195
Tuproqda o‗z-o‗zini tozalash jarayoni
Har kuni, har soatda tuproqqa tushadigan ko‗p miqdordagi chiqindi
axlatlarning tarkibida mikroblar, viruslar, gijja tuxumlari, organik moddalarning
chirishi inson hayotining allaqachonlar tugatishi yoki chidab bo‗lmaydigan
ahvolga solib qo‗yishi mumkin edi. Faqat tuproqda bo‗ladigan juda kuchli o‗z-
o‗zini tozalash biologik jarayon tufayli falokatni, xavfli holatning oldi olinadi.
Uning ustiga odamlarning o‗zlari ham zararli chiqindilarni zararsiz holatga
keltirishni borgan sari takomillashtirmoqdalar, ko‗p chiqindilardan xalq
xo‗jaligida foydalanish mumkinligini isbotlamoqdalar.
Tuproqda tabiiy holatda kechadigan o‗zini-o‗zi tozalash jarayoni sanitariya
va epidemiologiya nuqtayi nazaridan asosiy hamda o‗ta zarur jarayondir.
O‗z-o‗zini tozalash jarayonida:
– tuproq tarkibidagi organik moddalar minerallashadi va oxir pirovardida
mineral tuzlarga aylanadi.
– patogenli bakteriyalar, ayniqsa ichak bakteriyalari guruhi va entorviruslar
o‗ladi;
– gijja tuxumlari yashash qobiliyatini yo‗qotadi.
Tuproq normal holatda mayda yumaloq agregatlardan iborat, katta-kichik
zarrachalar 2–10 mmk bo‗lib, oralarida bo‗shliq g‗ovaklari mavjud, ular tuproq
donachalarini havo bilan ta‘minlaydi, tuproqni shamollashiga va namlanishiga
yordam beradi.Bu esa o‗z navbatida, tuproqda kechadigan jarayonlarni
jadallashtirishga imkon tug‗diradi. Tuproq donachalari o‗z atrofida biologik
parda bilan o‗raladi, bu parda filtrlanish jarayonida o‗ziga erigan va qalqiydigan
moddalarni shimadi.
Tuproqda organik moddalarning parchalanishi ikki bosqichda o‗tadi: oldin
moddalarning minerallashuvi yuz beradi, keyin esa nitrifikatsiya bosqichlari
o‗tadi.
196
Minerallashuv jarayoni havo qatnashgan aerob sharoitda yoki havosiz
anaerob sharoitda ham kechishi mumkin. Sporasi bo‗lmagan, achitish jarayonida
qatnashadigan mikroblar tuproq donachalaridagi biologik pardada so‗rilgan
organik moddalarning ta‘sirida anaerob sharoitida parchalana boshlaydi.
Organik moddalarning parchalanishida tuproqdagi ko‗pchilik bir
hujayralilar, chuvalchanglar, mog‗orlar, hasharotlarning tuxumidan chiqqan
qurtlari ham qatnashadi. Natijada:
a) karbon suvlar – suvga va karbonat angidridga
parchalanadi;
b) yog‗lar oldin yog‗ kislotalarga, glitseringa, so‗ngra ular suvga va
karbonat angidridga parchalanadi;
d)
protsolitik
jarayonlar
yordamida
murakkab
oqsil
moddalar
aminokislotalarga va ammiakka
aylanadi;
e) oqsil tarkibidagi oltingugurt serovodorodga aylanadi.
Anaerob jarayonida parchalanayotgan organik moddalar o‗zidan juda
sassiq gazlar: ammiak, uglevodorod, merkaptan moddalari bilan tashqi havoni
ifloslantiradi. Aerob sharoitda oksidlanish ustun turadi, qo‗lansa hidli gazlar
ajralmaydi. Lekin bu jarayonlar bilan tuproqning o‗z-o‗zini tozalashi tamom
bo‗lmaydi, jarayonning 2-bosqichi, ya‘ni nitrafikatsiya boshlanadi. Azot
moddasini ushlovchi birikmalar ta‘sirida nitrifikatsiya jarayoni katta ahamiyatga
ega. Azot ushlovchi birikmalar bu fazasida S.N.Vinogradov tomonidan topilgan
aerob mikroblari faol ishtirok etadi.
Oksidlanish jarayoni yordamida:
a) vodorod sulfit sulfat kislotasiga va sulfat kislota tuzlariga (sulfatlarga)
aylanadi.
b) karbonat kislotasi karbonat kislotasi tuzlariga (karbonatlarga) aylanadi.
d) fosfor esa fosfor kislotasiga (fosforlarga) aylanadi.
Gumus qoramtir organik kislotalarga boy, murakkab kimyoviy tarkibga ega
bo‗lgan birikmadir. Gumus tarkibida gumin, ulmin, kron kislotasi, ligninlar,
proteinlar, karbon suvlar, yog‗lar, organik kislotalar va boshqa karbonat
197
moddalar bor. Gumus o‗simlik ozuqasiga aylanadi. Gumusda azot moddasi ko‗p
bo‗lishiga qaramay sasimaydi, yomon hidlar chiqarmaydi, pashshalarni o‗ziga
tortmaydi.
Organik azot, ammiak, organik karbon, har xil tuzlar va sanoat
korxonalarining boshqacha chiqindilari tuproqni kimyoviy moddalar bilan
ifloslaydi. Tuproq tarkibida tirik jonlarning mavjudligi sababli, unga tashlashgan
organik moddalarning parchalanishi natijasida mineralizatsiya jarayoni
tezlashadi va tuproqda tozalanish jarayoni kechadi. Tuproq juda ifloslansa unda
bu ko‗rsatkich 0,70 ga teng bo‗ladi (N.I.Xlebnikov 1968-y.).
Tuproqning gijja tuxumlari bilan ifloslanganligini bilish uchun bir kg
tuproqda gijja tuxumlarining soni aniqlanadi (26-jadval).
26- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: