Vatan himoyasi – sharafli burch! Sultanov Shoxjaxon Rahmon o‘g‘li



Download 24,44 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi24,44 Kb.
#409360
Bog'liq
Vatan himoyasi-sharafli burch! (Shoxjaxon Sultanov)


VATAN HIMOYASI – SHARAFLI BURCH!

Sultanov Shoxjaxon Rahmon o‘g‘li Namangan muhandislik texnologiya instituti Iqtisodiyot fakulteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada vatan himoyasi dahlsizligini ta’minlash qay darajada sharafligi, “Vatan himoyachilar kuni”ning yurtimizda bayram sifatida e’lon qilinishi, bugungi kunda mamlakatimizda harbiy sohani rivojlantirish va isloh qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr yurutilgan.

Kalit so‘zlar: Vatan, tinchlik, harbiylar, Qurolli kuchlar .

Milliy armiyamiz mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.

Islom Karimov

14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida mamakatimizda keng miqyosda nishonlanadi. Bayram sanasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog‘liqdir. 1991-yilning 31-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu hujjat yosh respublikamizga o‘zining harbiy siyosatini yurutish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Ma’lumki, Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991-yil 6-sentabrdagi “Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘grisida”gi farmoni bilan bu boradagi ishlarga tamal toshi qo‘yildi. 1992-yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududidda joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga binoan davlatimiz hududidagi harbiy tuzulmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respubikasi Oliy kengashining qarori bilan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb belgilandi.

Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan yurtdoshlarimiz va ertaga harbiy xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning ham bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yil yurtimizning turli go‘shalarida keng miqyosda tantanali bayram tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu kun munosabati bilan har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qomondoni Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘llaydi, tabrikda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi.

O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizni tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urushlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bila ta’minlangan milliy armiyamiz shakklantirildi.

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarni boshqarish, rejalashtirsh va qo‘llab-quvvatlash tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, boshqaruvning infotmatsion vostalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg‘unlashtirish ishlari tez suratlarda olib borilmoqda. Milliy armiyamizni bosqichma-bosqish shakllantirishda mamlakatimizning bugungi kundagi mintaqamizdagi geostrategik va geosiyosiy o‘rnini, mamlakatimiz tinchligiga qarshi qaratilgan ichki va tashqi tahdidlar, dunyo bo‘ylab kuchayib borayotgan diniy ekstremizm, terrorizmni hisobga olgan holda ishlar olib borilmoqda. Armiyamiz jahon harbiy qurulishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovor an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda, shu bilan birga, mintaqamizda ro‘y berish ehtimoli mavjud bo‘lgan harbiy harakatlar va jangovor amaliyotlar har tomonlama e’tiborga olinmoqda.



Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bila faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblaydilar. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlarga nisbatan iftixorni bildiradi. Bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posponlaridir. Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoiylik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, milati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet ma’lumotlari:

  1. O‘zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasi.

  2. “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni.

  3. “Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘grisida”gi farmoni.

  4. “O‘zbekiston Respublikasi hududidda joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori.

  5. www.edu.uz

  6. www.uz.wikipedia.org

Download 24,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish