Bu olam ohimdan larzaga kelar, Suyangan tog'imdan ayirding hayot



Download 36,61 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi36,61 Kb.
#217798
Bog'liq
dilozorim


BAG'ISHLOV.

Bu olam ohimdan larzaga kelar,

Suyangan tog'imdan ayirding hayot.

Sinovlar birma-bir salomin aytar,

Endi men bir o'zim netarman hayhot.

Ishonganim yuqdir ey olloh bu kun,

Suyanganim yuqdir ey olloh bu kun.

Boringgizda o'ynab, quvnadim kuldim,

Neki istar bo'lsam muhayyo bo'ldi.

Sog'inmoqdaman Ota o'sha kezlarim,

O'tkinchi kunlarim armonim bo'ldi.

Duolar qilguvchi Otam yuq bu kun,

Savlatim bo'lguvchi Otam yuq bu kun.

Do'stlaringgiz ko'rsam sizni sog'inib,

Eslayman bolalik chog'larim Ota.

Bolalik onlarga hamon talpinib,

Siz bor kunlaringgiz sog'indim Ota.

Davlatim panohim Otam yuq bu kun,

G'ururim bo'lguvchi Otam yuq bu kun.

Ko'nikdim qancha bo'lsa sinovlar,

Ohir ko'ndim sizsiz o'tgan kunlarga.

Ammo yuragimni bir alam ezar,

Do'stlarim Otanggiz bormi desalar.

Joylarinngiz jannat bo'lsin ilohim,

Tangrimdan so'rarman yagona ohim.

Siz yurgan yo'llardan sizni izlayman,

O'zimdan men sizni izlayman Ota.

Yaqinlar Otangga o'xshaysan desa,

Ichimda quvonchdan porlarman Ota.

Nurlarga to'lganim farishta Otam,

Iymoni but edi, sarishta Otam.

Yo’limga Qara

Ketayapman askar bo’lmoqqa,

Quyoshdan ham turib vaqtliroq.

Agar ko’rsam seni saharda,

Jonim yuqdir mendan baxtliroq.

Gulim mendan ilinjing bo’lsa,

Ketayotgan yo’limga qara…

Eskirmasdan sevgi damlari,

Sog’inch tushdi bizning oraga.

Ajralarmish hijron paytlari,

Shoshgan olis, sabr sevgiga.

Gulim qalbing sog’inchdan to’lsa,

Mening ketgan yo’limg qara…

Jonim bizga osonmas lekin,

Yo’li boshqa bular yigitning.

Senda Gulim, endi atayin,

Ko’zi bular har bitta zo’rning.

G’amdan kulcha yuzlaring so’lsa

Gulim borar yo’limga qara…

Sabr qil va unutib ketma,

Jonim ko’tgil, qayda bo’lmayin.

Javohirga xiyonat qilma,

Alamidan yonib o’lmasin.

Har on, har jon yurak o’rganda,

Gulim mening yo’limga qara…

Yo’limga qara 2

Bormoqdaman jonim sen tomon,

Sog’inch hissi qiynaydi yomon.

Sendan bir yil olisda bo’ldim,

Gulim senda ko’nglim ishongin.

Ayriliqning har oni go’zal,

Tunlar hayol surgani go’zal.

Qarab turgan balki LAYLIM deb,

Tunlar oyga boqqani go’zal.

Birga bo’lgan damlarni eslab,

Yaxshi yomon kunlarni eslab.

Mana bugun safarim tugar,

Kelmoqdaman sen tomon qarab.

Hamon mendan ilinjing bo’lsa,

Borayotgan yo’limga qara.

Hamon ko’ngling sog’inchda bo’lsa,

Seni sevgan o’zimga qara.

8-mart


Sakkizinchi mart bugun Onajonlar bayrami,

Go’zal gullar siz uchun, o’g’lonlarning salomi.

Shodlik quvonchda o’tsin, ayyominggiz muborak,

Dilimizdan o’chmasin, Onajonlar jamoli.

Har bir o’g’lon o’y-surar, quvontiray deb Onamni,

Ushbu kunda gullar tutay, mehribonim Onamni.

Chegarani qo’riqlayman, muqaddas burch yurakda,

Yuzlarida quvonch ko’ray, mehri daryo onamni.

Harbiy qasamyod

Muqaddas burch yurakda qildim qasamyod,

Xalqimga, yurtboshimga qildim qasamyod.

Halol, jasur va sergak bo’lishim lozim,

G’ururim deb, orim deb qildim qasamyod.

Er yigitlar ichgaydir, harbiy qasamyod,

Sher yigitlar ichgaydir, harbiy qasamyod.

Vatan uchun jonini berishga tayyor,

Alpomish avlodlari qilgay qasamyod,

Temurning o’g’lonlari qilgay qasamyod.

Najmiddin Kubrodek vatanga sodiq,

Xalq sevar shu yurt uchun qilgay qasamyod.

5 QILSANG XIYONAT

Do’sting bir kechirar, qilsang xiyonat,

Yoring ham kechirar qisang xiyonat.

Ammo chiqarma sen yodingdan shuni,

Vatan kechirmaydi, qilsang xiyonat.

Burchingni oqlagin yigitlik burching,

Shaning ham, oring ham muqaddas burching.

Anglagin, his qilgin, shuni sen bilgin,

Vatan kechirmaydi, qilsang xiyonat.

Vatanga muhabbat tilda bo’lmasin,

Yuragingda bo’lsin, dilingda bo’lsin.

Eshitgin do’stginam, mening oh dodim,

Vatan kechirmaydi qilsang xiyonat.

Asragin harbiy va davlat sirini,

Asragin shu bilan shaxsiy siringni.

Unutma sen shunga qasam ichgansan,

Vatan kechirmaydi qilsang xiyonat.

Ko’rdim o’zga yurtda, yurtdoshlarimni,

Ko’rdim qilgan jirkanch qilmishlarini.

Qilmish qidirmishdir, tushungin do’stim,

Vatan kechirmaydi, qilsang xiyonat.

Duoga qo’l ochgan Ota - Onang bor,

Mustaqil hur diyor o’z vataning bor.

Javohir aytadi, takror va takror,

Vatan kechirmaydi, qilsang xiyonat.

ONA AYBDORMI ???

Tarbiyalab o’lg’aytirgan kim?

O’zi yemay, yedirgan ham kim?

Sen uchun ham, ko’z yosh tukkan kim?

Aytchi…?


Oq sut bergan Ona aybdormi?

Alla aytgan Ona aybdormi?

Bergan edi senga mehrini,

Qo’shib tunu qancha kunini,

Yoshlatdingmi endi ko’zini,

Aytchi…?


Oq sut bergan Ona aybdormi?

Alla aytgan Ona aybdormi?

Kimlar zordir Ona mehriga ,

Yana yetmas kimlar, qadriga,

Farzand qilar dushman aytganin,

Aytchi…?


Oq sut bergan Ona aybdormi?

Alla aytgan Ona aybdoormi?

Terareslar guruhida sen,

Mag’rur ushlab qurolingda sen,

Vatan uchun qilding xiyonat,

Aytchi…?


Oq sut bergan Ona aybdormi?

Alla aytgan Ona aybdormi?

Suriya, Afg’on, Iroqlarda,

Bolam sogmikan uyoqlarda,

Ona o’ylab qilar xavotir

Aytchi…?


Oq sut bergan Ona aybdormi?

Alla aytgan Ona aybdormi?

Inson bo’lib kelding dunyoga,

Inson bo’lib ketgin dunyodan,

Xalqingni sen qarg’ishin olma,

Aytchi…?


Oq sut bergan Ona aybdormi?

Alla aytgan ona aybdormi.

CHEGARACHI POSPON

Istiqlolim qalqoni,

Chegaramning posponi.

Xushyor turar har doim,

Yurtimning mard o’g’loni.

Vatan so’zi muqaddas,

Ajdodlardan zo’r meros.

Qo’riqlaymiz ostonang,

Dadil bo’lib, qadam bos.

Kiydek askar libosin,

G’urur iftihor bilan.

O’zbekiston yagona,

Qo’rqmagaymiz xech g’ovdan.

Istiqlolim charag’on,

Chegarangda mard o’g’lon.

Halol, jasur va sergak,

Chegarada biz pospon.

Ezgu niyat yurakda,

Kuch g’ayratim bilakda,

Istiqlolim alqoni,

Qo’riqlaymiz ostona.

Qasam ichdek mardona,

O’zbekiston yagona.

Chegarada mard o’g’lon,

Qo’riqlaydi har yona.

Istiqlolim qalqoni,

Chegaramning posponi.

MADINA


Mayli baxtli bo’lgin, armonim mening,

Allohdan surayman, baxtingni sening.

Dardlarim o’zimga darmonim bo’lib,

Ingraydi yuragim sendan ayrilib.

Nahotki sevgimiz tugaydi bu kun,

Ayriliqdan yurak, yig’lar kunu tun.

BAXTLI KECHA

Murodiga yetdilar,

Sevgan necha - nechasi.

Baxtiyor ikki yoshning,

Bugun visol kechasi.

Sevganlar necha – necha,

Bugun baxtli bir kecha.

Unga har kim lol qolgan,

Go’zal kelin libosi.

Kuyovga yoqib qolgan,

Kelinchakning ibosi.

Sevganlar necha – necha,

Bugun baxtli bir kecha.

Muhabbatning so’ziga,

Kelin kuyov ko’ziga.

Uzukka ko’z quygandek,

Yarashibdi o’ziga.

Sevganlar necha – necha,

Bugun baxtli bir kecha.

Ajoyib turmush qo’rib,

Muhabbat qasrin qo’rib.

Yurishsin ikki ko’ngil,

Hayotda baxtli bo’lib.

Sevganlar necha – necha,

Bugun baxtli bir kecha.

10 MUSTAQILLIK KUNING

Go’zal va betakrorsan,

Mustaqil O’zekiston.

Hamisha barhayotsan,

Tinch o’lkam O’zbekiston.

Muqaddassan vatanim,

Jannatmakon diyorim.

Senga fido bu jonim,

Nurga to’lgan bo’stonim.

Bir tomoning paxtazor,

Bir tomoning bug’doyzor.

Bog’laring bor chiroyim,

Ko’k gumbazli osmonim.

Butun jahon tan olgan,

Mustaqillik kuningni.

Qutlaydi bugun xalqing,

Yigirma besh yoshingni.

Ona Kuting.

Onajon mehringgiz keng osmon ekan,

Qalbinggiz sog’inchga limmo-lim ekan.

Farzandlik mehrini bera olmadim,

Jonajon sabringgiz pok Jannat ekan.

Ona kuting shunday kunlar keladi,

Qorong’ulik bir kun nurga to’ladi.

Orzular albatta ijobat bo’lar,

O’g’linggiz vatan deb to’lib toshadi.

Volidam nominggiz mangu qoladi,

Duoyinggiz meni asrab turadi.

O’g’linggiz ishongan tog’inggiz bo’lar,

Chegarada har on sergak bo’ladi.

SHIFOKORLAR

Bu dunyodan nafratlandim bevafo deb,

Bu dunyodan nafratlandim bedavo deb.

Lek dunyoda giyohlar bor, shifo qilgan,

So’zlari bor dardlaringni dildan quvgan.

Onamizdek mehribondir ular bizga,

Shifo istab, davo qilar har on bizga.

Shifokorlar baxtimizga bo’lsin omon,

Dardimizga sherik opam Nilufarxon.

BU DARDGA MEN

Xotiralar bag’rim ezib tirnaydi,

Yurakkinam sensizliikka ko’nmaydi.

Sog’inganim ul bag’ritosh bilmaydi,

Dardimni men kimga aytay Onajon,

Bu dardga men chidolmayman Onajon.

U go’zal siymo mening yuragimda,

Menga aytgan so’zlar ham qulog’imda.

O’tgan damlar xozir ham ko’z oldimda,

Dardimni men kimga aytay Onajon,

Bu dardga men chidolmayman Onajon.

Uzun sochlar bir tolasi qo’limda,

Bir tola soch uzun-uzun xotira.

Bevafo yor og’riqlari dilimda,

Dardimni men kimga aytay Onajon,

Bu dardga men chidolmayman Onajon.

U siz o’tgan kunim, kunimmas mening,

U siz o’tgan tunim, tunimmas mening.

Olar edi jonon, dardimni mening,

Dardimni men kimga aytay Onajon,

Bu dardga men chidolmayman Onajon.

Shamoldek to’lg’onaman u sizlikdan,

Tufondek buysunmasman u sizlikdan.

Yurakkinam holsiz, mador yuqlikdan,

Dardimni men kimga aytay Onajon,

Bu dardga men chidolmayman Onajon.

BAHOR

Bahor nafasini his qildingmi do’st?



Qaragin har taraf yam – yashil o’tloq,

Turfa xil mevalar gullagan daraxt!

Qizg’aldoq ochilgan adirlarga boq.

Bahor bilan kelgan bayramlar bisyor,

Qaldirg’och in qurgan ayvonlarga boq.

Navro’z ayyom qutlug’ aziz yurtdoshlar,

Sumalak qaynagan qozonlarga boq.

Bahorda ochilgan lolalar go’zal,

Moychechak gullaring suray ko’zimga.

Majnuntol yonida surarman hayol,

Boychechak gullaring bosay bag’rimga.

Bahorda hamma yoq o’zgacha bo’lar,

Varraklar o’shlagan bolalarga boq.

Yaylovlar yam –yashil libos kiyarlar,

Atlas keygan o’zbek qizlariga boq.

15 * * *


Nega ko’zing buncha munchoqdek qora,

Dadajon deginchi menga bir bora.

Erkalanishlaring ko’zim oldida,

Baxtingni ilohim ko’rayin zora.

Farruhbek deb quydek, sening ismingni,

O’zbekning beklariga o’xshasin deya.

Onang to’g’ilganingda xursand bo’lgandi,

Bugun o’g’lim kirding to’liq bir yoshga.

Ishdan agar kelsam, ba’zida charchab,

Tanam gar titrasa og’riqdan qaqshab.

Og’rig’u charchoqlardan halos bo’larman,

Agar sen men tomon quysang jilmayib.

Bugun nishonlaymiz to’g’ilgan kuning,

Farruhbek surayman, Allohdan baxting.

Sening o’lg’ayishing kamoling ko’ray,

Allohimdan doimo tilayman taxting.

AZIZAXON

A zizam sevgimga ishongin mening,

Z inhor shubxalanma muhabbatimga.

I shongin yagona gulimsan o’zing,

Z uhrosan sen menga Tohirman senga.

A zizam sevgimga faqat ishongin,

X ayollaringda ham butkul inongin.

O llohim guvohdir mening sevgimga,

N asib qilsin, baxtli bo’laylik birga.

MALOHATIM

M alohatim Majnuning menman,

A razlama arazing quygin.

L aylimdirsan ishongin menga,

O lloh guvoh mening sevgimga.

H avotirda qaragin ko’zim,

A ytaqolgin javobing menga.

T an olarman go’zalsan gulim,

I ltimosim shon sevgimga,

M alohatim hayotsan menga.

“ONAM”


Har doim qalbimning to’rida saqlab,

Farzandi kamolin istaydi ona.

Farzand ham onaning yuzini oqlab,

Eshikdan kelsinda yurib mardona.

Farzandi uchun ming jonini berib,

Bemor bo’lganida boshida turib.

Tunlari hattoki uyqudan kechib,

Shifo tilaydigan bu munis ona.

Ba’zi bir farzandlar ketar yuz bo’rib,

Ba’zilar boshida ko’tarar yurib.

Ba’zilar o’tganda ko’z yoshin to’kib,

Ba’zisi yurarkan mehribon bo’lib

Ko’zingizda bo’lmasin ko’z yosh va xech nam,

Mening dunyodagi mehribon onam…

Onajon Sizni Yaxshi Ko’raman.

* * *


Muhabbat bog’ida gullar ham bisyor,

Bir gulni tanlagin, senga bo’lsin yor.

Asragin avaylab uning jamolin,

Xech qachon bo’lmasin bargida g’ubor.

Hushbuy iforlari sarmast qilsa gar,

Qo’lingga tikani qattiq botsa gar.

Sen qanday bo’lsang u, shundayin bo’lar,

Sevgining vafosi shunda bilinar.

O’zingga mos gulni tanlagin do’stim,

Hushbuy iforiga mast bo’lma do’stim.

Guling shunday bo’lsin u sening uchun,

Boshqa bog’bonlarga boqmasin do’stim.

20 * * *

Ko’zing qorachig’i bo’lsaydim agar,

Barcha go’zallikni ko’rsatardim men.

Yuzingdagi ifor yanog’ing bo’lsam,

Uyat neligini o’rgatardim men.

Qontalash lablaring o’rnida bo’lsam,

Begim so’zlarini bot-bot aytardim.

Yuzingga yarashgan bir holing bo’lsam,

Soching orasiga men bekinmasdim.

Hohlardim barmog’ing bo’lib qolishni,

Mayin silar edim go’zal xusningni.

Mabodo bir oynang bo’lib qolsam gar,

Betakror atardim qad-qomatingni.

Agarda g’aribing bo’lib qolsam men,

Olib qochar edim biz bilmas yoqqa.

Agarda sevganing bo’lib qolsam men,

Jonginam eltardim sevgi taxtiga.

Go’zal Ayyom

Naqadar navbahor nahorsan bahor,

Nechog’li nufuzli ayyomsan navro’z.

Niyatlar qilaylik dillarda cheksiz,

Sen o’zing eng go’zal ayyomsan navro’z.

Seni sog’inib kutgan o’g’il qizlaring,

Senga atab yozishdi go’zal ash’orlar.

Sog’ingan dillarga nur bo’lib kelding,

Sen o’zing eng go’zal ayyomsan navro’z.

Allohning nazari tushgan e’limga,

Turfa xil gul bo’lib yashnading bahor.

Har bahor kutarman eslab dilimda,

Men uchun eng go’zal ayyomsan navro’z.

Ko’z tegmasin illo tinchligimizga,

Tinchlik totuvlik ramzisan navro’z.

Har ellat qalbida tanho, bir dona,

Baribir eng go’zal ayyomsan navro’z.

Ota Onam

Do’stlarga do’stlik mansabin berib,

Bir qizga hattoki jonimni tikib.

O’zgalar mehrini chin mehr bilib,

Ona borligingiz unutdim gohi,

Ota borligingiz unutdim gohi.

Ishongan do’stlarim meni sotganda,

Omadim bir kelib kelmay qolganda.

Suygan yor ham meni tashlab quyganda,

Ona bilsam menga omad ekansiz,

Ota bilsam mening taxtim ekansiz.

Bu dunyo kengga-keng torga-tor ekan,

Haqiqatning umri uzoqroq ekan.

Bosgan yo’ling asli xavf xatar ekan,

Ona shunda sizning qadringiz bildim,

Ota shunda sizning o’rninggiz bildim.

Sinovlar birma – bir kelib ketarkan,

Biridan o’tolsang biri yengarkan.

Boshimda tuxmatlar bo’lganda balo,

Ona duoyinggiz asrab turarkan,

Ota duoyinggiz madad bo’larkan.

Asra Alloh mening qiblagohimni,

Asra Alloh mening duojuyimni.

Baxtimga doimo sog’ – omon bo’lsin,

Onam mening olayotgan nafasim,

Otam esa o’rayotgan yuragim.

SOJIDA

S ochlari tilla rang, pari malagim,



O q ko'ngilli mohim, mening keragim.

J onginam vaslinggiz bo'lmasin armon,

I ntizor qilmasdan bo'ling siz yorim.

D ardimga malhamim faqat siz jonim,

A razinggiz quying qiynamang borim.

SEVINCH


S evinchim sog’indim so’zlaringgizni,

E rkalanib menga boqishinggizni.

V odiylik singilcham, Sevinchim mening,

I stagim hamisha kuling quvoning.

N azokat bog’ining gulshani bo’ling,

Ch iroyim har doim sog’ – omon yuring.

RAYXONAM.

R abbimga shukrona aytaman takror,

A zizim, ohimni eshitgin bir bora.

Y o’llaringda ko’zim jonginam ishon,

X udodan xamisha baxting so’rayman.

O ymomo surating har tun ko’rsatar,

N ozligim yuragim sen uchun o’rar.

A zizim yolg’izim jonimsan mening,

M uhabbatim tanho yorimsan o’zing.

25 RUXSHONAM.

R uxshona bilimdon, tirishqoq qizcha,

U nga havas qiladi sinfdoshlari.

X ursand bo’lib yurar quvnoq hamisha,

Sh odlikdan hamma vaqt kular yuzlari.

O llohim baxt bergin shu go’zal qizga,

N ozli bir gul g’uncha erkatoy qizga.

A slo ko’zlaridan yosh to’kilmasin,

M ehru muhabbati bir olam bo’lsin.

O’ZBEKISTONIM.

J ahonda tengi yuq O’zbekistonim,

A vaylab asrayman seni har doim.

V odiy vohalaring jannatdir menga,

O llohim nazari tushgandir senga.

H ar doim men sening madhing kuylayin,

I stagim xamisha gullab yashnagin.

R abbim menga bergan buyuk boyligim,

I stiqlol zaminim O’zbekistonim,

M ustaqil diyorim O’zbekistonim.

* * *

Oq kuylaging yarashibdi senga gulim,



Vadalaring havolarga uchdi gulim.

Bugun sening visol tuying yor – yor endi,

Tuy kechangda o’zim yor – yor aytay gulim.

Sochlaringni o’zga qullar silar endi,

Lablaringdan o’zga lablar o’par endi.

Yurakkinam oh dodini eshit gulim,

Ko’zlaringga o’zga ko’zlar boqar endi.

Savollarim o’z – o’zimga tinchlik bermas,

Javobiga yurakkinam xech ham ko’nmas.

Sevar edim seni rostdan sevar edim,

Seni sevib yashashimni xech kim bilmas.

Sevgi shunday bo’lishini bilganimda,

Vadalari yolg’onligin sezganimda.

Sevmas edim xech ham ko’ngil bermas edim,

Vafosi yuq go’zallarni ko’rganimda.

* * *


Nega befarq menga bo’lasiz nega,

Nega loqayt menga bo’lasiz nega.

Siz mening ko’nglimga yaqin insonim,

Sizsiz mening tanho, yagona yorim.

Gohi kuchanggizdan o’tsam ataylab,

Darchanggiz yonida tuxtab qolaman.

Chiqib qolar balki hayolda o’ylab,

Uyinggiz yonida yolg’iz kezaman.

Ayting o’zi menda bormi ko’nglinggiz,

Azob bermay ayting menga so’zinggiz.

Yozgan maktublarim javobsiz qolar,

Malikam yurakka yaqin o’zinggiz.

***

Hur o’lkamning Janubida oqar Jayhun shiddatkor,



Hur o’lkasin qo’riqlashar qirg’og’ida zobitlar.

Mard va jasur Javohirdek o’g’lon ham,

Qasamiga sodiq bo’lib, Hur o’lkasin qo’riqlar.

Hur o’lkamning Janubida, Askar boqar uy tomon,

Volidasin tavallud ayyomidir ushbu kun.

Qo’lda qurol yuragida tilaklari bir jahon,

Tabriklayman ushbu kunda Askar bo’lib Onajon.

Seni Rashk Qilaman. 30

Tunlari yulduzdan seni so’rayman,

Kunduz chiroq yoqib topa olmayman.

Olamda tengi yuq mening azizim,

Sendan boshqasini seva olmayman.

Hatto oy uyalar sening xusningdan,

Dilim lov yonadi, o’shlab qo’lingdan.

Ko’zlaring, vaslingni sog’indim jonim,

Seni rashk qilaman o’z ko’zlarimdan.

SHAHNOZAM.

SH ahnozam shirinim tanhosan o’zing,

A tirgul bog’imning ifori o’zing.

H ush yoqar so’zlaring sog’indim biram,

N ozligim, sog’indi seni yuragim.

O monat jonimga qasding bormidi,

Z ulmatli tunlarda qoldimku o’zim.

A razingdan jonim dilim og’ridi,

M uhabbatim o’zing, mening SHahnozam.

ONA KUTING 2

Ona kuting oz qoldi yoninggizga qaytaman,

Ta’zim aylab boshimni, poyinggizga egaman.

Sog’inganman onajon sochim silashlaringgiz,

Guyo unda butun mehr mujassamdir men uchun,

Ona kuting oz qoldi yoninggizga qaytaman,

Surxon voham bag’ridan, Samarqandga boraman.

Islom Bobom qabrini men ziyorat qilaman,

U ko’zlagan maqsadga men albatta yetaman.

Ona kuting oz qoldi xizmatim ham tugaydi,

Chegarachi o’g’linggiz sog’- salomat qaytadi.

O’ylamang meni ko’p ham sabr qiling birozgina,

Yoninggizga borsam gar g’amlaringgiz ariydi.

Ona kuting oz qoldi yoninggizga qaytaman…

BOBOM YUQ ENDI.

Farzandlarin ko’zlarini yoshlab ketgan,

Butun g’amni o’zi bilan olib ketgan.

Nabiralar yutug’ini uzoq kutgan,

BoBojonim oramizda yuq endi.

Aytar so’zi doim bo’lgan salomat,

Ezgu niyat birla qurgin buyuk taxt.

Duo qilgan bizni kulsin, omad, baxt,

BoBojonim oramizda yuq endi.

Sungi yo’lga kuzatishga hamma keldi,

Hatto uzoq viloyatdan do’stlar keldi.

Hamma yig’lar ko’z yoshlari daryo bo’ldi,

BoBojonim oramizda yuq endi.

O’n farzandni o’lg’aytirib uyli qilgan,

Qo’ylar boqib nabiralar to’yin qilgan.

Bir farzanddan ayrildiyu pora bo’lgan,

BoBojonim oramizda yuq endi.

* * *

Ona, sizni o’ylab tunlar o’xlolmadim,



Yoninggizda sizga tirgak bo’lolmadim.

Ahir qanday ayriliqqa chidash mumkin,

Savolimga o’zim javob berolmadim.

Bobom bizga osmonlardan nazar solidi,

Allohimga yaqin bo’lib duo qiladi.

Ko’p o’ksinmang jon Onajon bu dunyo shudir,

Biling, bugun bor bo’lganlar ertaga yuqdir.

BoBo sizni o’ylab tunlar o’xlolmas Onam,

Rasminggizga tikilib ko’p yig’laydi Onam.

Yig’lay-yig’lay ko’z yoshlari daryo bo’ldiku,

Tirilsanggiz tiz chukishga tayyordir Onam.

Onajonim xotirasiga (Bag’ishlov) 40

Bu dunyoda ona degan noming qoldi,

Ikki o’g’ling qon yig’lashib zor –zor qoldi.

Yuraklarda o’shalmagan armon qoldi,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Rasminggizga tikilib ko’p yig’ladim,

Otamga ham qo’shilib men yig’ladim.

Bahor kelsa takror – takror yig’ladim,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Fayzi yuqdir sizsiz mening uyimni,

Kimlar tinglab yig’ladi bu kuyimni.

Ko’rmaysizmi endi mening to’yimni,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Qoyil edim sizning toqat sabringgizga,

Yo’l topolmadim, Onajonim qalbinggizga.

Lola gulllar unib chiqdi qabringgizda,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Necha – necha bahorlar kelib ketdi,

Farishtalar boshlarini egib ketdi.

Umringgiz ham shamollardek yelib ketdi,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Ketdinggizmi bizlarni kimlarga tashlab,

Biz qoldek ortinggizdan ko’zlarni yoshlab.

Qolar bo’ldek yuraklarni g’ashlab – g’ashlab,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Bahor fasli eslatadi o’zinggizni,

Bahor fasli yoshlatadi ko’zimizni.

Bahor fasli ajratdi-ku ikkimizni,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Sabr bersin tog’dek turgan yoringgizga,

Umr bersin endi ikki o’g’linggizga.

Tirilsanggiz tiz chukardim poyinggizga,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Boburjonning nomidandir bu she’rim,

Kumush qishning qoridandir bu she’rim.

Yuragimdan yozilgandir bu she’rim,

Bahor keldi sizsiz yana Onajon.

Boburjonga Javohirning tilagi,

Butun dunyo baxtin senga tiladi.

Onam yuq deb o’ksimagin ey do’stim,

Ruhin shod qilgin shudir senga tilagi.

MUQADDAS BURCH

Otajon, bugun yo’lga shaylandim mana ,

Vatan ostonasin qo'riqlash uchun.

Yarashar xalqimiz shodlikda yursa,

Shular uchun jonim fido qilgayman.

Onajon, bugun yo'lga shaylandim mana,

Muqaddas burchimni ado etganin.

Bobolarim yo'lin tanladim Ona,

Ular so'zin qildim yurakda tugun.

Ukajon, bugun yo'lga shaylandim mana,

Serquyosh o'lkamning tinchligi uchun.

Qasamyodim bo'lar katta tantana,

Jon olib, jon beray shu vatan uchun.

Yigitlik shiorim yuragimda jam,

Muqaddas burchimni ado etgayman.

Hatto sungi nafas olishimda ham,

Vatanimga sodiq bo'lib o'lurman.

FERUZA


F arqimiz bor qarashlarda ko'p,

E kan rostdan biri kam dunyo.

R ishtalarni yurak istar ko'p,

U zun uzoq savollar paydo.

Z argar bo'lib yetay qadringga,

A lloh guvoh mening sevgimga.

* * *

Jamoling chiroyin qalam bitolmas,



Yuragim sendan o'zgasin sevolmas.

Mening hayotimsan mening go'zalim,

Munisam yuragim o'zgani deymas.

Senga she'rlarimning barini bitdim,

Senga sof tuyg'umni sevgimni berdim.

Go'zalim bag'ishla menga hayoting,

Bo'lmasin qalbimda mening armonim.

DURDONAM.

D ilimdagi dil tumorim o'zingsan,

U zun tunlar hayoldagi hamrohsan.

R abbim menga bergan buyuk baxtimsan,

D urlar ichra birdona Durdonamsan.

O lgin beray senga omonat jonim,

N etay senga aytdim yurakda borim.

A zizim sevaman sensan sevganim,

M angu yoring bo'lay, bo'lgin hamrohim.

GULNORAM. 45

G ulim, gulbog'ingda bog'boning bo'lay,

U zun tun kechalar hayoling bo'lay.

L ahzalik hayotda sevganing bo'lay,

N aqadar go'zalsan, GULNORAM ishon.

O h qani bo'lsaydim sening hayoling,

R anjimagin deya aytardim ming bor.

A gar men bo'lsaydim sening kutganing,

M uhabbatim senga qilardim isxor.

SITORABONU.

S evib qoldim sen go'zalni sevib qoldim,

I nsonparvar ekanliging suyib qoldim.

T an olarman chiroyligim, chiroylisan,

O shiq bo'ldim, oshiqligim oshkor aytdim.

R anjimagin senga yozgan bu she'rimdan,

A raz qilma senga bo'lgan bu sevgimdan.

B orlig'imsan qalbimdagi sirli sevgim,

O zor chekma senga yozgan bu ash'ordan.

N azar tashlab sen ham menga bir bor boqgin,

U quvsiz bir shoiringga rahming kelsin.

MOXINURIM.

M enga bu hayotda buyuk baxtimsiz,

O lloh menga bergan ulug' taxtimsiz.

Xaridorman o'zim kulishinggizga,

I shoning, mening eng oliy ahtimsiz.

N aqadar naqshinkor nazokatinggiz,

U midvor yuragim qarashinggizga.

R ashkli qarashimga befarq bo'lmang siz,

I stagim ishoning Muhabbatimga.

M en bo'lay bir o'zim yuraginggizda.

SENGA YOR.

Jonim kerak bo'lsa, jonim beray yor,

Borim kerak bo'lsa, borim beray yor,

Sevgim kerak bo'lsa, sevgim beray yor,

Xiyonatlar qilma chidolmayman yor...

Mehrim kerak bo'lsa, mehrim beray yor...

Tanladim dunyoda faqat o'zingni,

O'zingga yarashgan ohu ko'zingni,

Yuragim qumsaydi shirin so'zingni,

Vafoli yor bo'lgin sen o'zimga yor...

Jonim kerak bo'lsa, jonim beray yor...

O'ylama shunchaki so'zlaydi bu deb,

So'zlagan so'zidan qaytadigan deb,

Orzulari xayol ushalmaydi deb,

Vafoli yor bo'lgin sen o'zimga yor...

Borim kerak bo'lsa, borim beray yor...

Sen ishon sevgimga ikkilanma xech,

Xayollimda turarsan ertayu kech,

Sen yonimda tursang yurak o'rar tinch,

Vafoli yor bo'lgin sen o'zimga yor...

Sevgim kerar bo'lsa, sevgim beray yor...

Ibo-yu hayoga to'la bo'lgin sen,

Barchindek vafoli yorim bo'lgin sen,

Onamga mehribon kelin bo'lgin sen,

Vafoli yor bo'lgin, sen o'zimga yor...

Xiyonatlar qilma chidolmayman yor...

Alpomishdek bir so'zli yor bo'lay men,

Sen uchun har doim jonim beray yor,

Seni chindan sevar JAVOHIR ishon,

Vafoli yor bo'lgin sen o'zimga yor...

Mehrim kerak bo'lsa, mehrim beray yor...

BIBISORAM.

Ko'zmunchog'im ko'zmunchoq,

U hammaga ovunchoq.

Kulishlari bir shirin,

Bamisoli qo'g'irchoq.

Bibisoram shirinim,

Keragimsan novvotim.

Otang senga parvona,

Oppoq oydek farishtam.

Ota onang erkasi,

Katta uyning bekasi.

Buy chuzarsan kun kelib,

Go'zal hayot ertasi.

Yig'lamagin yig'lama,

Yig'lab qalbim tig'lama.

Tinch uxla Alla eshtib,

Onajoning qiynama.

AZIZ ONAJON. 50

Bugun jannatimning yuzida kulgu,

Bahor ayyom muborak aziz Onajon.

Baxtimga doimo sog' bo'ling omon,

Bayraminggiz qutlug' aziz Onajon.

Bu kun mehribonim qalbida quvonch,

Shodlik dilinggizdan ketmasin xech ham.

Yurtboshim bildirgan yuksak bir ishonch,

Bajarmoq shashdim bor aziz Onajon.

Jonajon, mehribon, mutabar Onam,

Siz menga hamisha parvonaginam.

Tabriklar Javohir o'g'linggiz bu kun,

Gullarning sarasi siz uchun Onam.

SAMARQANDIM.

Samarqandda qolib ketgan xotiralar,

Bobolarim yurti seni sog'inganman.

Yoshlik davrim qolib ketgan kuchalar,

Samarqandning havolarin sog'inganman.

Erta tongdan Onam nonlar yopar edi,

Otam esa bog'dan olma terar edi.

Issiq non - u qizil olma dasturxonda,

Qani usha onlarga qaytsam edi.

Samarqandning urf-odati boshqacha,

Qizlarining ibolari o'zgacha.

Bobolari, Momolari duo qilar,

Havas qilsa arziydi har qancha.

Tuylarida navolari Tanovardir,

Sharqqa mashxur kuylari ham bizlardadir.

Tandir noni dunyolarga don taratgan,

Salom berar qo'l ko'ksida o'g'lonlar.

Jonim beray shu vatanning tinchligiga,

Temur bobom aytgan so'zlar xaqligiga.

Samarqandim sen buyuklar shahridirsan,

Tinchlik deya aytgan so'zlar pokligiga.

GULIM.

Yoningda ham sog'inaman men,



Sog'inchlarda talpinaman men.

Sen yorimsan jonimsan mening,

Ko'kda to'lin oyimsan mening.

Ko'zlaringga qarab sevaman,

Senga baxtni tilab sevaman.

Xech kimda yuq bu dardim mening,

Parilardek go'zalim mening.

Yig'lamagin yig'lama jonon,

Yig'lasang ham go'zalsan hamon.

O lablari gilosdek gulim,

Ko'zlari ham charosdek gulim.

Sevgi go'zal sevgi muqaddas,

Ko'ksim o'zra yangraydi bir sas.

Jonim olding, jon gulim mening,

Sensiz kunim, kunimmas mening.

Boshimizdan baxt sochar osmon,

Dilimizda qolmasin armon.

Ahir bugun yo'limiz oppoq,

Oq kuylakli kuchalarga boq.

O lablari gilosdek gulim,

Ko'zlari ham charosdek gulim.

SIZSIZ BU KUN.

Ko'zlarimda ko'zlaringgiz qolib ketdi,

Yuragimda so'zlaringgiz qolib ketdi.

Tushlarimga kirib meni yupatasiz,

Sog'ingandan bu dillar talpinib ketdi.

Esimdadir usha go'zal, damlarning bari,

Quvonch shodlikda o'tgan onlarning bari.

Siymoyinggiz xech ham yodimdan chiqmas,

Sizsiz o'tmas farishtam kunlarning bari.

Siz bahorsiz go'zal ochilgan gullar,

Siz ohangsiz go'zal jarangdor kuylar.

Jonajonim, mehribonim dilzorimsiz,

Siz parisiz go'zal taralgan nurlar.

Mehringgizni sog'indimku boshim quyay tizzanggizga,

Qani endi tutsam edim go'zal gullar qo'linggizga.

Sog'inganlar aytsin ahir sog'inganing Onajon,

Bu ko'zlarim tolib ketdi, qarab turib yo'linggizga.

Onajonim Onajon sog'indim sizni yomon,

Rasminggizga tikilar opam singlim ham hamon.

Bayraminggiz yaqindir, sizsiz bu kun Onajon,

Gullar terib borarman, siz yotgan qabr tomon.

ZARNIGOR.

Qaramaysan sen menga,

Aqlim olding ey go'zal.

Tunu kun xayol senda,

Seni sevdim Zarnigor.

Ipsiz bog'lab o'zingga,

Qara mening ko'zimga.

Ishonmaysan so'zimga,

Seni sevdim Zarnigor.

Yoqqanida qishda qor,

Turar go'zal qirq nigor.

Qirq go'zalning ichidan,

Seni sevdim Zarnigor.

Javohir senga parvona,

Atrofingda giryona.

Seni ko'ngling olay deb,

Seni sevdim Zarnigor.

Jonim beray sen uchun,

Borim beray sen uchun.

Yurak urar sen uchun,

Seni sevdim Zarnigor.

Bir kun nasib bularsan,

Visolingga yetarmna.

Javohirga kunarsan,

Seni sevdim Zarnigor.

MUHABBAT KARVONI. 55

Karvonlar o'tar ekan,

Birma-bir kelar ekan.

Hayot davom etarkan,

Ishq muhabbat bo'larkan.

Hayot jumboqdir tugun,

Yuraklar bo'lar kukun.

Dillar dilga bog'lanib,

Sevishgan kimlar bugun.

Galma-galdan o'tarkan,

Muhabbatning karvoni.

Azoblarni kutarkan,

Yurakning ishq narvoni.

Dunyoning bir ishidir,

Hayotning ko'z yoshidir.

Sevib sevilgan inson,

Eng baxtiyor kishidir.

Tanlab-tanlab sevgini,

Bilmay ko'ngil kirini.

Kimlar bila olibdi,

Hayotning bor sirini.

Karvonlar o'tar ekan,

Yoshlik ham ketar ekan.

Karvonlarning qanchasi,

Manzilga yetar ekan.

OG'RINDIM

Sog'inaman sog'inganim rost,

Dil tubidan chiqar bir ovoz.

Ulan aytar yangalar yor-yor,

Kelin bo'lding bugun Nilufar.

Og'rinaman, og'ringanim rost,

Xiyonating sezgandim biroz.

Shirin so'zing qilgan ekan mast,

Mastlik meni qilar endi past.

Bugun tuying bo'lmoqda go'zal,

Sevgan yoring kutmoqda go'zal.

Sevaman deb aytganding menga,

Yolg'onlaring qolmoqda go'zal.

Xotiralar tinch quymas meni,

Qo'l ushlashib yurgan kezlarim.

Sog'inarsan go'zalim balki,

Sevaman deb aytgan so'zlarim.

Dilim endi sog'inmas seni,

Ishon jonim chin so'zim meni.

Araz qildim muhabbatdan men,

Sen tufayli homishman bgun.

Nahot mening qadrim bilmading,

Muhabbatim pisand qilmading.

O'zga yor bog'ida ochilib,

Yuribsanmi sen baxtli bo'lib.

Mayli senga bo'lsin bu hayot,

Yolg'onlaring qilsin seni mot.

Bugun meni yig'latding gulim,

Men ham baxtli bo'larman albat.

Suygan hamma murodga yetsin,

Orzulari ijobat bo'lsin.

Sevgan yori vafoli bo'lsin,

Shirin- shirin farzandlar ko'rsin.

Senga tilay bu dunyo baxtin,

O'z yoringga vafoli bo'lgin.

Agar sevsang uni chin dildan,

Uning uchun joningni bergin.

Chegara turibman sergak,

Bugun sening visol tuyingda.

Bo'lgin go'zal, yoringga tirgak,

Yaxshi yomon o'tar kunlarda.

LAYLO.


Yurakni yoqib-yoqib,

Muhabbat chiqdi g'olib.

Halovatim yuqoldi,

Layloni ko'rib qolib.

Har xil hayol suraman,

Shirin tushlar ko'raman.

Uyqumdan ham turaman,

Layloni ko'rib qolib.

Tunlar oyga boqaman,

Ich o'timni yoqaman.

Ishq soyida oqaman,

Layloni ko'rib qolib.

Yurak ko'nmas so'zimga,

Muhabbatlar ko'zimga.

Goho kelmay o'zimga,

Layloni ko'rib qolib.

Qishda yoqqan qor bo'lib,

Ishqingizga zor bo'lib.

Yuribman baxtli bo'lib,

Layloni ko'rib qolib.

Ne Uchun

Borib darding bilolmasam,

Seni borib qucholmasam.

Tuyib-tuyib qarolmasam,

Yurak o'rar ne uchun.

Sog'inganda ko'rolmasang,

Suhbatingni ololmasam.

Lablaringdan o'polmasam,

Yurak o'rar ne uchun.

Uzun-uzun sochlaringga,

Qordek oppoq yuzlaringga.

Qarolmasam ko'zlaringga,

Yurak o'rar ne uchun.

QO'RQAMAN.

Qo'rqaman ermakka berilsa savol,

Qo'rqaman ushoqni qilmoqqa uvol.

Baliqdan qo'rqmasman ilondan lekin,

Vujudim titraydi qo'rquvdan sekin.

Qo'rqaman aslida yirtqichlardan ham,

Qo'rqaman chetdagi turtgichlardan ham.

Yig'lasam qo'rqaman, hatto kulsam ham,

Qo'rqaman nimaga? xursand bo'lsam ham!

Qo'rquvni unitay yolg'iz emasman,

Sog'lomman qo'rquvni xojati yuqdir.

Alhazar qo'rqaman yolg'iz qolishdan,

Xech kimga keraksiz inson bo'lishdan.

Rabbimga shukrona aytayin qo'rqmay,

Otam bor, Onam bor nimadan qo'rqay.

Xudodan boshqasin qo'rquv bilmaydi,

Qo'rqmasdan oldinga qadam quyaylik.

DO'STIMNING ONASI. 60

Onamdek mehribon Onasiz menga,

Dardimga malhamim, darmonsiz menga.

Baxtimni o'ylagan farishta Onam,

Do'stimning Onasi mening ham Onam.

Gohida yo'limdan chiqsa sinovlar,

Maslahat bergansiz chekinma bolam.

Do'stimga suyanchiq sarishta Onam,

Do'stimning Onasi mening ham Onam.

Onamni eslasam siz ham dilimda,

Qalbimning to'risiz sog'inch tilimda.

Baxtimizga hamisha sog' bo'ling omon,

Do'stimning Onasi mening ham Onam.

Dardinggizga darmon bo'lay Ona,

Sog'liginggiz bizga kerakdir Ona.

Sizsiz farzandinggiz xech kimmas Ona,

Do'stimning Onasi mening ham Onam.

VATANFURUSHLAR.

G'ururin sotganlar ko'rdim dunyoda,

Iymonin sotganlar ko'rdim dunyoda.

O'zga yurtda yurib baron bo'lganlar,

O'z vatanin sotgan VATANFURUSHLAR.

O'zganing xaqqiga tajavvuz qilib,

Kerak bo'lsa odam furushlik qilib.

Nafsiga qo'l bo'lgan, hayvon sifatlar,

O'z vatanin sotgan VATANFURUSHLAR.

Mutabar Onasin ko'zlarin yoshlab,

Guldek xotini - yu, bolasin tashlab.

O'zga yurtda mayshatin qilib yurganlar,

O'z vatanin sotgan VATANFURUSHLAR.

Ko'zi qonga to'lgan iblis marazlar,

Hamyurtin xo'rlagan qo'rqoq qochoqlar.

O'zga yurtda o'zicha hokim bo'lganlar,

O'z vatanin sotgan VATANFURUSHLAR.

O'zicha o'ylaydi ongsiz insonlar,

Qalbida mehri yuq hissiz yuraklar.

O'zga yurt yerini vatan deganlar,

O'z vatanin sotgan VATANFURUSHLAR.

Yurtboshim so'zlagan so'zlarin takror,

Javohirjon aytsin sizlarga bir bor.

Hamisha hamma vaqt sergak bo'linggiz,

O'zbek xalqi xech kimga bosh egmasmiz. 11.03.2016.

TERMIZ CHEGARADA.

Bag'ri keng o'lkamning mard o'g'lonlari,

Vatanning tayanchi suyanchi ular.

Mardu maydon ko'rgan alp yigitlari,

Termiz chegarada qalqondir ular.

Xalqsevar yurtimning mard o'g'lonlari,

Hamisha hamma vaqt sergakdir ular.

Jonajon vatanning istiqbollari,

Termiz chegarada qalqondir ular.

Muqaddas zaminnning mard o'g'lonlari,

Vatanga har doim sodiqdir ular.

Qishda ham, yozda ham yurt posponlari,

Termiz chegarada qalqondir ular.

Mustaqil hur diyor mard o'g'lonlari.

Yurtboshim bildirgan ishonchin ular.

Vatan himoyasi ularning dardi,

Termiz chegarada qalqondir ular.

Tarixga boy o'lkam, mard o'g'lonlari,

Chegara posponi qalqoni ular.

Belida xanjar-u, qo'lda qiroli,

Termiz chegarada qalqondir ular.

Quyoshli osmonning mard o'g'lonlari,

Borini jonini berishga tayyor.

O'y xayoli hamisha yurt tinchligi,

Termiz chegarada qalqondir ular.

KINOLIKLAR XIZMATDA

Tunu kun sergak turar,

Xatar guruhda yurar.

Yurtim bo'lsin tinch deya,

Kinoliklar xizmatda.

Izquvorlik shiori,

Topgan necha izlarni.

Bolam o'ssin tinch deya,

Kinoliklar xizmatda.

Xatar bo'lsa nechalar,

Qilar xizmat kechalar.

Mard jasurdir har ishda,

Kinoliklar xizmatda.

Afg'on bizga chegara,

Xavfli hudud har yona.

Xalqim bo'lsin tinch deya,

Kinoliklar xizmatda.

Duo qilsa bobolar,

Teshib o'tmas xanjarlar.

Hushyor turar sohada,

Kinoliklar xizmatda.

Dazor yursa har zamon,

Olib yurar itlarin.

Birgalashib naryadda,

Kinoliklar xizmatda.

Oqsin timirdagi qon,

O'rsin ko'ksidagi jon.

Vatan uchun shu yurtda,

Kinoliklar xizmatda.

* * *

Kokil kunda taralar,



Ko'ngil takror saralar.

Xijobda yurgan shu qiz,

Yuragimni yaralar.

Ko'zlar quvnab chaqnaydi,

Nafratlarda dodlaydi.

Xijobda yurgan qizni,

Ko'nglim nega qumsaydi.

Ko'zim har kun ko'rsaydi,

Ko'rib ko'ngil to'lmaydi.

Seni sevdim Munisa,

Dadang shuni bilmaydi.

Qo'limdagi sur'ating,

Ko'zimga keltirdi yosh.

Nechun sen tashlab ketding,

Ey bevafo qalamqosh.

MAYXONA.


Oyoqlarim boshlar mayxona tomon,

Yordan ayrilishning azobi yomon.

Yordan habar bering yurgaymi omon,

Yuragim sog'inar uni har zamon.

Oyoqlarim boshlar yoq uyi tomon,

Yuragim rostdanam sog'ingan uni.

Ayting yorga ayting, men tomon kelsin,

Bir bora bag'rimga bosayin uni.

Xotiralar qiynab, yuragim ezar,

Armonlarim mening osmonda kezar.

Ayting nedir dardim davosi mening,

Dardimga darmonim mayxona mening.

Do'stlar may ichmasam xolim harobdir,

May bilan muhabbat orasi ayro.

Muhabbatim mening bo'lgan go'zal yor,

May menga muhabbat bo'lolmas aslo.

Oyoqlarim boshlar mayxona tomon,

Yuragim yorimni sog'inar hamon.

Kelmasligin bilar, ko'ngil ezilar,

Shunda ham yuragim yorni sog'inar.

* * *

Muhabbat bog'ida gullar ham bisyor,



Bir gulni tanlagin senga bo'lsin yor.

Asragin avayla uning jamolin,

Xech qachon bo'lmasin bag'rida g'ubor.

Hushbuy iforlari sarmast qilsa gar,

Qo'lingga tikani qattiq botsa gar.

Sen qanday bo'lsang-u, shundayin bo'lar,

Sevgining vafosi shunda bilinar.

O'zingga mos gulni tanlagin do'stim,

Hushbuy iforiga mast bo'lma do'stim

Guling shunday bo'lsin, u sening uchun,

Boshqa bog'bonlarga boqmasin do'stim.

OTA


Hattoki tunlari uyqu bilmasdan,

Boshini ko'tarmay qora mehnatdan.

Oilasi uchun uyqu bilmaydi,

O'zbekning Otasi shunday yashaydi.

Ota-yu Onasin duosin olib,

Farzand-u ayolin qalqoni bo'lib.

Dunyodagi g'amning barin yengadi,

O'zbekning Otasi botir bo'ladi.

Ot izini doim toylar bosadi,

Ko'zlari har damda porlab turadi.

O'g'lim baxtli bo'lsin, deydi Otalar,

Qizim baxtli bo'lsin, deydi Otalar.

SHOHSANAM.

SH amol bo'lib soching taragim kelar,

Oydayin yuzingni silagim kelar.

Hayotimga aylan mening borlig'im,

Sevgimni qalbingga joylagim kelar.

Agar yana kelsam yorug' dunyoga,

Netay g'arib ko'nglim senga berardim.

Agar rozi bo'lsang bitta shartimga,

Mening yorim bo'lsang, baxtga eltardim.

ISLOM BOBOM

Dunyoni zulmdan xalos aylagan,

Faqat tinchlik deya yonib yashagan.

Bugun bu dunyoning barin yig'latgan,

ISLOM BOBOM doim Otamiz bo'lgan.

Qiyinchiliklarni qalban his etgan,

O'zbekiston uchun jonin baxsh etgan.

U yaratgan davlat chorakka yetgan,

Har dam vatan uchun u qalqon bo'lgan.

Nega endi xalqi boshini eggan,

Mg'rur yur shu farzand senda o'lg'aygan.

O'zbek otang endi boshqa kelmaydi,

ISLOM BOBOM endi qalbda yashaydi.

Samarqandga borsam agar men bir kun,

Albatta Bobomni ziyorat etgum.

Mustaqil vatanni gullashi uchun,

Uning orzularin ijobat etgum.

OTANGNI HOLINI SO'RAB QUY DO'ST!

Olismas yoningga nazar solgin do'st,

Qalb ko'zingni mehrga to'ldirolgin do'st.

Ota sog'liginggiz yaxshimi deya,

Farzand bo'lib bir bor yuqlab quygin do'st.

Sen uchun qayg'urib borini bergan,

Hayot tashvishlari qaddini bukkan.

Bir sening yo'lingga ko'zini tikkan,

Otangni holidan xabar olgin do'st.

Ahir sen Otangni suyangan tog'i,

O'zingsan ul-zotning gullagan bog'i.

Bo'lay deb Otamning jasur farzandi,



Duosin olgin sen Otangni ey do'st.
Download 36,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish