Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

Muhabbat.  Hozirgi  olimlar  va  donishmandlarimiz 
bilittifoq shunday fikrga kelganlarki, koinotdagi barcha zarra 
va zurriyotlar muhabbatsiz birga boimaydilar.  Odamzod va 
hayvonlar  a’zolari  o‘rtasida boigan  munosabat  muhabbat 
qoidasiga asoslangan. Agarda er-xotinlik mehr-muhabbatsizlik 
asosida  b o isa ,  albatta,  poydevori  zaif  b o iib ,  hayoti 
lazzatsiz  boiadi.  Zero  bu  tabiat  qonuniga  xilof va  xilqat 
qoidasiga ziddir. «Rum» surasida keltirilganki, bu ham Alloh 
taolo  dalillari jumlasidandir:  «Sizlarga  o‘z jinslaringizdan 
juft yaratdi,  toki siz o‘z juftingiz bilan orom topingiz.  Xo- 
tinlar va  erlaringiz  o‘rtasida  muhabbat  va  mehribonchilik 
ehson  qildi»35.
Shu  narsa  ham  maiumki,  muhabbat  odamning  ixtiyo- 
rida  emas.  Bizning  mamlakatimizda  er-xotin  o‘rtalarida 
muhabbat  paydo  boiishi  uchun  uylanish  qoidalari  kifoya 
qilmaydi.  Men bu masalani ham bayon  qilgan  edim.  Lekin 
hozirgi  vaqtda  uylanish  qoidasi  shunday  ekan,  er-xotin- 
ning bir-birlariga nisbatan do‘stligi ishq-u muhabbat daraja- 
siga yetmasa ham,  shunday iloj topish lozimki,  aqallan bir- 
birlaridan nafrat qilmasinlar. Agarda diqqat bilan o‘qisangiz 
bu  choralar  nimadan  iboratligini  oldingi  sahifalardan 
bilishingiz mumkin edi. Shunga ham qanoatlanmay bu nozik 
masalani  ehtiyotlik  bilan  tushuntiraman.  Aytgan  edimki, 
muhabbat moyillik bo‘lib, husnga ishqibozlik natijasidir. Husn 
ham ko‘rgan odam dilini o‘z sohibi tomoniga moyil qilishi 
lozim. Agarda mana shu muqaddimaga yaxshigina ahamiyat 
bersak,  m aiu m   boiadiki,  kelin  va  kuyov  bir-birlarini 
ko‘rmasdan  nikoh  qilingan  boisalar-da,  o‘rtalarida  mehr 
va  muhabbat  paydo boiishi  ham mumkin,  hech boim asa 
ba’zi  vosita  va  odob  rioyati  bila  nafrat  paydo  boimasligi 
lozim.  Bir-birlariga odobsizlik va hurmatsizlik bilan suhbat 
qurmasliklari kerak.  Kim o‘z eridan hurmat va mehr ko‘r- 
masa,  unga  muhabbat va ko‘ngil  ham  qo‘ymaydi.  Bizning 
mamlakatimizda  bu  shartlarga  ko‘pincha  erkaklar  qarshi 
chiqadilar.  Bechora xotinlarimizga odobsizlik va hurmatsiz- 
lik bilan  murojaat  qilamiz.  Ko‘rganimizda  ahvolini  so‘ra- 
may darrov haqoratlaymiz.  Ozgina bahona bilan urib a’zoi
242


badanini  ko‘kartiramiz.  Yana  ulardan  mehr-u  muhabbat 
ham  kutamiz?!
Shuni  yaxshi  bilish  lozimki,  odam  shukur  qiluvchi  va 
o‘ch oluvchi bir maxluqdir.  Odamning o‘ch olishga bo‘lgan 
mayli  shukur qilishligidan  ko‘proqdir.  Yaxshilikni  eslaymiz. 
Lekin  yaxshilikni  qaytarish  izidan  tushmaymiz.  Biroq 
yomonhk esimizdan chiqmaydi. Doim o‘ch olish uchun chora 
va tadbir qidiramiz. Shuning uchun hurmatsizlik va insofsiz- 
lik  ko‘rgan  xotin  hech  qachon  o‘z  erini  yaxshi  ko‘rmaydi.
Darvoqe,  mamlakatimizda  ayollar  shuncha  zulm  ko‘r- 
salar ham o‘z erlariga itoat qilib  bo‘ysunadilar.  Lekin ular- 
ning bu harakatlari  mehr va  muhabbatda  emas,  balki  cho- 
rasizlik va mazlumlikdandir.  Bu kabi qabih va xunuk ishlar 
faqat  bizning  mamlakatimizda  emas,  balki  aksar  ibtidoiy 
millatlar ham bu baloga oldin chalinganlar.  Shuning uchun 
ham  islom  dini  ko‘proq  erkaklarga  murojaat  qilib,  oilada 
muomala va munosabat xususida ularga ta’lim beradi. Masalan, 
Qur’on («Niso» surasi)da shunday oyat nozildir:  «Ayollarga 
yaxshi muomalada bo‘linglar»36.
Oysha  (r.  a.)dan  rivoyat  bor:  «Nabiy  (s.  a.  v.)  dedilar: 
«Sizlardan  eng yaxshilaringiz  o‘z  ahli  ayoli  bilan  muomala 
qilgan kishidir.  Men o‘z ayollarimga sizlarga boiganimdan 
ham ko‘ra xushmuomaladaman».
Oysha  (r.  a.)  rivoyat  qiladilar:  «Nabiy  alayhissalom 
dedilar:  «Eng komil mo‘minlar xushxulq va oilasi bilan lutf 
ila  munosabat  qiladiganlardir.  0 ‘z  xotinlariga  tanti  kishi 
yaxshilik qiladi va nomardi yomonlik».
Sahoba Ayos bin Abdullohdan hadis: «Nabiy alayhissalom 
dedilar:  «Alloh  bandalari  boismish  ayollami  urmanglar».
Xotin-qizlar  haqiga  yaxshilik  qilish  uchun  tashviq  va 
targibotiga mana shu hadisi sharif kifoya qiladi.
Ibn  Umar  (r.  a.)  rivoyat  qiladilar:  «Hazrati  Usmon37 
nikohida  boigan  Payg‘ambaming  bir  qizi  Badr  urushi38 
vaqtida  kasal  edi.  Shu  sabab bilan hazrati  Usmon g‘azotga 
bormadilar.  Hazrati  Payg‘ambar  buni  eshitib  dedilar:  «Ey 
Usmon,  senga  ham  Badr urushiga  ishtirok  etganlar  qatori 
g‘animat va oija beriladi».
Ko‘rinib  turibdiki,  as’hoblaming  sardorlaridan  boigan 
Usmon  xotinining  xastaligidan  musulmonlaming  birinchi
243


g‘azotidan  qoldi,  lekin  g‘azotning  savobi  va  g‘animatidan 
bir g‘oziy sifatida bahramand boidi. Xotinlar haqiga yaxshilik 
qilishning  darajasi  bundan  ham  yuqori  boiadimi?

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish