ABDULJABBOR ibn Axmad al-Xamazoniy (? - 1025 - mu’taziliylarning yirik mutakallimi,
shofi’iylik mazhabi faqihi. Buvayhiylar davrida mu’taziliyaning qayta tiklanishi A. faoliyati
bilan bog‘liq. Kalomda u dastavval ash’ariylar ta’limotiga suyangan, so‘ngra mu’taziliylar
qarashlarini qabul qilgan. Bag‘dodda yashagan, taxm. 971 y. buvayhiylar vaziri
mu’taziliya kalomi homiysi as-Sohib ibn Abbod (938-995) tomonidan fiqhdan saboq
berish uchun Rayga taklif etilgan. Rayda A. qozi ul quzzot etib tayinlangan. A. - kalom,
fiqh va tabiiy fanlarga ovd ko‘plab asarlar muallifi. A.ning hoz. davrgacha saqlangan
(1950 y.lar boshida topilgan) asarlari, shuningdek uni bevosita shogirdlari Abu Rashid
an-Naysaburiy (taxm. 1024 y. v. e.) va Ibn Mattuvayx (1076 y. v. e.) ishtirokida yozgan
asarlari mu’taziliya ta’limotiga oid asosiy manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |