Ilmiy maqola va tadqiqotlar


tarbiyalash  insoniyatning  xiz-



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

tarbiyalash  insoniyatning  xiz- 
matidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlami 
tarbiyalasak,  shundagina  bo‘ynimizdagi  bu  xizmat  majbu- 
riyati  soqit  boiadi.  Kimki  badaxloq  bolalami  tarbiya  etsa, 
insoniyatga  xizmat  emas,  balki  dushmanlik  qilgan  boiadi. 
Jamiyat ulaming farzandlaridan bezor boiadi. Xush va yaxshi 
axloqqa ega boigan farzand xushaxloq iymon sohibi boigan 
ota-onadan boiadi, agarda ota-ona axloqsiz boisalar, ular- 
ning tarbiyalari soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq boiadi. 
Binobarin,  kuyov va kelin  xushaxloq boiishlari eng yaxshi 
fazilatdir.
Endi yaxshi axloqqa ega boigan yoki bo‘lmaganlikni kim 
tekshiradi?  Mahalla xodimlari bu ishning uddasidan chiqa- 
dilarmi?  Hech  qachon.  Bu  ishni qiz va kuyov zimmalariga 
tashlashdan boshqa iloj yo‘q. Mol va nasabni tashqaridan tad- 
qiq qilsa boiadi.  Lekin jamol va axloqni bilish uchun qiz va 
yigitning muloqotlari lozim boiadi.  Sogiom  aql egalari na- 
zarida shu ishlaming zarurligi har narsadan ham muhimdir.
231


Shu joyda yana bir savol tug‘iladi. Bu taklifni islom shariati 
qabul  qiladimi-yo‘qmi?
Al-Mag‘irat  binni  Sha’ba19  «Mishkot  al-maloih»da  ri- 
voyat  qiladi:  «Men  bir  ayolga  sovchilarimni  yubordim. 
Hazrat  Payg‘ambar  eshitib  so‘radilar:  «Sen  uni  ko‘rding- 
mi?»  Men:  «Yo‘q»,  —  deb  javob  berdim.  Hazrat  buyur- 
dilar:  «Uni  ko‘rgin,  orangizda  bu  muhabbatga  sabab 
bo‘lajak».
Sahl  binni  Sa’d20  (r.a)  naql  qiladilar:  «Bir  ayol  Pay- 
g‘ambar oldiga kelib  dedi:  «Yo  Rasululloh,  nafsimni  senga 
baxshida  etish  uchun  keldim».  Payg‘ambar  shu  xotinni 
(awal)  ko‘rdilar».  Shunday  qilib,  ikkala  hadisi  sharif  ni- 
kohdan oldin kelin va kuyovning muloqoti joizligiga ochiq- 
dan ochiq dalolat qiladi. Imom G ‘azzoliy21  esa shu muloqotni 
mustahab  (ma’qul)  deydilar.
Uylanishni  orzu  qilgan  er  va  xotin  o‘zaro  ahvollarini 
tekshirgandan so‘ng,  nasab va boyliklari muvofiq kelganda, 
ichki  va  tashqi  jam ollarini  yoqtirib,  uylanishga  rozi 
boigandan  keyin  ulami  nikoh  qihsh  kerak.  Ulardan  biri 
rozi boimasa,  nikohdan voz  kechish  lozim,  chunki  rizosiz 
nikoh yaxshilikka olib  kelmaydi.
Abu Hurayra (r. a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar (s. a. v.) 
dedilar:  «Beva to amr qilmasa va qiz rozilik bermasa,  nikoh 
qilmanglar».  As’hob  so‘radilar:  «Qiz  hayodan  rozilik  bera 
olmaydi,  qizning  roziligi  qandaydir?»  Hazrat  buyurdilarki: 
«Qizning  sukut  saqlashi  uning  roziligidir».
Sahoba  Xansadan  (r.  a.)  rivoyat  qiladilarki,  Xansa  tul 
qolganida otasi uni bir kishiga nikoh qilmoqchi boidi, Xansa 
uni  xohlamadi  va  Payg‘ambar  huzuriga  keldi.  Payg‘ambar 
ham  otasining  nikohini  bekor  qildilar.
Said  bin  al-Musayib22  (r.  a.)  rivoyat  qiladilar:  «Pay- 
g‘ambar (s.  a. v.)  dedilar:  «Qizlaming otasi bor yoki yo‘qli- 
gidan qat’i nazar, nikoh payti o‘zlaridan roziliklarini olmoq 
zarurdir».  Shu  hadislardan  yuqorida  bayon  etilgan 
muloqotning sharthgi m aium  boiadi. Ayolning rozilik berishi 
kuyovni ko‘rib yoqtirishiga bogiiq. Ammo ko‘rmasdan sevib 
qolish  qandayligini  men  bilmadim.
Endi  yana  bir  masala  qoldi.  Qaytarsak  ham  aytamizki, 
uylanishning buyuk maqsadi va foydasi farzanddir.  Shuning
232


uchun  ham  har  bir  erkak  tug‘ishga  qodir  boigan  xotinga 
uylanishi lozim.  Tug‘mas xotinga uylangan er sho‘r bosgan 
yerga  ekin  ekmoqchi  boigan  dehqonga  o ‘xshaydi.  Shu 
sababdan  ham  Payg‘ambarimiz  o‘z  ummatlarini  tugishga 
qodir bo‘lmagan  ayollarga  uylanishni  man  qilganlar.
Sahoba  Muaqqal  binni  Isor  (r.  a.)  Abu  Dovud23dan 
rivoyat  qiladi:  «Bir  kishi  Payg‘ambar  huzuriga  kelib  arz 
qildiki: «Men bir boy va nasabi toza ayolni uchratdim, lekin 
tug‘maydi. Unga uylansam boiadimi?» Payg‘ambar: «Yo‘q»,
-   dedUar.  Yana  kelib  so‘ragan  edi,  hazrat  man  qUdilar. 
Uchinchi  marta  kelganda  Rasuli  akram:  «Oxiratda  men 
sizlaming  ko‘pligingiz bilan iftixor qUurman»,  — deb javob 
berdUar».  Shunday qUib, Rasuli hakim buyruqlariga binoan, 
har  bir  erkak  va  ayol  birga  boiishni  istagan  boisalar,  bu 
jihatga  ham  ahamiyat  bermoqlari  lozim.  Biz  Turkiston 
musulmonlari  Payg‘ambarimiz  ta’kidlagan  boisalar  ham 
shu  masalani  kalta  o‘ylaymiz,  bu  buyruqni  bajarmasak, 
natijasini  bu  dunyo  va  oxiratda  ko‘ramiz.  Masalan,  mam- 
lakatimizda bir erkak va ayol turmush quradilar. Jaholatimiz 
sabab  ko‘p  pul  sarf qUamiz,  nikoh  ham  bo‘Ub  o‘tadi.  Bir 
oy,  ikki  oy  intizor  boigandan  keyin  m aium   boiadiki, 
kuyovning  beli  bogiangan  va  iqtidori  yo‘q.  Zudlik  bilan 
mahallaning  xodima  xotinlari jam boiib,  kuyovning belini 
dushmanlar  bogiab  qo‘yganlar,  deb  fatvo  beradUar.  Shu 
zamonda kuyovbola janoblari ham bosh yalang, oyoq yalang 
afsungar va folbinlarga qarab yuguradUar, bir qism davlatini 
ulaming  firib va makrlari  yoiida sarflab,  o‘zlarini  rasvo va 
sharmanda qiladilar.  Bu hayosizliklarni bayon qilishga qa- 
lam  ham  uyaladi.  Albatta,  bu  ahmoqgarchiliklaming  bi- 
rontasi  foyda  bermaydi.  Majbur  qUib  xotinga  taloq  xatini 
beradUar va fojia o‘z yechimini topadi. Yoki aksincha, kuyov 
yana uylanadi,  nikoh to‘y va boshqa rasm-u  rusumlar ham 
yaxshi o‘tadi.  Kuyov kuchsizligidan  hech  nishon ham ko‘- 
rinmaydi.  Bir yU,  ikki yU o‘tadi,  farzand yo‘q.  M aium  bo‘- 
ladiki,  er va xotindan biri kasaldir.  Lekin  qaysi biri  dardga 
mubtalo  boigan?  Hech  kim  bilmaydi.  Ular  bilar-bilmas 
yana ikki yU umrlarini duoxonlar orqasida yurib sarf qUadUar, 
bu gal ham natija chiqmagach, nochor qolgan er yana boshqa 
xotinga uylanadi. Agarda bu ayoldan ham farzand bo‘lmasa,
233


illat  er janoblarida boigani  aniq boiadi.  Lekin bu haqiqat 
ikki  xotinning  hayotlari  behuda  zoye  boiganidan  so‘ng 
m aium  boiadi, ya’ni tugishga qodir boigan ikki ayol bitta 
er  qo‘lida  qurbon  boiadilar.
Bu dardga iloj bormi?  Shuni bihsh kerakki, jinsiy ojizlik 
va aqim boim oq (aqim, ya’ni nasl berishga mone’lik degani, 
bu dardga mubtalo boigan ayol yoki erkakni aqim deydilar) 
insonga xos boigan  dardlardan hisoblanadi.  Fol  ochish va 
duoxonlik  bu  dardni  davolamaydi.  Jinsiy  ojizlik  va  aqim 
kasalligi  turlicha  boiadi.  Ba’zilarining  iloji  boim asa  ham 
aksarini  davolasa  boiadi.  Hozirgi  vaqtda  o‘tkir  do‘xtirlar 
ularni  zudlik  bilan  tabobat  qiladilar.  Shunday  ekan, 
uylanmoqchi boigan har bir yigit va qiz oldindan o‘zlarini 
biron-bir bilimdon  do‘xtirga  ko‘rsatishlari  lozim.  Mabodo 
birontalari  shu  dardlaming  biriga  mubtalo  boisalar,  unda 
ilojini  oldindan  qilishlari  joizdir.  Shundan  so‘ng  nikoh 
qilsalarboiadi. Agarda dardlariga iloj boimasa, uylanishdan 
voz  kechish  lozim  boiadi.
Er va xotin  uylanish  uchun bayon  etilgan bu  shartlami 
bajarish mamlakatimizda mushkul va xalqimiz nazarida juda 
ajib va g‘aroyib ko‘rinadi. Lekin nachora, boshqa iloj yo‘qdir. 
Oilasining  saodati va  rohatini o‘ylagan  odam bu shartlarga 
rioya etishi shartdir.  Agarda tijorat bilan shug‘ullanayotgan 
sheriklar o‘rtasida nizo va nafrat paydo bo‘lsa, albatta ishlariga 
zarar  va  ziyon  tegadi.  Biz  aytdikki,  er-xotin  hayot  yoiida 
bir-birlariga  umr  yoidosh  boiadilar.  Umr  yoidoshlari 
o‘rtasida janjal va nafrat paydo bo‘lsa, faqat baxtsizlik va falokat 
keltiradi.  Buning  ustiga,  bayon  qilgan  shartlarimiz  hazrati 
Payg‘ambarning  sahih  farmoyishlariga  muvofiq  keladi. 
Yuqorida bayon etilgan shartlami bajarib, keyin mahmi aniq- 
lab  to‘y  qilamiz.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish