231
Hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo‗lib, tabiatda
moddalar va energiya almashinuvida ular muhim rol o‗ynaydi. Hayvonlar
o‗simliklar bilan uzviy aloqada bo‗lib turadi.
O‗simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning
50% ni o‗zlashtirib organik moddalar hosil qiladi. Ana shu organik moddalar
o‗txo‗r va bir-biri bilan ovqatlanadigan go‗shtxo‗r hayvonlar tomonidan iste‘mol
qilinadi. Natijada hayvonlar faoliyati normal o‗tadi. Hayvonlar o‗z navbatida
o‗simliklarga ta‘sir ko‗rsatib, ularni changlatishda, urug‗ va mevalarini
tarqatishda ishtirok etadi.
Ba‘zi hayvonlar, chunonchi, yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni
qirib, o‗simliklarning hosildorligini oshiradi, ba‘zi foydali hasharotlar esa
o‗simliklarni ayrim zararli hasharot va kasalliklardan saqlaydi.
Hayvonlar insonlar hayotida avvalo oziq-ovqat resurslari sifatida katta
ahamiyatga ega; qolaversa mo‗yna tayyorlashda va ko‗pgina boshqa sohalarda
muhim rol o‗ynaydi.
Inson o‗zining xo‗jalik faoliyatida hayvonlarga bevosita va bilvosita ta‘sir
ko‗rsatadi. Bunday ta‘sir ba‘zan salbiy, ba‘zan esa ijobiy bo‗lishi mumkin.
Salbiy ta‘sir etganda hayvonlarning soni kamayib ketishi, ularning holati
yomonlashishi mumkin. Insonlarning salbiy ta‘siri natijasida respublikamizda
mavjud bo‗lgan sut emizuvchi yovvoyi hayvonlarning 99 turidan 32 tasi,
parrandalarning 410 turidan 31 tasi, baliqlarning 79 turidan 5 tasi «Qizil
kitob»ga kiritilganligi bizga ma‘lum. Jumladan, katta shomshapalak, shalpang-
quloq, ko‗rshapalak, oq suvur, qo‗ng‗ir ayiq, sirtlon, qoplon, xongul, irbis,
jayron, Ustyurt qo‗yi, Qizilqum yovvoyi qo‗yi, arxar, lochin, itolg‗i, ov turna,
tuvaloq, bizg‗aldoq, qum chumchug‗i, echkemar, Osiyo kobrasi, baxri baliq,
mo‗ylov baliq, Sirdaryo kurakburuni va boshqalarni ko‗rsatish mumkin.
232
Hayvonlarni muhofaza qilish, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab
qolish, kamayib ketgan hayvonlar sonini qayta tiklash uchun asosan ovchilik va
baliq ovlashni tartibga solish, qo‗riqxona va buyurtma (zakaznik) larni tashkil
etish lozim. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik holati yaxshilanadi.
Qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida yerlardan foydalanganda hayvonlar uchun
o‗tlaydigan maydonlar qoldiriladi, ularni iqlimlashtirishga e‘tibor beriladi,
zaharli preparatlar ta‘siridan himoya qilinadi va shunga o‗xshash tadbirlar
amalga oshiriladi.
Hayvonlar biosferaning muhim elementidir. Hayvonlar o‗simliklar bilan
birgalikda organik dunyoning ikkita katta tarmog‗ini hosil qiladi.
Sayyoramizdagi hayvonot dunyosi juda ko‗p sonli bo‗lib, 1,5 mln. dan ortiq
turni tashkil etadi. Oziq moddalarni mustaqil ravishda sintez qilishga qodir
bo‗lmagan va tayyor organik birikmalar hisobiga yashaydigan organizmlar
geterotrof hayvonlar deyiladi. Hayvonlarning avtotrof, xlorofilli o‗simliklardan
muhim farqi ana shunda.
Tabiatda hayvonlarning roli juda xilma-xildir. Yerni qazuvchi hayvonlar
(krotlar, ko‗rsichqonlar va sichqonsimon boshqa kemiruvchilar) tuproqni
yumshatadi, aralashtiradi, najas hamda o‗simlik qoldiqlari bilan o‗g‗itlaydi.
Shunday qilib bu hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonda faol qatnashadi.
Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa ko‗pgina hasharotlar ham xuddi shunday
rol o‗ynaydi. Yovvoyi cho‗chqa va jayra kabi yirik hayvonlar ham tuproqqa
jiddiy ta‘sir etadi. O‗rta Osiyoning tog‗larida va to‗qaylarida katta-katta
maydonlarni yovvoyi cho‗chqalar o‗simlik ildizlarini axtarib kovlab tashlagan.
Jayralar tog‗larda rovoch ildizlarini qidirib ko‗p joylarni qazib tashlaydi.
O‗simliklarni changlashda, meva va urug‗larni boshqa yerlarga olib borib
tashlashda ham hayvonlar juda katta rol o‗ynaydi. Ba‘zi bir o‗simliklar ma‘lum
hasharotlar yordamida changlanadi va bunday hasharotlar bo‗lmasa, umuman
meva tugmaydi. Masalan, qizil sebarga faqat qovoq ari yordamida changlanadi,
233
kechasi gullaydigan ba‘zi bir o‗simliklar tungi kapalaklar yordamida
changlanadi.
Ko‗pgina o‗simliklarning mevalari ilmoqli, tikanli bo‗lib, hayvonlarning
juniga yoki odamning kiyimiga yopishib qoladi va shunday qilib uzoq-uzoqlarga
olib boriladi. Bunday urug‗larni qo‗ylar, echkilar, itlarning junlari ayniqsa
uzoqqa olib ketadi.
O‗simlik urug‗lari va mevalarini tarqatishda kelgindi qushlar ham katta rol
o‗ynaydi. Masalan, kuz paytida Sirdaryo bo‗yidagi to‗qaylarda kelgindi
chug‗urchuqlar gala-gala bo‗lib yuradi. Bu parrandalar jiyda mevalarini yeb,
danagini uzoqlarga olib borib chiqarib tashlaydi. O‗rta Osiyoning archazorlarida
yashaydigan kichkinagina qush – archa boltatumshug‗i archaning qubba
mevalarini
tevarak-atrofga
yoyadi. O‗simliklarning urug‗ini ko‗pgina
hasharotlar, masalan, chumolilar, shuningdek, ba‘zi bir kemiruvchilar o‗z
inlariga yig‗ib olib boshqa joylarga tarqatadi.
Dasht va cho‗llarda yashaydigan o‗txo‗r hayvonlar ham o‗simlik
qoplamiga muhim ta‘sir ko‗rsatgan. Ular qimmatli yem-xashak o‗simliklarini
yeb tugatib yuborgan, oqibatda mollar eya olmaydigan o‗simlik turlari paydo
bo‗lgan. Chorva mollari ko‗plab to‗planadigan joylarda, masalan, suv-buloqlar
atroflarida ayniqsa yaxshi o‗simliklar kamayib ketdi. Shu bilan birgalikda uzoq
vaqt davomida yaylovlarda chorva mollari boqilmasligi ham ko‗ngilsiz
oqibatlarga sabab bo‗lgan.
O‗rta Osiyo cho‗llarida uzoq vaqt davomida chorva mollari boqilmasligi
natijasida yer yuzasini cho‗l moxi qoplab oladi. Bu o‗simlik qumning butun
yuzasini sidirasiga egallaydi. Cho‗l moxi tuproqqa nam o‗tkazmaydi, oqibatda
qumlarning gidrologik sharoiti keskin yomonlashadi va oq saksovul, qandim,
butasimon sho‗ra o‗simliklari kabi yirik o‗simliklar ham halok bo‗ladi. Bunday
yerlarda chorva haydab boqilsa mox deyarli tugab qoladi.
Hayvonlar o‗rmon va tog‗lardagi butalar va o‗tlarga ham salbiy ta‘sir etadi.
O‗rmonlarda hayvonlar ko‗payib ketsa, kedr, eman, buk (qora qayin), grab kabi
234
daraxtlarning hosili umuman yo‗q bo‗lib ketadi. O‗rta Osiyo tog‗larida yovvoyi
cho‗chqalar va jayralar yong‗oq, olma, nok, tog‗olcha, do‗lana mevalarini juda
sevib eydi. Tog‗ oldilarida kemiruvchilar xandon pista va bodom mevalariga
katta zarar yetkazadi.
Tuyoqli hayvonlar (loslar, bug‗ular) yosh daraxt shoxlarini sindiradi,
o‗sayotgan daraxt uchini uzib tashlaydi. Bu esa daraxtlarning qiyshayishiga,
zaiflashishiga va ba‘zan esa umuman qurib qolishiga sabab bo‗ladi.
O‗zbekistonning qumli cho‗llarida oq saksovullarga qum kalamushlar juda katta
zarar yetkazadi. Bunday kalamushlar saksovulzorlarda gala-gala bo‗lib yashaydi
va qisqa vaqt ichida saksovul butoqlarini kemirib uni nobud qiladi.
Qushlar ham daraxtlarning kurtaklari va igna barglarini yeb o‗rmonlarga
zarar yetkazadi. Masalan, Laplandiya qo‗riqxonasida olib borilgan kuzatish
natijasida beshta chilning jig‗ildonidan olti ming kurtak va barg bandi chiqqan
(Voronsov, Xaritonova, 1977- yil).
Shu bilan birgalikda, ko‗pgina sut emizuvchilar, ba‘zi bir yirtqich
hayvonlar (bo‗rsiqlar), hasharotxo‗rlar va qo‗l oyoqlilar o‗rmonga zarar
keltiradigan hasharotlarni ko‗plab qiradi. Masalan, bo‗rsiq bir kecha-kunduzda
may qo‗ng‗izining 5 ming lichinkasini yeb tugatadi (Voronsov, Xaritonova,
1977-yil). Bunday o‗rmon do‗stlari ehtiyot qilib muhofaza etilishi kerak.
Son-sanoqsiz hasharotlarni yeb tugatadigan bir qancha qushlar ham bor.
O‗rmonlarda yashaydigan katta chittak, moyqut, qizilishton qiziltush,
fotmachumchuqlar ana shunday foydali qushlardir. O‗rta Osiyoda ko‗kqarg‗a,
kakkuqush,
tentakqush,
karqunok
dalalarning
va
o‗rmonlarning
zararkunandalarini yeb tugatadigan qushlardir. Paxta dalalarida tustovuqlar ham
ko‗pdan-ko‗p zararli hasharotlarni yeb, bir vaqtlar katta foyda keltirar edi.
Inson qadim zamondayoq ko‗pgina yovvoyi hayvonlarni dastlab qo‗lga
o‗rgatgan va so‗ngra xonakilashtirgan. Ulardan oziq-ovqat va boshqa xo‗jalik
ehtiyojlarida foydalangan. Hozirgi zamon chorvachiligi qishloq xo‗jaligining
juda muhim tarmog‗i bo‗lib, insonni eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari –
235
go‗sht, yog‗, moy, sut, tuxum va boshqalar bilan ta‘minlaydi, transport vositasi
bo‗lib xizmat qiladi (otlar, xo‗kizlar, eshaklar, bo‗rilar, itlar), yengil sanoat
uchun xomashyo (teri, mo‗yna, jun) yetkazib beradi. Chorvachilik
chiqindilaridan chorva mollari uchun yem-suyak uni va ba‘zi bir dori-darmonlar
ham olinadi. Chorvachilik juda qimmatli organik o‗g‗it-go‗ng beradi.
Chorva mollari ma‘lum estetik ahamiyatga ham ega. Bir necha asrlardan
buyon go‗zal parrandalar – tovuslar, to‗tiqushlar, tustovuqlar qo‗lda boqib
kelinadi. Sayroqi mayda qushlar – bulbul, kanareyka, sa‘va va boshqalar
madaniylashtiriladi. Xovuzlarda oqqushlar va yovvoyi o‗rdaklar yashaydi,
istirohat bog‗larida tiyinlar (olmaxonlar) yayrab yuradi. Ba‘zi bir joylarda rang-
barang chiroyli kapalaklar asraladi.
O‗rni kelganda shuni aytish kerakki, o‗lkamiz o‗simlik olamiga boy
bo‗libgina qolmay, balki hayvonot olamiga ham boydir. Bizdagi mavjud cho‗l-
adirlarimizda, tog‗u-yaylovlarimizda, to‗qayzoru-suv havzalarida turli-tuman
hayvon turlari mavjud bo‗lib, bularning hammasi birgalikda ma‘lum bir
ekosistemalarni hosil qiladi. Insonlarning kundalik hayotida hayvonlarning
tutgan o‗rni, ahamiyati o‗simliklarnikidan kam emas. Ular bizni oziq -ovqat
(go‗sht, sut, yog‗, moy, tuxum, baliq mahsulotlari va h.), kiyim- kechak, dorivor
moddalar bilan ta‘minlaydi, qishloq xo‗jaligi, transport, ilmiy-tadqiqot ishlarida,
tibbiyotda tajribalar o‗tkazish kabilarda foydalaniladi. Hayvonlar o‗simliklar
bilan doimo biotik aloqada bo‗lib, ularni changlatishda, meva urug‗larini boshqa
joylarga, ya‘ni o‗simliklarning territorial tarqalishida qatnashadi.
So‗nggi bir qancha o‗n yillar davomida ona-tabiatimizning rang-
barangligiga kattagina zarar yetkazildi.
O‗zbekiston
Respublikasi
«Qizil
kitob»ida
(11-tom,
2003-y.)
ko‗rsatilganidek, so‗nggi o‗n yillar davomida, tabiatdan foydalanishning
kuchayishi natijasida ko‗plab hayvon turlari inson ta‘siri ostida qolib, ularning
yashash joylari, soni qisqardi. Ayrimlari esa butunlay yo‗q bo‗lib ketdi.
Jumladan, Turon yo‗lbarsi, gepard, Turkman quloni, Orol sulaymon balig‗i kabi
236
hayvonlar umuman yo‗q bo‗lib ketdi. Sirtlon, qoplon, to‗xta tuvaloq, Sirdaryo
va Amudaryoning kichik va katta kurak burunlari kabilar yo‗q bo‗lib ketish
arafasida turibdi. Ustyurt va Buxoro qo‗ylari, morxo‗r, qoraquloq, O‗rta Osiyo
qunduzi, oq bosh o‗rdak, vishildov oqqush, marmar churrak, yo‗rg‗a tuvaloq,
Farg‗ona qum kaltakesakchasi, ayrim molluska va hasharotlar yo‗q bo‗lib ketish
xavfi ostida. Ko‗plab hayvon turlarining soni uzluksiz kamayib bormoqda,
sababi, hududlarning xo‗jalik maqsadlarida o‗zlashtirilishi, atrof-muhitning
ifloslanishi, biologik resurslardan me‘yorsiz foydalanishdir.
Oxirgi o‗n yillar mobaynida sug‗oriladigan maydonlarni kengaytirish
maqsadida Mirzacho‗l va Jizzax, Qarshi va Surxon – Sherobot cho‗llari,
Farg‗ona vodiysining markaziy qismi, Tyan-Shan va Pomir, Oloy tizmalarining
g‗arbiy etaklaridagi adirlar o‗zlashtirildi. Sug‗orish tufayli o‗zlashtirilgan
hududlarda ekologik vaziyat o‗zgardi. Ko‗plab cho‗l hayvonlarining soni,
masalan, jayron, yo‗rg‗a tuvaloq kabi hayvonlar arealining qisqarishi buning
dalilidir. To‗qayzorlarning kesib tashlanishi natijasida bu joylarda yashovchi
Buxoro bug‗usi, tustovuq va boshqa endemik kenja turlar yashash joylarining
keskin qisqarishiga olib keldi. Janubiy Orol bo‗yida ekologik sharoitning
o‗zgarishi natijasida Amudaryo deltasida vishildoq oqqush, pushti va jingalak
saqovqush, qorabuzov va boshqa kamyob qushlarning joyi, ornitologiya nuqtayi
nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‗lgan botqoqliklar bugundan o‗z mohiyatini
yo‗qotdi. Tog‗-kon sanoatining tezkorlik bilan rivojlanishi, daraxt va butalarning
kesilishi, chorvachilikda yaylovlardan haddan tashqari keng foydalanish
natijasida barcha tog‗ ekotizimlarining o‗zgarishi hamda umurtqasiz
hayvonlarning yashash joylari yo‗q bo‗lib ketishiga sabab bo‗lmoqda.
Respublikamizdagi mavjud qo‗riqxonalarda «Qizil kitob» ga kiritilgan
Buxoro bug‗usi, morxo‗r, Qizilqum arxari kabi hayvonlar, yirtqich qushlar va
hasharotlar muhofaza ostiga olingan.
Kamyob hayvonlar turlarini ko‗paytirish Respublika markazi (Buxoro
viloyati) olib borayotgan izlanishlari kamyob va yo‗q bo‗lib ketayotgan
237
hayvonlarni yarim tutqunlik sharoitida ko‗paytirish, ularni saqlab qolish, sonini
tiklashga bag‗ishlangan. Undan tashqari, bu yerda Respublika «Qizil kitob» iga
hamda Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan jayron, yo‗rg‗a tuvalok, qulon,
Prjevalskiy oti kabi turlarni ko‗paytirish va qo‗riqlash bo‗yicha amaliy ishlar
olib borilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‗mitasi, Davlat bionazorati bosh
boshqarmasi, O‗zR FA Zoologiya instituti olimlari tomonidan yo‗q bo‗lib ketish
xavfi ostidagi qushlarni sun‘iy sharoitda ko‗paytirish va tabiatga qo‗yib
yuborish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‗zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983-yilda nashr etilgan bo‗lib,
unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi. «Qizil kitob» ning yangi
nashriga (11 tom, hayvonot olami, 2003-y.) sut emizuvchilarning 23 turi,
qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi,
halqasimon
chuvalchanglarning
3
turi,
moluskalarning
14
turi,
bo‗g‗imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.
Turlarning tabiatda yo‗q bo‗lib ketish xavfi toifalari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |