ABDULLOH ibn MAS’UD, to‘liq ismi Abdulloh ibn Mas’ud ibn Rofiya ibn Habib al-
Xuzaliy; kunyasi - Abu Abdurahmon (590-653) - sahoba, buyuk faqih va mujtahidlardan
biri, Muhammad (sav) xizmatlarida turgan zotlardan. Shu sababli Qur’oni karimni
hammadan yaxshi o‘rgangan, juda ko‘p hadis eshitgan va yod bilgan. Rasululloh
og‘izlaridan eshitib hifz etgan, tafsir ilmining eng mohiri. A. i. M. Qur’oni karimni
Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan, Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini
ochiq-oshkor o‘qigan. Badr va Uhud va b. barcha janglarda qatnashgan. Rasululloh (sav)
vafotlaridan so‘ng Kufa xazinasining boshlig‘i bo‘lgan. Usmon (ra) davrida Madinaga
kelib shu yerda 63 yoshida vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |