241
X BOB
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK SIYOSAT
Ekologik ta‘lim-tarbiya
Inson tomonidan yuritilgan xo‗jalik faoliyatining jadal rivojlanishi tabiat
imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay turib, «XXI
asrga yo‗l» Rim klubining ishlaridan birida ta‘kidlanganidek, yer yuzidagi
barcha qarama-qarshiliklar tuproq eroziyasi, o‗rmonlarning yo‗q bo‗lib ketishi,
baliqlarning ortiqcha ovlanishi, kislotali yomg‗irlar yog‗ishi, atmosferaning
ifloslanishi, ozon qatlamining buzilishi, orol bo‗yi muammolari va
hokazolarning yuzaga kelishiga olib keldi.
Respublikamizda aholi zichligining ko‗rsatkichi 1980-yilda bir kvadrat
kilometrga 35,6 kishidan, 2002 yilga kelib 55,8 kishigacha ortdi. Aholi sonining
ortib borish sur‘atlarini hisobga olib, 2010-yilda respublika aholisi 28,5–28,7
million kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Adirli hudud (quruq mintaqa) sharoitlarida, aholi soni o‗sishi bilan
antropogen ta‘sir (suvga va hayot uchun zarur bo‗lgan boshqa vositalarga
nisbatan ehtiyojning o‗sishi) ortadi. Bu respublikamiz aholisining zich
yashaydigan hududlarida qo‗shimcha ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammoni
keltiradi.
O‗zbekiston hududida iqlimning global va mintaqaviy o‗zgarishning
oqibatlarini baholash 2030 yillarga kelib, shimoliy hududlarda o‗rtacha yillik
haroratning 2–3 darajaga va respublika janubiy qismida 1 darajaga o‗sishi
kutilmoqda (tog‗li hududlarga kamroq ta‘sir ko‗rsatilishi mumkin).
O‗zbekistonning barcha hududlarida yog‗ingarchiliklar miqdori ko‗payishi
kutilmoqda: Fargona vodiysida 5–15 foizgacha, respublikamizning shimoliy
242
qismida esa – 15–20 foizgacha. Iqlimning o‗zgarishi suv yuzasidan bug‗lanish
hisobiga 10–15 foizga va o‗simliklar transpiratsiyasi hisobiga 10–20 foizga suv
yo‗qotilishi miqdorining ortishiga olib keladi. Bu esa suvdan foydalanishning
o‗sishi bilan suv iste‘mol qilinishini o‗rtacha 18 foizga o‗sishiga olib keladi.
Samarali harorat yig‗indisining 5–10 foizga o‗sishi va sovuq bo‗lmagan
davrning davomiyligi 8–15 kunga ortishi sababli qishloq xo‗jalik ekinlariga
ishlov berish agroiqlim sharoitlari o‗zgaradi.
Shu bilan birga, noqulay yozgi davr 1–3 kunlikkacha ortib, bu paxta va
yaylovlar mahsuldorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
«Biz 35–40 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan
birining yo‗qolib borishiga guvoh bo‗lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‗z
o‗ngida butun bir dengiz halok bo‗lgan hol hali ro‗y bergan emas edi».
So‗nggi 40–45 yil davomida dengiz sathi 22,0 metrdan ko‗proqqa pasaydi,
akvatoriya maydoni 3,8 barobardan ortiq kamaydi, suv hajmi 1064 dan 115
kilometr kubgacha pasaydi, suvdagi tuz miqdori 72 g/l ga yetdi. Orol dengizi
deyarli «o‗lik» denizga aylandi. Uning qurib qolgan qismining maydoni 4,2 mln.
gektarni tashkil etdi va yaqin atrofga qumli tuzlar tarqatish manbayi bo‗lib qoldi.
Chang tarqalayotgan maydon uzunligi 400 kilometr va kengligi 40 kilometrga
yetmoqda. Changli bo‗ronlar ta‘sir doirasi 300 kilometrni qamrab olmoqda.
Har yili bu yerda atmosferaga 15 dan 75 million tonnagacha chang
ko‗tariladi. O‗tgan asrning 80-yillaridan boshlab, bunday bo‗ronlar yiliga 90
kunlab kuzatiladi.
Ayni paytda Amudaryo va Sirdaryo deltalarida yerlarning tabiiy holati
buzilib, cho‗lga aylanish sur‘atlari o‗sib bormoqda.
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi
bo‗yicha xalqaro xususiyatdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
majmuasi yuzaga keldi.
243
«Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar
fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 3,5 million kishi uning
ta‘sirida qoldi».
Markaziy Osiyo hududi xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar keng
doirasining ta‘siri ostida qolib, ularning orasida eng katta xavf tug‗diruvchilari –
zilzilalar, suv toshqinlari, sel oqimlari va yer ko‗chishi hisoblanadi. O‗zbekiston
Respublikasi hududining iqlimi va geologik xususiyatlari hamda xalq xo‗jalik
tarmoqlarining infratuzilmasi favqulodda holatlar yuzaga kelishining yuqori
darajadagi ehtimolliklariga (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishdagi yirik baxtsiz
hodisalar va falokatlar) sabab bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi hududining iqlimi va geologik xususiyatlari
hamda iqtisodiyot sohalarining infratuzilmasi favqulodda holatlar yuzaga
kelishida yuqori ehtimollikka sabab bo‗lmoqda (tabiiy ofatlar, yirik ishlab
chiqarish avariyalari va halokatlar). O‗zbekiston Respublikasining yarmidan
ziyod hududlari seysmik jihatdan faol hududlarda joylashgan, bu yerlarda MSK-
64 xalqaro shkalasi bo‗yicha 7–9 ballik kuchga teng yer silkinishlari sodir
bo‗lishi mumkin. Mazkur xududlarda 16 million aholi yashaydi (respublika
aholisining 64%). Sanoat salohiyatining 87,5% jamlangan. Lekin shu bilan birga
oxirgi 15–20 yillar davomida ma‘lum seysmik osudalik kuzatilmoqda. Bu esa
ortiqcha seysmik energiyaning to‗planishi bilan ifodalanuvchi xavotirli belgi
hisoblanadi. 1996-yil oxiri va 1997-yil boshidan boshlab O‗zbekiston va
respublikamizga qo‗shni bo‗lgan davlatlar (Qozog‗iston, Qirg‗iziston, shimoliy-
g‗arbiy Xitoy, Afg‗oniston, shimoliy Eron, Turkiya) hududlarida seysmik
faollashish davri boshlandi. 1998 yil fevral oyida shimoliy Afg‗oniston
hududining Xindikush tizmalarining zilzila markazida 8–9 ballga teng kuchli yer
silkinishi sodir bo‗ldi. Janubiy Osiyo, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining bir
qator mamlakatlarida yadro qurollari sinovlari qayta boshlanishi mumkinligi
ham tashvishli hol bo‗lib, ular ham Markaziy Osiyoda yer silkinishini keltirib
chiqarishi mumkin.
244
Chorvoq, Andijon (O‗zbekiston), Toktogul (Qirg‗iziston) Qayroqum
(Tojikiston), Kattaqo‗rg‗on, janubiy Surxon suv omborlari to‗g‗onlarining
shikastlanish ehtimoli ayniqsa havotirli vaziyatlarni yuzaga keltirishi va buning
oqibatida respublika hududida suv bosish hududlari paydo bo‗lishi mumkin.
Tojikiston tog‗larida Usoy uyumi natijasida yuzaga kelgan Sarez ko‗li alohida
xavfli hisoblanadi (hajmi – 16,6 km
2
). Agar bu uyum to‗sig‗i yorib o‗tilsa
Bartog, Panj va Amudaryo vodiylarida halokatli toshqinlar yuzaga kelishi
mumkin.
Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Respublikada eng
xavfli yer ko‗chish hududlari hisoblanadi.
Tog‗lar o‗ramidagi Farg‗ona vodiysida ko‗chkilar asosan adirlarni
o‗zlashtirish bilan bog‗liq, Samarqand viloyatining ba‘zi hududlarida ham
ko‗chkilar kuzatildi.
O‗zbekiston Respublikasining tog‗ yon bag‗ri hududlarining deyarli
barchasi sel xavfi bor hududlar hisoblanadi. Farg‗ona vodiysi, Toshkent va
Surxondaryo viloyatlari sel xavfi kuchli hududlar hisoblanadi. Qorlar jadal eriy
boshlaydigan, uzoq vaqt davom etadigan yomg‗irlar davri – aprel-iyun oylarida
sellar yuzaga kelish faollashuvi kuzatiladi.
Shunga qaramay hozirgi vaqtda respublikada atigi 5 ta sel omborlari
faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyoda XXI asrda suv manbalarining cheklanganligi sababli
vaziyatning keskinlashishi mumkin. Suv manbalari bilan ta‘minlanish borasida
O‗zbekiston eng noqulay tabiiy sharoitlarda qolgan. Markaziy Osiyo gidrografik
tarmog‗i suv manbalari obyektlarining notekis taqsimlanishiga ega. Sirdaryo
daryosi o‗zani bo‗yicha ko‗p yillik o‗rtacha daryo oqimi yiliga 37,9 km
3
tashkil
etadi. Shu bilan birga ko‗p yillar davomida o‗rtacha Qirg‗izistonda yiliga 28,0
km
3
(73,8%), O‗zbekistonda – 5,59 km
3
(14,8%) va Qozog‗istonda – 4,08 km
3
(10,8) daryo resurslari shakllanadi. Amudaryo basseyni bo‗yicha o‗rtacha ko‗p
yillik resurslar 78 km
3
dan ortiqni tashkil etadi, ulardan 62,9 km
3
(80% dan
245
ortig‗i) Tojikiston hududida shakllanadi, O‗zbekistonda esa faqatgina 4,7 km
3
(6%) qismi tarkib topadi.
Amudaryo suvlarini burish yo‗li bilan shimoliy Afg‗onistonning daryo
bo‗yi hududlariga suv chiqarish loyihasini amalga oshirish qo‗shni mamlakatlar,
birinchi navbatda O‗zbekiston va Turkmanistonning xo‗jalik manfaatlariga
jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, cheklangan suv resurslaridan foydalanish uchun
tortishuvlarda vaziyatni keskinlashtiradi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‗zbekistonda cho‗lga aylanish
jarayonlari alohida tashvishli holatdir. Bu faqatgina cho‗l hududlarining
kengayib borishidagina emas, balki biologik mahsuldorlik darajasining
o‗zgarishida ham namoyon bo‗lmoqda. Cho‗lga aylanib borish yer
landshaftining biologik mahsuldorligini pasayishiga olib keladi va buning
oqibati sifatida – aholining ekologik noqulayliklariga, o‗simlik va hayvonot
dunyosi turlari tuzilmalarining qisqarishiga sabab bo‗ladi. Mana shu
ko‗rsatkichlar bo‗yicha Markaziy Osiyoda yangi cho‗llar maydoni deyarli 100
ming km ga ortgan, ba‘zi hududlarning mahsuldorligi esa 50% gacha kamaygan.
Cho‗lga aylanib borish ma‘lum darajada ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikka
(chorvachilik mahsuldorligini pasayishiga va kasalliklar kelib chiqishining
o‗sishiga) sabab bo‗ladi.
Cho‗lga aylanib borishning asosiy sababi – suvdan noto‗g‗ri foydalanish va
ma‘lum darajada iqlim o‗zgarishi tufayli hududlar va akvatoriya suv rejimining
o‗zgarishi hisoblanadi. Orol bo‗ylarida, Ustyurt tizimi, Qoraqum va Qizilqum
cho‗llarida, Tyan-Shan va Pomir tog‗ yon bag‗irlarida ayniqsa cho‗lga aylanish
jarayonlari tez kechmoqda.
Ekin maydonlari, yer resurslari doimiy ravishda turli xildagi eroziyalardan
zararlanmoqda, shu jumladan suv erroziyasi – 2790 ming ga (sug‗oriladigan –
339 ming gektar), shamol erroziyasiga – 20478 ming ga (sug‗oriladigan – 2262
ming gektar), bir vaqtning o‗zida ham suv, ham shamol erroziyasidan 2005
ming ga (sug‗oriladigan – 341 ming gektarda) zararlanadi.
246
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg‗ona viloyatlari va Qoraqalpog‗iston
Respublikasida tuproqning deflyatsiyasi keng tarqalgan.
Surxondaryo, Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlari yerlari eng ko‗p
darajada suv eroziyasidan zararlangan, bu hududlarda 50–60% qishloq xo‗jalik
maydonlari eroziyaga duchor bo‗lgan. Shahar va qishloq aholi turar joylarida
20% dan ortiq hududlarni kuchli suv bosgan.
Biologik obyektlardan faol foydalanish o‗simliklar va hayvonlar hayot
kechirish sharoitlarining yomonlashuviga, ularning turlari va umumiy sonining
kamayishiga olib keldi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mavjud tizimi O‗zbekistonning
hayvonot va o‗simliklarning barcha turlarini qamrab olmagan. Ustyurtda,
Qizilqum cho‗llarida, adirli past tog‗liklarda qo‗riqlanadigan tabiat hududlari
mavjud emas.
Shunday qilib, aholi sonining o‗sish sur‘atlarini tartibga solish, ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash hamda nooqilona iste‘mol qilish va ishlab chiqarish
tizimlarini qisqartirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror
rivojlanish bo‗yicha say‘i-harakatlar bir-birini to‗ldirish xususiyatiga ega.
Ekologik tahdidlar – bu atrof-muhit ahvoliga va insonning hayot faoliyatiga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri zarar yetkazish yoki bunga sabab bo‗ladigan tabiiy hamda
texnogen xususiyatdagi hodisalardir.
Ekologik tahdidlar quyidagi darajalar bo‗yicha tasniflanadi: global,
mintaqaviy, milliy, mahalliy (11-rasm).
247
Do'stlaringiz bilan baham: |