Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

Ichki  m a’lumotlar. 
Bizning  m a’lumotlarimiz  faqat 
tashqaridan bo‘lmay,  balki  ichkaridan  oladigan  ma’lumot- 
lardan  ham  iborat.  Masalan,  biz  och  qolamiz,  g‘amgin 
bo‘lamiz  va  hokazo.  Lekin  bu  holatlami  biz  ko‘rib,  eshit- 
maymiz.  Ularni ichdan his va idrok qilamiz.  Har bir tashqi 
ma’lumotga bir ichki ma’lumot, ya’ni idrok lozimdir,  bo‘l- 
masa  tashqi  ma’lumotdan  hech  qanday  foyda  bo‘lmaydi. 
Masalan, siz ovozingizni baland qilib menga bir narsa deysiz. 
Ovoz mening qulog‘imdagi tomirlarga ta’sir qilganda miyaga
287


boradi.  Men  bu  sadoni  eshitganimda  o‘zimni  idrok  qilib, 
borlig‘imni  his  qilaman.  Ammo  o‘zimni  idrok  etmasam, 
sizning so‘zingiz  menga bir pul!  Bu masalani bir-ikki misol 
bilan  sharhlab  beraman.
Ba’zi kotiblar yozish vaqtida qalamni og‘izlarida tishlab 
olib  boshqa  ish  bilan  mashg‘ul  bo‘ladilar-da,  keyin  yana 
yozmoqchi bo‘lganda,  qalam  qidirishga tushadilar, joylari- 
dan turib hamma tomonga qarab qalamni topolmay jahllari 
chiqadi...  Bir vaqt og‘izlaridan qalam yerga tushadi... Qalam 
tishlanganda qalam lablaridagi hissiy tomirlarga ta’sir qilib, 
miyaga ham yetib borgan  edi.  Lekin bu ta’simi kotib  idrok 
qilmasdi. Shuning uchun ham qalamning ta’sirida foyda yo‘q 
edi.  Ajabo,  nima  uchun  bunday?  Chunki  qalamni  og‘ziga 
olganda diqqat qilmagan  edilar.
Bozor  o‘rtasdan  biror  xayol  bilan  o‘tsangiz,  u  yerdagi 
hamma narsani ko‘rasiz.  Lekin qaytib kelib o‘ylab ko‘rsan- 
giz,  biron  narsa  yoki  biror  kishini  eslolmaysiz.  Nimaga 
shunday?  Chunki  bozordan  o‘tayotganda  nazaringiz  diq- 
qatsiz edi,  atrofga diqqat va ahamiyat bermasdan kelgansiz.
Ana shunday ichki ma’lumot «g‘ayriixtiyoriy diqqat» deb 
aytiladi,  ya’ni  bu  ma’lumot  bo‘lsa  ham  idrok  doirasiga 
kirmagan sanaladi.  Ma’lumot  idrok doirasiga kirishi uchun 
ma’lumot  olish  jarayonida  diqqat  qilish  lozim.  Oldinroq 
aytganimdek,  bola  eshitgan  va  ko‘rgan  narsalariga  diqqat 
qilishga ahamiyat berish lozim. Ammo g‘ayriixtiyoriy idrokni 
batamom  yo‘q  qilib  bo‘lmaydi.
Bunday xususiyat har bir odamda har xil darajada mav- 
jud bo‘lib, uning fe’l-u atvoriga katta ta’sir qiladi.  Masalan, 
siz birovning muruwatsizligi, insofsizligi va xiyonatlari haqida 
ko‘p  eshitasiz.  Bu  odam  haqidagi  salbiy  xabarlar,  albatta, 
xotiringizda bir iz qoldiradi.  Endi uning nomini eshitsangiz 
yoki  o‘zini  ko‘rsangiz,  nafratlanib  uning  yomonligi  haqida 
hukm  chiqarasiz.  Ko‘pincha  bunday  xulosaning  sababini 
bilmaysiz,  chunki  u  haqda  eshitgan  hikoyalar  esingizdan 
chiqqan bo‘ladi.  Lekin ulaming ta’siri  (ya’ni g‘ayriixtiyoriy 
idrok) miyangizda qolgan bo‘lib, shunday hukm chiqarishga 
sababchi  bo‘ladi.
Bola  tarbiyasi jarayonida  shu  xususiyatni  hisobga  olib,
288


ertak orqali bo‘lsa ham ularga doim fidokor odamlar haqida, 
muruwatli shaxslaming fe’llari haqida, mo‘min va Allohdan 
qo‘rquvchi odamlar haqida hikoya qilib, yaxshi amallaming 
foydasini  eslatib  o‘tish  lozim.  Dev-u  pari,  jin  va  cho‘l-u 
biyobon alvastilari haqidagi qissalami bolalarga aytmanglar. 
Yomon xulq va ishyoqmaslikning zararlari haqida bolalarga 
aytib berish va zehniga buni joylash ota-ona uchun vojibdur. 
Bunday qissa va hikoyalar vaqt o‘tishi bilan eslaridan chiqsa, 
ta’siri zehnlarida qoladi va hayotlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab  bolalariga  ishqiy va  mayni  maqtaydigan  kitob- 
lami tavsiya  qilmaslik  to‘g‘ridir.  Modomiki,  g‘ayriixtiyoriy 
idrok sizning harakat va xulq-atvoringizga ta’sir qilar ekan, 
ba’zan  sizni  xato  yo‘lga  solib  zarar yetkazishi  mumkin.
Bu masalani bir misol bilan tushuntiraman.  Padari buz- 
rukvoringiz paxta tijoratining zarari haqida siz bilan suhbat 
qilib,  har  zamon  falon  nodon,  pismadon  ahmoq  bo‘lib 
bor-yo‘g‘ini paxta savdosi yo‘lida yo‘q qildi, degan. Albatta, 
otangizning so‘zlari zehningizga ta’sir qilardi. Bugungi kunda 
bu hikoyalar esingizdan chiqqandir.  Men qat’iy dalillar bilan 
bu yili paxta savdosi sizga foyda keltiradi desam, rad qilmaysiz 
ham,  qabul  ham  qilmaysiz.  Buning  sababini  so‘rasam, 
aytolmaysiz  va  shu  fikr bilan  paxta  tijoratidan  qolib,  katta 
daromaddan  mahrum  bo‘lasiz.  Ammo  nafs va  zehningizga 
biroz ahamiyat berib tadqiq qilsangiz, bu ishingizning sababi 
o‘sha  qiblagohingizning  so‘zlaridan  kelib  chiqishini  bilib 
olasiz.  Shu bilan gaplar endi qolib ketganiga ishonib,  paxta 
tijoratiga o‘tasiz va foyda ham olasiz.
Bolani  ham  yoshligidan  o‘zining  shaxsiyati  va  zehniga 
diqqat  berishga  o‘rgatish  kerak.  Bola  qanday  ish  qilmasin 
«nima  ish  qilding?»,  «qaysi  maqsadda  qilding?»,  «qaysi 
maqsad uchun qilasan?»  deb shirin so‘zlar va ochiq chehra 
bilan  so‘rash ulami  nafs tadqiqiga  o‘rgatadi.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish