Ilmiy maqola va tadqiqotlar


BO‘LAJAK  ER-XOTIN  BIRINCHI  NAVBATDA



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

229


BO‘LAJAK  ER-XOTIN  BIRINCHI  NAVBATDA 
NIMALARGA  AHAMIYAT  BERSIN?
Uylanish uchun to ‘rt narsaga e’tibor berish lozim:  mol, 
nasab,  husn  va  imon-u  e’tiqod.  Uylanish  orzusida  bo‘lgan 
er  bilan  xotinning  mol  (boylik)lari  va  nasablari  taqriban 
bir xil  bo‘lishi  lozim.  Aks  holda  er bilan xotin bir-birlariga 
teng bolmay, biri boy va kalonzoda bo‘lsa, ikkinchi tomonni 
faqirlik  va  zoti  pastlikda  ayblab,  hayotini  mudom  azobga 
qo‘yadi.  Xususan,  islomiy tarbiya doirasidan chetda qolgan 
mamlakatimiz  xalqi  boylik  va  kalonzodalik  bilan  ortiqcha 
faxrlanadilar.  Bunday  izdivojning  natijasi,  albatta,  yaxshi 
bo‘lmaydi.  Jamol  (husn)  bu  ko‘rinish  demakdir,  ya’ni 
qarayotgan  kishi  nazariga  chiroyli  ko‘rinib,  uning  qalbini 
o‘ziga  moyil  qilish  demakdir.  Qalbda  paydo  bo‘lgan  bu 
moyillikni  muhabbat  deyish  mumkin.  Hayotda  do‘st,  baxt 
va baxtsizlikda sherik, g‘am-qayg‘u vaqtida hamdam, xushnud 
damlarda  bir-birlariga  yor  bo‘lishni  istagan  erkak  va  ayol 
shaxsiy va ijtimoiy vazifalarini birgalikda bajarishlari kerak. 
Ulaming  o‘rtalarida  ana  shu  qalbiy  moyillik  va  muhabbat 
boimasa uylanish o‘z-o‘zidan zararga aylanadi.
Shu  narsa  m a’lum  bo id ik i,  qalbiy  moyillik  jamol 
mushohadasining  (ya’ni  kelin-kuyovning  bir-birlarini 
ko‘rgandan  so‘ng  paydo  boigan  moyillikning)  natijasidir. 
Bas, to‘ydan oldin kelin-kuyov bir-birlarini ko‘rishlari zarur. 
Agarda bani Odam tabiati har xil boimaganda yoki husn va 
jamol  muayyan  mezonga  ega  boiganda  edi,  er-xotinning 
husn-jamollarini  bilmoq  va  baho  bermoq  sovchilar  orqali 
boiardi.  Lekin odam tabiati har xil, husn va jamolning ham 
m aium  chegarasi boimaydi.  Masalan, sizning nazaringizda 
xunuk  ko‘ringan  surat  menga  yoqishi,  dilimni  zabt  etishi 
mumkin.  Aksincha,  menga  hech  qachon  manzur boimay- 
digan  surat  sizni bir qarashda lol va hayron  etishi  mumkin. 
Shu  mushkulotni  hal  qilish  uchun  kuyov  va  kelin  fotiha- 
dan  oldin  bir-birlarini  ko‘rib  yoqtirishlari  lozim.
Mazkur  boigan  to‘rtinchi  sifat  shulkim,  har  bir  erkak 
va ayol dindor boiishi lozim. Yuqorida zikr etilgan go‘zal- 
lik  (jamol)  haqidagi  so‘zlarimiz  zohiriy  (tashqi) jamoldir. 
Agarda  u  botiniy  (ichki)  jamol  bilan,  ya’ni  yaxshi  xulq
230


bilan bogiiq boimasa,  bir tiyinga  qimmat.  Kimki  o‘z ixti- 
yori  tizginini  hayvoniy  shahvat  qoiiga  bermagan  ekan, 
doimo  ichki  jamolini  tashqi  go‘zalligi  bilan,  ya’ni  husni 
axloqini  qora  ko‘zlar va  kamon  qoshlari  bilan  ziynatlaydi. 
Dindorlik bu Xudoni tanish,  bilish va  Haqdan qo‘rqishdir. 
Shunday  qilib,  husni  axloqning  asosi  va  mezoni  Xudodan 
qo‘rqish va Haqni bilishda, ya’ni dindorlikdadir.  Dindorlik, 
ya’ni  xushaxloq  boim oq  har  bobda,  xususan,  uylanish 
bobida nihoyatda zarurdir.  Chunki yuqorida bayon qilgani- 
mizdek, uylanish bu hayotda sheriklikning ahd-u paymonidir. 
Er-xotin birga boiib turib, hayot yoiida birgalikda boim oq 
va  bir-birlariga  yordam  bermoq  uchun  ahd  qiladilar.  Bir- 
birlarining haqqiga zulm-jafo va xiyonatni ravo ko‘rmaydilar. 
Tabiiyki, er-xotin agarda dindor, diyonatli va axloqi hamidaga 
ega bo‘lsalar, shu ahd-u paymonlariga bir umr sobit qoladilar. 
Shu  narsa  aniqki,  va’daga  xilof  qo‘yilgan  har  bir  qadam 
shu ahd-u paymonning buzilishiga olib kelib, badbaxtlik va 
tinchsizlikni  oilalar  boshiga  keltiradi.  Buning  ustiga,  men 
bu  haqda  hali  yozaman,  farzand  tarbiyasi,  ya’ni  farzandni 
aqlan, axloqan va jisman kamolga yetishtirish ota-ona bo‘yniga 
tushadi.  Awalroq  arz  qilgan  edikki,  uylanishning  birinchi 
maqsadi  farzanddir.  Avlodni 

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish