Endi asl maqsadimga qaytaman. Shunday qilib, islom
dini er-xotinga har xil bahona bilan ajramasliklari uchun
shunday choralami ko‘rsatadi. Shu chora-tadbirlar foyda
bermagandagina taloqqa ruxsat beradi. Biroq, bu amr taloqqa
e’ribor nazari bilan qarab, ajrashgan er-xotin ko‘ngillariga
taskin beradi. «Agarda er-xotin tinchlik va rozilik bilan aj-
rashsalar, Alloh keng marhamati va karami bilan ularni
bir-biridan behojat qiladi»47. Ammo zaruratsiz, balki nafs
havosining taqozosi bilan taloq berilsa, albatta, gunoh va
haromdir, albatta, gunohkor jazosini oladi.
Ibn Umar (r. a.)dan rivoyat: «Nabiy (s.a.v.) deganlar-
ki: «Alloh oldida eng yomon halol bu taloqdir».
Sahoba Muharrib (r.a.)dan hadis: «Nabiy (s.a.v.) de-
dilar: «Alloh o‘z oldida taloqdan ham yomon boigan nar-
sani halol qilmagan».
Sahoba Suhbon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy (s.a.v.)
aytganlarki: «Qaysi xotin bezarurat
va ehtiyojsiz eridan taloq
talab qilsa, jannat va Alloh rahmati unga tegmaydi».
Ibn Hurayra (r.a.) hadis keltiradi: «Nabiy alayhissalom
dedilar: «Hech bir mo‘min o‘z xotinidan nafrat qilishi to‘g‘ri
emas, zero xotinining ba’zi odat va atvori uning nazarida
yomon ko‘rinsa ham, ba’zi odatlaridan rozi boiadi. Bas,
uning yomonliklarini yaxshiliklariga baxshida etsin».
Er-xotin munosabatlarini batafsil yozsam, so‘z cho‘zi-
lib ketadi. Bu yerda faqat lozim boigan narsalamigina yozdim.
Bundan ortiqchasini bu risola ko‘tarmaydi. Shu kitob
haqida
o‘ylab yurganimda, yozish uchun maxsus reja tuzgan edim.
Uylanishdan oldingi masalalardan boshlab lozim narsalami
tartib bilan yozmoqchi edim. Kitobning boshidan shu tartib
bilan tahrir qilib keldim. Kitob boblarining nomi
ham shunga
munosib. Lekin taloq masalasi rejamga to‘g‘ri kelmadi,
tanlagan ixtiyorimga xalal berdi. Aslida o‘ylamasdan aytilgan
so‘z faqat hayotning nizomini emas, balki mening ish
tartibim va kitobim rejasini buzgani ham ajablanarli hol emas.
Chunki taloq natijasi vayronalikdir. Hech bir oilaga bu amri
mash’um tushmasligini Xudodan tilaymiz. Har bir er-u
xotinga Alloh kerakli darajada aql-u insof ato etsin, toki
ular umrlarini yaxshilik, muhabbat va murosa bilan rohatda
17 - A b d u ra u f F itrat
257
o‘tkazsinlar. Men kitobim asosiga shu umidli orzularni
qo‘yganim va taloqni boim ag‘ur narsa deb, suhbatimni
murosa-yu madoradan boshlaganman.
Oldin arz qilgan bayonotimdan m aium boidiki, er-
xotin munosabatlarining bir odobi murosa ekan. Bu ikkala
hayot yoidoshlari va hamrohlari muhabbat va murosa bilan
yashab, xotin hom ilador boiganigacha ro ‘zg‘orlarini
yaxshilik va shodonlik bilan kechiradilar. Xotin homilador
boigandan keyin er-xotinning mushkulotlari yana ogirroq
boiadi. Chunki homiladan oldin er-xotin bir-birlarining
oldidagi vazifalari tirikchiliklarining ta’mini va qalblarining
taskinidan iborat edi, xolos. Ammo shu daqiqadan boshlab
ular ota va ona boiadilar. Ulaming zimmalariga bola hayotini
ta’min etish burchi tushadi. Ulaming birlik va ittifoqlarining
daraxti hosil berdi. Endi ular hayotning natija va mushku-
lotlarini birga ko‘radilar. Shu borada ular qancha shukur qil-
salar ham kamdir. Lekin quruq shukur qilishning ilm va
hikmat oldida e’tibori boimaydi. Olamga kelgan go‘dak ha-
yot sharbatidan endi bahramand b o ia turib, yoidan qayt-
masligini ota-onalar ta’min qilishlari lozim. Biz ham endi
ota-onaning vazifalari haqida bahs qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: