Ilmiy maqola va tadqiqotlar


ER-XOTINNING  QANDAY  YASHAMOQLIKLARI



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

ER-XOTINNING  QANDAY  YASHAMOQLIKLARI 
XUSUSIDA
Mamlakatimizdagi  xotinlar  har  daqiqada  qanchadan 
qancha tahqir va jafolarga duchor boiib yashamoqdalar.  Biz 
turkistonliklar o‘z xotinlarimizni odamiyat doirasidan tash- 
qarida  deb  o‘ylaymiz  va  u  bechoralarga  odamga  qilgandek 
muomala  qilmaymiz.  Ko‘p  holatda  hayvonlaming  holiga 
yuragimiz  achishadi.  Ammo  ayollaming  parishon  hollariga 
muruwatimiz yetmaydi. Xotinlarimizni marhamatga sazovor, 
insofga loyiq va shafqatga haqli deb bilmaymiz. Bizda xotin- 
lami so‘kish faxr va g‘urur sanaladi,  urib mayib qilishni esa 
erkakchilikning  fazilati  deb  bilamiz.  Alloh  ayolni  faqat 
shahvoniy orzularimiz va hayvoniy ehtiroslarimizni qondirish 
uchun yaratgan deb o‘ylaymiz.  Go‘yo, Alloh ularga huquq, 
e’tibor va fikrlash fazilatini bermagandek. Ko‘cha va bozorlarda 
bizga  yetgan  alam va zararni  uyga  qaytib  xotindan  olamiz. 
Ichimizdagi  bu odat  eski  va keng  tarqalgan boigani  uchun 
uning  qabih  va  yomonligi  ko‘zimizga  ko‘rinmaydi.  Hatto, 
bechora  xotinlarimiz  baxt  va  saodatlaridan  batamom  nou- 
mid boiib,  shunday xulosaga  kelganlarki,  Alloh odamzot- 
ning hamma fazilatlarini erkaklarga berib, ayollami ulaming 
jabr-u zulmlariga asir va giriftor qilgan,  toki Xudo dargohi- 
ning bu shakkoklari har kuni ayollari orqali hayvoniy shah- 
vatlariga  orom  berib,  qolgan  vaqt  bu  bechoralami  so‘kib, 
tahqirlab xizmat buyursinlar. Ana shu zaif e’tiqod xotinlarimiz 
tabiatlaridan  joy  olgan.  Ular  haqiqatda  ham  bashariyat 
fazilatlarining  aksaridan  mahrum  boiganlar.  Saodat  mayli 
va  taraqqiy  orzusi  ularning  qalbidan  tamoman  chiqqan. 
Shijoat va jasorat batamom yo‘q bo‘lib, tabiatlaridan tanballik 
va zaiflik joy olgan. Izzat talabi, sharafi va huquqlarini himoya 
etishlari zarurhgini tushuntirib berganda ham fahmlamaydilar. 
Ya’ni  hurmatsizlik  va  izzatsizlikni  o‘zlarining  xislatlaridan 
deb biladilar.  Iffat va imonliligini erlarining oyogi va kalta- 
gidan himoya qilmaydilar. Ya’ni axloqiy tafakkur va vijdoniy 
hukm  eslaridan  chiqqan.  Muhokama  tafakkumi  batamom 
tark  qilib,  bir mashinaga  o‘xshab  erlarining  ishoratiga tobe 
boiib  qolganlar.  Xulosa  qilib  aytganda,  baxtsizligimiz  va 
qoloqligimizning  eng  muhim  sabablari  ham  shundadir.
240


Ma’lumki,  odam  birinchi  tarbiyani  onasining  bag£rida 
oladi.  Shu narsa muqarrarki, birinchi tarbiya (oila tarbiyasi) 
tarbiyaning  eng  muhimi  hisoblanadi.  Uning  ta’siri  odam 
tabiatiga mustahkam o‘mashadi. Shaxs ruhiyati, axloq javhari 
va  odatlari  bolaligidanoq  shakllanadi.  Endi  o‘zingiz  bir 
o‘ylang,  biz  boshlang‘ich  tarbiyani  shu  onalarimizdan  olar 
ekanmiz, nega biz ham bu ahvolga tushmas ekanmiz? Bugun 
qo‘rqoqlik va beparvolik tabiatimizni o‘rab, sustlik va tanballik 
qonimizga singib, aqlimiz ko‘zini qora parda yopib tashlagan. 
Ko‘rib va tushunib turib bu tubanlikka bo‘yin egar ekanmiz
huquqimizni muhofaza qila olmaymiz va saodat tarafiga qadam 
bosolmaymiz. Bugun aqlning harakatimiz va amalimizga hech 
qanday  ta’siri  qolmagan.  Hozir  vijdon  va  axloq  haqidagi 
fikrlar  batamom  esimizdan  chiqib  ketgan,  mazlumlikning 
eng  past  jariga  tushib,  zolimlikning  eng  oliy  darajasiga 
chiqqanmiz.  Kim  bizdan  zaifroq boisa,  unga  o‘ylamasdan 
ozor beramiz.  Bizdan  kuchli boigan  kishining  esa,  otining 
tuyogi  naqshiga  sajda  qilamiz.  Shak-shubhasiz,  bular 
shunday  onalar tarbiyalarining  natijasidir.  Yana  takror va 
takror aytaman: agar rohat orzusi va hayot kechirish fikrida 
boisak,  agar «madaniy va baxtli millatlar bizni ham odam 
qatorida bilsin»,  — deya xohlasak va bizlar bilan umumba- 
shariy  qoidalar  asosida  muomala  qilishlarini  istasak,  agar 
musulmonlarni  xorlikdan  va  islomni  e’tiborsizlikdan  qut- 
qarmoqchi boisak, bitta yo ii  — barcha ishlarimizni Qur’- 
on hukmlari asosida to‘g‘rilashimiz lozim. Xudo ko‘rsatma- 
sin-u,  shunday oson va yengil  yoidan  ham bo‘yin  tortsak 
holimiz na boiur?!
Eng awalo,  isloh va adolat bilan tartibga solinishi lozim 
boigan  qoida  bu  er-xotinning  muomalalari  sanaladi.  Bu 
munosabatlami  qanday  isloh qilsa boiadi? Aytganimizdek, 
Qur’on  hukmlari  asosida.
Qur’oni karim er-u xotin munosabatini bir asosiy qoida 
sifatida bayon qiladi. «Eming xotiniga nisbatan qanday huquqi 
boisa, xotinning ham eriga nisbatan shunday haqqi bor», -  
deyilgan «Baqara» surasida34.  Shu oyati karimadan  m aium  
boiadiki,  Xudovandi  karim  ayollami  erlariga  qul  qilmay, 
balki erkaklarga qancha huquq bergan boisa, shuni ayollarga 
ham ato qilgan.  Shunday qilib, biz ham shu oyati karimani
16  —  A b d u ra u f  F itrat
241


asos  qilib,  oila  qurish  davomida  er-xotinga  lozim boigan 
ishlarni  bir-bir  zikr  qilamiz.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish