 
uchun eng kam hajmli usuldan foydalanish taklif qilinmoqda. Bu usulda har bir 
maydonga  100  va  50  l  gacha  bo‗lgan  suvli  eritmalar  ishlatiladi,  bunda  ta‘sir 
qiluvchi preparatlarning eritma konsentratsiyasi ma‘lum darajada yuqori bo‗ladi. 
O‗rta  Osiyoning  iqlim  sharoitida  ixcham  hajmli  usulni  qo‗llash  uncha  to‗g‗ri 
kelmaydi. Chunki yuqori haroratda bu usuldan foydalanilganda atrof-muhitning 
ifloslanish xavfi ortadi.  
Changlash 
–  kukunsimon  zaharli  moddalarni  qishloq  xo‗jalik 
zararkunandalariga qarshi ishlatishda, odatda, changlash usulidan foydalaniladi. 
Kukunsimon  preparatlar  –  dustlar  bilan  havo  quruq  va  issiq  bo‗lib,  asosan 
qurg‗oqchil  tabiatli  joylarda ko‗p  rasm  bo‗lgan.  Changlashda pestitsid purkash 
usulidagiga  qaraganda  ko‗proq  sarflanadi.  Preparatlarning  ko‗pgina  qismi 
shamol bilan har yoqqa ketib qoladi, isrof bo‗ladi. Pestitsidlarning ovqat uchun 
ishlatiladigan  mahsulotga  tushishi  juda  xavfli.  Changlash  bilan  ishlov  berish 
usuli  o‗simliklar  shudringda  nam  bo‗lib  va  shamol  yo‗q  paytda  o‗tkaziladi. 
Shudringda  changlash  imkoni  bo‗lmasa,  dorilashdan  oldin  namlash  kerak, 
buning uchun maxsus changlagich mashinalardan foydalaniladi. Sekundiga 3 m 
dan  ko‗proq  tezlikda  shamol  esib  turgan  bo‗lsa  changlash  ishi  o‗tkazib 
bo‗lmaydi. 
Aerozol  usuli  –  zaharli  kimyoviy  moddalarni  ishlatishda  bu  usul  bir  qator 
afzalliklari  bilan  ajralib  turadi.  Bu  usulda  suyuqlik  holdagi  pestitsidlar  mayda-
mayda tomchi zarrachalariga bo‗linib, tuman holiga yoki qattiq zarrachalar tutun 


200 
 
holiga  keltiriladi,  generatorlar  yordamida  kimyoviy  ta‘sirchan  moddalar 
purkaladi. Hozirgi kunlarda bu usul keng tus olmoqda. 
Zaharli  xo‗raklardan  foydalanish.  Zararkunanda  kemiruvchi  hayvonlar, 
turli  hasharotlar,  ayniqsa  g‗umbaklarga  qarshi  kurashish  uchun  zaharli 
xo‗raklardan  foydalaniladi.  Xo‗raklar  maxsus  usulda  tayyorlanadi.  Pestitsidlar 
qo‗shib  tayyorlanadigan  xo‗raklar  bo‗lishi  mumkin.  Odatda  zararkunandalar 
makon  qurgan  joylarga,  ya‘ni  dalaga  sochiladi.  Zaharli  xo‗raklardan 
foydalanishning  xavfli  tomoni  zaharli  omillar  yog‗in  suvlari  bilan  yuvilib  suv 
manbalariga  tushishi,  favqulotda  oziq-ovqat  mahsulotlariga  aralashib  qolishi 
mumkin. Zaharli xo‗raklar kichik maydonlarda ma‘lum joylarda ishlatiladi. 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish