Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Tuproqning inson hayotidagi o‗rni va gigiyenik ahamiyati



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

 
Tuproqning inson hayotidagi o‗rni va gigiyenik ahamiyati  
 
Tuproq  tashqi  muhitning  asosiy  bir  bo‗lagidir.  Butun  bir  tiriklik, 
jonivorlarning  tirikligi,  odamzotning  hayoti  tuproq  bilan  bog‗langan.  Inson  va 
hayvonlarning salomatligi tuproqning sanitariya holatiga bog‗liqdir.  
Olimlarning fikricha, tuproq tog‗ jinslaridan hosil bo‗lgan yerning g‗ovak 
qismi  hisoblanadi.  V.V.Dokuchayev,  V.R.Vilyamis  fikricha,  tuproq  juda 
murakkab komponent bo‗lib, unda hech qachon hayot to‗xtamaydi, doim nafas 
oladi. Tirik organizm, undagi tirik jonivorlar doimo bir-biri bilan bog‗langan.  


191 
 
Tuproq  qatlamida  paydo  bo‗ladigan  o‗zgarishlar  faqatgina  tabiiy  holda 
bo‗lmay,  bu  o‗zgarishlarga  insonning  ta‘siri  ham  kattadir.  Inson  yerning 
kimyoviy,  fizikaviy  holatini  yaxshilaydi, mineral  o‗g‗itlar  ishlatadi,  agrotexnik 
tadbirlar o‗tkazib uning unumdorligini yaxshilaydi. Undan tashqari ko‗mir koni, 
metallurgiya kombinati chiqindilari, transport chiqindilari bilan tuproq tarkibini 
ifloslaydi.  Tuproq  tarkibida  juda  ko‗p  mikroorganizmlar  yashaydi.  Tuproq 
yuzasida  mikroorganizmlar  quyoshning  ultrabinafsha  nurlari  ta‘sirida  qirilsa, 
aksincha, tuproqning 5–10 sm chuqurligida ular ko‗payib taraqqiy etadi, quyosh 
nuridan saqlanadi, tuproq mikroblarni ovqat, namlik va havo bilan ta‘minlaydi.  
Mikroorganizmlardan  tashqari  tuproqda  bir  hujayrali  sodda  hayvonlar, 
mog‗orlar,  chuvalchanglar,  bakteriofaglar,  viruslar,  kana  pashshalar 
hasharotlarning tuxumlari va ulardan chiqqan qurtlari va hokazolar yashaydi. 
Gigiyenik va epidemiologik nuqtayi nazardan eng xavflisi shundaki, tuproq 
sharoitida mikroorganizmlar har holda anchagina uzoq vaqt yashaydi. Masalan, 
qora tuproqda, qumda va boshqalarda ichburug‗ kasalligini tarqatuvchi flokoner 
mikrobi  25  kundan  100  kungacha  va  undan  ortiq,  qorin  tifi  va  parativ 
kasalliklarini keltirib chiqaradigan mikroblar esa 100 kundan 400 kungacha o‗z 
holatini saqlab qoladi. 
Bu  mikroblar  inson  organizmiga  tuproq  orqali  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  tushishi 
mumkin  yoki  bu  infeksiyalar  bilan  ifloslangan  tuproqqa  ekilgan  ekinlarning 
hosili  orqali  yoki  yomg‗ir  bilan  yuvilib  suv  havzalari  orqali  tushishi  mumkin. 
Ayniqsa  shahar  tuproqlarini  toza  tutmaslik  tuproqda  doimo  giligiya  tuxumlari, 
ichburug‗ bakteriyalari paydo bo‗lishiga olib kelmoqda. 
Tuproqning  tabiiy  holatini  sanoat  korxonalaridan  tashqi  muhitga 
tashlanayotgan chiqindilar buzmoqda. M.Gusev, A.Kamildjanov, V.Morozov va 
boshqa  olimlar  keltirgan  ma‘lumotlarga  qapaganda  sanoat  korxonalari 
joylashgan  yerdan  2  dan  12  km  gacha  va  undan  uzoqroq  bo‗lgan  masofada 
simob, margimush, ftor, qo‗rg‗oshin, mis, marganes, temir va boshqa bir qancha 
elementlarni  tuproqda  borligi  aniqlangan.  Eng  xavflisi  shundaki,  ular  tuproqda 


192 
 
yig‗ila  borib  o‗simlik  tanalariga  ularning  mevalariga  o‗tib  zararlaydi. 
O‗simliklar  tarkibida  sanoat  chiqindilari  ko‗p  mikdorda  topilishi  hayvon  va 
inson  sog‗ligi  uchun  xavflidir.  Bunga  misol  qilib  Tojikiston  hududida 
joylashgan aluminiy zavodining chiqindilari Sariosiyo tumanining ifloslanishiga 
va  tuproqda,  suvda,  o‗simlik,  hayvon  tanalarida  ftor  moddasining  ortib 
ketganligini keltirish mumkin. 
Tuproqda  kimyoviy  zavodlardan  avtomobil  transportidan  va  boshqa  turli 
manbalardan  rak  kasalligini  qo‗zg‗atuvchi  konserogen  moddalar  ham  tushishi 
mumkin.  Bunda  qurum,  katta  molekulali  uglevodlar,  smolalar,  neft  va  uning 
mahsulotlari  va  boshqalar  shimilib-yig‗ilib  borayotgani  to‗g‗risida  ma‘lumotlar 
bor. Ayniqsa, xloroorganik zaharli moddalarni tuproqda parchalanmay 4–10 yil 
qolib ketishi odamlarni tashvishga solmoqda, chunki ular inson sog‗ligiga ancha 
xavflidir. 
Keyingi  yillarda  tuproqni  fosfororganik  moddalar  va  gerbetsidlar  bilan 
ifloslanishi  to‗g‗risida  anchagina  dalil  bor.  Jumladan,  rogor,  sevin,  diuran, 
mouron,  simazin  va  boshqalar  tuproqda  bemalol  1–2  yil  o‗zini  zaharli 
xususiyatini yo‗qotmay turadi. 
Tuproqni muhofaza qilish kompleks ravishda bajarilishi kerak. Bu tadbirlar 
gigiyenik,  sanitariya,  biologik,  agrotexnik  ishlar  bo‗lib,  tuproq  ifloslanishini 
oldini  oluvchi,  ular  tushgan  taqdirda  ham  odam  va  unga  zarar  bermaydigan, 
atmosferaning  ifloslanishiga  olib  kelmaydigan  yuza  va  yer  osti  suvlaridan  va 
tuproqdan foydalanishni chegaralamaydigan tadbirlardir.  
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish