Taqriz matnda munosabat, dalil-asos, isbot-hulosa ifoda



Download 16,43 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi16,43 Kb.
#373213
Bog'liq
Otanazarova Mohinur 193


TAQRIZ MATNDA MUNOSABAT, DALIL-ASOS, ISBOT-HULOSA IFODA

REJA:

1. TAQRIZ HAQIDA TUSHUNCHA

2. TAQRIZDA MATNIDA MUNOSABAT

2. DALIL-ASOS, ISBOT-HULOSASI.

Taqriz – adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan biri. Taqriz – badiiyat olamidagi “razvedka” vositasi. Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi oʼrnini aniqlash, yutuq va kamchiliklarini koʼrsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonning eʼtiborini qaratishdan iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng jamoatchilikning asarni qanday qabul qilishi maʼlum jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki taqrizlarga bogʼliq

Taqriz yozuvchi shaxs asarga oʼz shaxsiyat-u hissiyoti nuqtayi nazaridan emas, balki umumxalq fikridan kelib chiqib hukm chiqarishi kerak. “Menga yoqadi, menga yoqmaydi” qabilidagi iboralar taom, vino, yoʼrgʼa otlar, chopqir itlar, kiyim-kechak va boshqalar haqida gap ketayotgandagina qimmatlidir.

Taqriz – bu asardan olingan taassurot yoki subʼektiv munosabat yoinki, asar syujetining quruqqina tavsifi emas, balki asarning mavzu va gʼoyasi, syujeti, obrazlar badiiyati asosli parchalar orqali ochib berilgan haqqoniy ilmiy-estetik tahlildir.

Adabiy jarayonda paydo boʻlgan yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini toʻgʻri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday boʻlishi haqida tasavvur bera oladi.

Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik maʼlum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda degan savollar tugʻilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oraligʻida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni koʻzdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar koʻpincha “Kitobingizni oʻqidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Vaʼda” ruknlari, baʼzan esa toʻgʻridan toʻgʻri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Vaʼda” ruknlari kam koʻrinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan koʻra, yangi kitob haqida maʼlumotnomalar berilmoqda.

Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi oʻrnini aniqlash, yutuq va kamchiligini koʻrsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni koʻrsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan oʻrnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “Soʻz yoʻli” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yogʻdu ichra gullagan soʻz” deb nomlangan taqrizida buni koʻrish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, sheʼrdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi.



Savollar

1. TAQRIZ so'zining ma'nosi va qaysi tildan olingan?



2. Rus tanqidchiligi tarixida kimning roli katta?

3. O'zbek adabiyotida Taqriz qachondan rivojlana boshlagan?
Download 16,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish