Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

HOMILADORLIK  DAVRI
Shu risolaning boshida arz qilgan edimki, taraqqiy qilgan 
madaniy  millatlar doimo  e’tibor va  shuhratlarining  rivojini 
o‘ylab,  bu  uchun  aholi  sonining  ko‘payishini  asosiy  sabab 
deb biladilar. Qaysi qavmning soni yildan yilga kamayaversa, 
bora-bora dunyoda nom-nishoni qolmasligiga shubha yo‘qdir. 
Shunday ekan,  qaysi  qavm  yo‘q boiishni xohlamasa,  aholi 
sonining  ko‘payishi  uchun  harakat  qilishi  va  bu  muddao 
hosil  boiishi  uchun  awal  ona  qomidagi  bolani  saqlashga, 
go‘daklami esa turli kasalliklarga chalinishiga y oi qo‘ymasligi 
lozim. Zotan, islom dini nazarida nikohning birinchi maqsadi 
ham odam naslining ko‘payishidadir. Binobarin, musulmon- 
lar  hamma  kuch-quvvatlarini  avlodlarining  himoyasiga 
qaratishlari  kerak.  Chunki  hech bir ota-ona farzandini bila 
turib nobud boiishini xohlamaydi.  Ona qornida bola paydo 
boigandan  so‘ng  uning  hayot-mamoti  ota-onaga  bogiiq.
258


Shuning  uchun  ham  ular  bolaning  nobud  bo‘lishiga  olib 
keladigan ishlami  qilmasliklari shart.  Masalan,  homilador- 
likning ikkinchi oyidan to‘rtinchi oyigacha ko‘p onalar bola 
tushiradilar.  Buning  sabablari qo‘rquv,  kamquwatlik,  og‘ir 
ishlami  bajarish,  birga  boiish  va  ko‘p  qayg‘urish  boiadi. 
Shu ogiroyoqlik vaqtida ayollami xonada yolgiz qoldirish, 
o gir  ishlami  buyurish,  umuman,  to‘g‘ri  emas.  Homilador 
boigan  xotinlami  yolgiz  qoldiradigan  yoki  o gir  ishlami 
buyurib,  ularga yordam bermaydigan  erkaklar o‘z  farzand- 
larining joniga qasd qilgan boiadilar.  Homiladorlikning ik- 
kinchi  oyidan  boshlab  er  xotiniga  yaqinlashmasligi  lozim. 
Bu  masalada  hayvonlar  bizlardan  yaxshiroq.  Ularning 
ehtiyotliklari bizlardan  ko‘proq.  Ular homiladorlik vaqtida 
o‘z juftlariga  yaqinlashmaydilar.  Lekin  biz  odamlar  shah- 
vatparastlik  darajasida  hayvonlardan  o‘tib  ketamiz.  Sabr- 
sizligimiz  shu darajaga yetganki,  homiladorlik vaqtida ham 
xotinlarimizga tinchlik yo‘q. Yarim soatlik bema’ni lazzatimiz 
uchun  aziz  farzandimizni  ham  ayamaymiz.  Ikki  oylikdan 
to‘rt oygacha jimo vaqtida bola tushirish xavfi ko‘p boiadi, 
to‘rt oydan keyin bu xatar kamroq boisa ham yo‘qolmaydi. 
To‘rtinchi oydan bola ancha katta boiadi. Visol vaqtida bola 
mayib  boiishi  mumkin.  Bas,  ikkinchi  oyligidan  xotinga 
yaqinlashmaslikni  maslahat  beramiz.  Agarda  erkaklar 
shahvatlari tufayli bu qoidaga rioya qilmasdan o‘z farzand- 
larini  nobud  qilmoqchi boisalar ham,  xotinlari bunga y o i 
bermasliklari  lozim.
Homilador ayollar shu vaqtda juda nozik boiadilar.  Har 
xil bahonalar bilan xafalanib g‘amgin boiadilar.  Bu qayg‘u- 
rish  haddidan  ziyod  boisa,  bola  tushirishga  sabab  boiadi. 
Shuning  uchun  ham homiladorlik vaqtida  erkaklar o‘z xo- 
tinlarini  ayab-ardoqlab,  ra’ylariga  qarashlari  lozim,  hech 
bir  bahona  bilan  ularni  xafa  qilishlari  mumkin  emas. 
Kamquwatlik ham bola yo‘qotishga  sabab  boiadi.  Buning 
oldini  olish  uchun  ona  ko‘proq bahavo joylarda boiib,  tez 
hazm  boiadigan  kuchli,  masalan,  sut,  parranda  go‘shti, 
tuxum  iste’mol  qilishlari  zarur.  Palov,  quruq  non  kabi 
badhazm  ovqatlardan  parhez  qilishlari  lozim.  Kasal  b o i- 
gan  holda  o‘tkir  do‘xtirlarga  murojaat  qilib,  o‘zlarini  davo
259


qilishlari zarur.  Bola tug‘ilish vaqti ota-ona uchun ajoyib va 
mas’uliyatli  vaqtdir.  Shu  holat  ularga  otalik va  onalik  laz- 
zatini beradi.  Ota-ona hayotlarining mevasidan bahramand 
boiish  ishtiyoqida  intizor  turadilar.  Ana  shu  vaqtda  yosh 
ota-onalarga biroz maslahat berishni o‘zimning burchim deb 
bilaman.
Arz qilamanki, bola tugilishi vaqti ota-ona umidvorlik- 
larining  oxirgi  daqiqalari  b oiib,  ulardan  hushyorlik  va 
ehtiyotlik talab qilinadi. Toki intizorlikning oxirgi daqiqalari 
qayg‘uning  birinchi  domiga  aylanmasin.  Albatta,  har  bir 
ota-ona bu qora kunlardan qo‘rqadi va bu xususda ba’zi chora- 
tadbirlami  ham  ko‘radi.  Biroq bu  ehtiyotliklar va tadbirlar 
ilm-u hikmatdan uzoq boiganida foyda bermaydi.  Shuning 
uchun  ham  olamga  kelgan  aksar  go‘daklar  tez  nobud 
boiadilar. Mamlakatimizda ota-onalar bolalarining sogiigini 
himoya  qilish  uchun  auyidagi  ishlami  qiladilar:
Birinchidan,  bola  tugilish  oldidan  xotinlarni  biron 

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish