ABDI DARUN MAQBARASI, Xoja Abdidarun maqbarasi-Samarqanddagi me’moriy
yodgorlik (12-a. - 15-a.ning 1-yarmi). Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida
(darun - ichkari) joylashgan qad. ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino - xonaqoh (15-a.)
bor. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug‘bek davri me’morligi mahsuli.
Xonaqohning ichida Abdi darunning qabri bor. Xoja Abdi darunni Xojai Kunj deb ham
ataganlar.
ABDOL (arab. - avliyo(lar)) - tasavvufda valiylikning muayyan bir darajasiga erishgan
guruh. Keng ma’noda avliyolar, shayxlarni ham anglatadi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |