4. Kamayib borayotgan turlar. Ma‘lum vaqt ichida soni va tarqalgan
maydonlari tabiiy sabablarga ko‗ra yoki insonlar ta‘siri ostida qisqarib
ketayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday o‗simliklar har tomonlama nazorat qilib
turishni talab etadi.
«Qizil kitob» ning 1998-yilgi nashrida muhofazaga olingan o‗simlik
turlarining soni 301 ga yetdi. «Qizil kitob» ning yangi 2006-yildagi nashrida
muhofazaga olingan o‗simlik turlarining soni 305 tadir.
Umumiy qilib aytganda, «Qizil kitob» ning mohiyati shundaki, ular
o‗simlik va hayvonot olamining kamyob, yo‗qolib, kamayib ketish xavfi
ostidagi turlari haqida to‗liq ma‘lumot beruvchi hujjatdir.
Jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi
muammosiga jalb qilish hamda turlar genofondini saqlab qolishga
yordamlashish – «Qizil kitob» ning vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |