ABDULXOLIQ G’IJDUVONIY - q. G’ijduvoniy.
ABODILA (arab. abdullohlar) – Fiqh ilmida to‘rt sahobai kirom (Abdulloh ibn Abbos,
Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Azz ibn Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn Oss)ga nisbatan
qo‘llaniladigan istiloh. Biror fiqhiy masala A.ning so‘zi sifatida zikr etilsa, bu masalada
mazkur shaxslarning muttafiq (bir xil fikrda) ekanlari tushuniladi. "Abdulloh" ismli
sahobai kiromning adadi, ibn as-Salohning so‘ziga ko‘ra, ikki yuz yigirmaga, ibn ul
Fathunning zabt va tahqiqiga ko‘ra esa, uch yuzga yetadi, ammo "abodila" istilohi faqat
mazkur to‘rt shaxsga nisbatangina qo‘llaniladi. Ilmi fiqhni to‘la egallagan bo‘lishiga
qaramay, Abdulloh ibn Mas’ud A. qatoriga kirmaydi. Chunki bu istiloh uning vafotidan
so‘ng paydo bo‘lgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |