Tartib va intizomsiz ovqat yeyish, bir ovqat hazm
bo‘lmay ketidan boshqa ovqatni iste’mol qilish ha
zm as-
boblarining harakat tartibini buzadi. Bir ovqat hazm bo‘l-
masdan bu asboblar ustiga ketma-ket vazifalar tushadi. Shu
sababdan hazm asboblari intizom va tinchlik yuzini ko‘rmay,
bora-bora charchab qoladilar va vazifa hamda xizmatlarini
hal qilolmay ojiz qoladilar. Binobarin, farzandingiz asta-
sekin ovqatlanishdan qoladi, taomni hazm qilolmay ish-
tahasiz bo‘ladi. Ko‘ngli hech narsa tusamaydi. Zo‘rlab ovqat
bersangiz hazm qilolmaydi. Borib-borib kam yeyishdan
badanidagi yog‘ni sarflaydi-da, kuch-quwati kamayib kasal
bo‘ladi. Bunday xastalikning oldini olish uchun ovqat-
lanishdagi intizom va tartib lozimdir.
Bolangiz iste’mol qiladigan bir sutkalik ovqatni to‘rtga
bo‘linglar. bir qismini ertalab unga bering, ya’ni quyosh
chiqqandan so‘ng jigarporangizga bir burda non bilan sut
yoki choy bering. Ikki bo‘lagini kunduz kuni bering. Kunduzgi
ovqat kechki ovqatdan kuchli bo‘lishi lozim, ya’ni yog‘li
kabob, palov yoki boshqa tansiq taom bo‘lishi yaxshi. Tunda
ham yengilgina ovqat berish mumkin. Imkon bo‘lsa suyuq
ovqat, meva, non bilan choy kifoya qiladi. Shu yerda shuni
ham aytayki, jigarporangiz
kam yeyishga ham, ko‘p yeyishga
ham odat qilmasin. Hamma ovqatning kam yoki haddan
ko‘p bo‘lishiga yo‘l bermang, bunga diqqat qiling, ovqat
kifoya qiladigan darajada bo‘lsin. Ovro‘po tabiblari bir xil
xulosaga kelganlar: kam yeyish odamni kuchsiz qilsa, ko‘p
yeyish kishini zaif va tanbal qiladi. Bolaning taom vaqtida,
taomdan keyin suv ichishga mayli ko‘p bo‘ladi. Bola qancha
suv ichsa bering, lekin unga zarar yetkazmaslikni ham o‘ylang.
- Ajoyib-ku! Qanday zarar qiladi? - dersiz.
— Ana xolos! Yana so‘zimni esingizdan chiqardingizmi?
N oto‘g‘ri iste’mol qilingan narsa, albatta, zarar qiladi,
xususan, suv... Hozirgi tabobat ilmi har bir kasalning urug‘i
mavjudligini
isbot qilgan, bu tuxumlami mikroskopsiz ko‘rib
bo‘lmaydi. Ana shu zarralami tabiblar tilida «mikrob» deydilar.
Bu mikroblarning aksari suvda yashaydi. Agarda shunday
mikrobli suvni farzandingizga bersangiz uni kasal qiladi. Bu
masalani men «Rahbari najot» nomli kitobimda yozgan edim.
281
Bu yerda shuni eslatib o‘tmoqchimanki, bu baloning iloji
suvni qaynatishdadir. Men qayta-qayta shuni takrorlaymanki,
mamlakatimizning suvlari ichishga yaramaydi, chunki ular
mikrob bilan to‘la. Qabriston va hojatxonalardan uzoqda
bo‘lgan suvlardan yoki quduqlardan suv olib, awal uni
qaynatib, keyin iste’mol qiling. Bu qaynatilgan suvni ham
eskirtirmasdan har kungisini shu kuni ishlatish lozim.
Uyqu. Yuqorida aytganimizdek, insonning tanasi bir
fabrikaga o‘xshaydi. Har tomonida mashina va charxlarga
o‘xshagan a’zolari bor. Bu a’zolaming har biri muayyan
vazifa va xizmatlami bajaradi. Shuning uchun ham bir kecha-
kunduzda shu a’zolar bir muddat dam olmasalar, sekin-
asta ishdan chiqadi. Ular uchun eng yaxshi istirohat turi
uyqudir. Insonning aqli, miyasi, asosan, uxlaganda dam
oladilar. Uyqusizlik va kam uxlash odamni zaif va ishtahasiz
qiladi. Miyani holsizlantirib jinnilikka giriftor qiladi.
Farzandingiz to‘qqiz yoki to‘qqiz yarim soat uxlashi shart.
Shunga diqqat
qilingki, kechani uyqusizlik va kunduzni uyqu
bilan o‘tkazmasin. Bola vaqtli uxlab, barvaqt tuiishi lozim.
Poklik. Dunyoda hech bir din islom dinidek tozalikka
amr qilmagan. Islom tozalikni imonning bir qismi deb
qaraydi. «An-nazofatu min al-imoni» — «Poklik imondan-
dir» degan oyat bunga dalildir. Tib ilmining odamlari tozalikka
da’vat etadi. Yuqorida aytilgan mikroblar chirkin va iflos
joylarda jam bo‘lib yashaydilar. Agarda ulami mikroskop or-
qali ko‘rsangiz, aynan iflos joyda mikroblami ko‘rasiz. Bola
kiyim-kechaklarining
tozaligiga ahamiyat bering, yuvilmagan
va iflos idishlarda ularga ovqat bermang. Kasal joyga ulami
olib kirmang. Bola bemoming piyola va kosalaridan ovqat
yemasin. Xususan, qizamiq, chechak, difteriya, sil kasallik-
lariga chalingan bemorlar oldiga olib bormang. Bola kasal-
lansa, tezlik bilan do‘xtirga ko‘rsatib davolang. Payg‘ambar
hazratlari buyuradilarki: «Haftada bir marotaba g‘usul qi-
lish har bir musulmon uchun farzdur», - deb. Siz musul-
monsiz, farzandingizning ham Alloh tom onidan farz
bo‘lgan amrini bajarishiga harakat qiling, ya’ni haftada bir
marta hammomga yuboring yoki uyda cho‘miltiring. Agarda
bola yoshligidan bunday ishlarga o‘rganib qolsa, ulg‘ay-
282
gandan keyin ham ozodaligi va pokligi bilan odamlar ichida
e’tibori oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: