Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

AQLIY  TARBIYA
Aqliy  tarbiya,  ya’ni  odam  aqlini  tarbiyalash  bu  odam 
zehni,  aql-idrokini  kamolga  yetkazishdir.  Odam  aqlining 
kamoli  nimada?  Yaxshi bilmoq,  yaxshi  o‘rganmoq va mu- 
kammal  fikr  qilmoqdir.  Odam  ish  qilishdan  oldin  uni  xa- 
yoliga  keltiradi,  o‘ylaydi,  fikr  etib  keyin  amal  qiladi.  Ana
283


shu tafakkumi, zehn harakatini «muhokama» deydilar. Odam 
aqlining  kuchi  va  zakovati  bilan  to  muhokama  etib  qaror 
qilmasa,  bir ishni boshlab yoki biror ishni to‘xtata olmaydi.
Bu  masalani  bir-ikki  misol  bilan  tushuntirb  beraman. 
Mana hozirgacha men joyimda o‘tirib yozish bilan mashg‘ul 
edim.  Lekin  birdan  turib  dasturxon  ustiga  keldim.  Nima 
uchun? Mening ichimda bir mayl paydo bo‘ldi. Bu holatning 
«ochlik» ekanligi menga oldindan tanish edi. Miyamda «men 
ochman»  degan fikr keldi.  «Har bir och odam ovqatlanishi 
lozim»,  — degan qarordan so‘ng «men biron narsa yeyishim 
darkor»,  — degan  xulosaga kelaman.
Ikkinchi  misol.  Falon  do‘stimning  uyiga  borib  suhbat 
qilmoqchi  bo‘ldim.  Borsam  eshigi  ochiq.  Kirib  do‘stimni 
uxlagan holatda ko‘rdim.  Uni chaqirsam turmadi.  Yaqinla- 
shib  qarasam,  rangi  ro‘yi  oqargan,  nafas  olmayapti,  qon 
tomiri  harakatsiz.  Oldindan  menga  bu  holatning  o ‘lim 
holatligi ma’lum edi.  Men ham shunday xulosaga kelaman, 
ya’ni  do‘stim  o‘lgan  ekan.
Uchunchi  misol.  Yarim  kechada  uyda  kitob  mutolaasi 
bilan mashg‘ul edingiz.  Birdan «o‘g‘ri keldi»  deb,  to‘ppon- 
chani  olib  chiqasiz.  Shunda tom ustida bir begona odamni 
ko‘rib  unga  hamla  qilasiz,  u kimsa qochib  ketadi.  Siz uyda 
o‘tirgan edingiz.  Hech kimni ko‘rmadingiz-ku, qanday qilib 
«o‘g‘ri keldi» degan qarorga keldingiz? Chunki qulog‘ingiz- 
ga tomdan bir ovoz eshitildi. Sizga odamning qadam tashlash 
ovozi ma’lum edi.  Bu tovush shunga o‘xshaganidan «tomda 
odam yuribdi» degan qaror keldi.  Shuningdek,  yarim tunda 
faqat o‘g‘rining tomda yurishi sizga ma’lum edi.  Binobarin, 
siz darrov, «bu odam o‘g‘ri» deb qurolingizni olib tashqariga 
chiqasiz.
Ana shu  uch misol xayolimizda muhokama bo‘ldi.  Shu 
uchala muhokamani mantiq asosida qismlarga ajratib tadqiq 
qilamiz.  1. «Men ochman».  «Har bir och qolgan odam taom 
yeyishi kerak». «Men ovqatlanishim lozim». 2. «Bu do‘stim- 
ning  rangi  o‘chgan,  nafas  olmaydi,  harakati  yq».  «Kim 
shunday holatda bo‘lsa,  u o‘lgandir».  «Bu  do‘stim o‘libdi».
3.  «Bir odam tomda oyoq uchida yuribdi».  «Kimki shunday 
yursa o‘g‘ridir».  «Bu odam o‘g‘ri ekan».
284


Ko‘ryapsizki,  bu  uch  misolning  har  biri  uch  gapdan 
iborat.  Bu  gaplaming  har  biri  hukm  deyiladi.  Bir  qarorga 
kelishdan oldin birinchi va ikkinchi hukm bizga ma’lum edi. 
Endi qarorga kelishimiz uchun ongimiz birinchi va ikkinchi 
hukmni maxsus tartibga solib, keyin uchunchi qarorga o‘tadi. 
Ana shu uchinchi xulosa bizning qarorimizdir. To‘g‘ri hukm 
chiqarish uchun uchta shart mavjud. Birinchisi — ikkita to‘g‘ri 
hukm,  ikkinchisi — tartib,  uchinchisi ikkala ma’lum hukm- 
dan uchinchi to‘g‘ri qarorga o‘tish.  Birinchi shart isbot,  ik- 
kinchisi fikming to‘g‘ri kelishi va uchinchisi qaror deyiladi.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish