ABDULAVVAL NISHOPURIY (? - 15-a.) -mutasavvif. Nishopurda tug‘ilgan. "Masmuot"
("Eshitilganlar") kitobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyandasi
Xoja Axrorning so’fiylik qarashlariga bag‘ishlangan. Uning yoshligidan to umrining
oxirigacha bosib o‘tgan so’fiyona hayot yo‘li o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy ahvol bilan
bog‘lab ko‘rsatilgan. Kitobda Mirzo Ulug‘bek davri (15-a. 1-yarmi) voqealari ham o‘z
ifodasini topgan. Bu asarning nodir 2 nusxasi saqlangan. A.N. Samarqandda Xoja Ahror
qabristoniga dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |