XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – MAXSUS SON_____
115
salbiy yoki ijobiy jarayonni keltirib chiqфradi. Barcha qurilish, ishlab chiqarish me’yor va qoidalariga diqqat
bilan rioya qilinganda ham tabiiy sharoit buzilishi yuzaga kelishi muqarrardir. Qurilish tarmog’i tabiiy
resurslardan yirik foydalanuvchi hisoblanadi, bu esa ko’pincha ularni kamayishiga olib keladi. Olib borilgan
izlanishlar shuni ko’rsatdiki, mlrd. tonnada o’lchanadigan mahsulotlar, ya’ni qurilish materiallari va
buyumlarini ishlab chiqarish antropogen faoliyatning material sarflanish hajmining eng katta ko’rinishi
hisoblanadi. Dunyoda faqatgina beton ishlab chiqarish uchun yiliga bir necha million tonna sement, chaqiq
tosh, qum va boshqa tiklanmaydigan tabiiy resurslar sarflanadi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqish tabiiy resurslarni eng ko’p iste’mol qiluvchi soha hisoblanadi.
Qurilish materiallarini tayyorlash uchun yiliga 3 mlrd. tonnaga yaqin xomashyo – qum, tuproq, gips, ohaktosh,
granit, bazalt kabi cho’kindi jinslar qazib olinadi hamda qayta ishlanadi. U atmosfera va yerni ifloslantiruvchi
eng asosiy manbalardan hisoblanadi. Atmosfera havosini chang bilan ifloslantirish bo’yicha qurilish
materiallari sanoati birinchi o’rinda turadi [2].
Biosferaga bo’lgan ta’sir qurilish jarayonida va foydalanish davrida yuz beradi. Shovqin-suron
hayvonlarni maydon (areal)larini o’zgartirishga sabab bo’ladi. Buning oldini olish uchun avval shu yerdagi
hayvon va o’simliklarning fizologiyasini o’rganish lozim.
Yer yuzasida har xil muxandislik kommunikatsiya (gaz, suv, neft, issiqlik kanalizasiya quvurlari, elektr,
telefon kabellari va b.) quvurlarni yotqizish tuproq holatiga salbiy ta’sir etib, tuproqdagi biokimyoviy
jarayonlarni buzadi va ifloslantiradi. Yotqizilgan kabellar atrofidagi tuproq tarkibi buziladi, tuproqdagi
mikroorganizmlar nobud bo’ladi, o’simliklar quriy boshlaydi, tuproq mikrostrukturasi o’zgaradi va b.
Ma’lumotlarga ko’ra, gaz quvurlari atrofidagi 100 metr tuproq zaharlansa, issiqlik quruvlari 24 metr
bo’lgan joyda tuproqni quritib, suv tartibini buzadi, tuproqdagi mikroorganizmlar nobud bo’lishiga,
o’simliklarning qurishiga olib keladi.
Tuproqni muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari tizimlari ta’sirida ifloslanishidan saqlashda
quyidagilarga amal qilish lozim:
yer osti muxandislik kommunikatsiya qurilishlarida quvurlar va kabellar yotqizish qoidalariga to’liq
rioya qilish lozim;
har xil quvur va kabellar yotqizilayotganda ekologik maydonning kengligiga rioya qilish zarur;
muxandislik kommunikatsiya quvurlari, har xil kabellar maxsus tunel qazilib, shu tunel orqali
o’tkazilishi lozim [3].
Ushbu tadbirlar amalga oshirilsa, tuproq ifloslanmaydi va kommunikatsiya quvur hamda kabellarining
ishlashi ustidan nazorat qilinishi osonlashadi.
O’zbekistonda shaharsozlik atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarni tabiiy va texnogen holatlardan
saqlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish masalalari bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Bu
O’zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksida ham mustahkamlab qo’yilgan. Ma’lumki,
qurilishlarning salbiy ta’siri uning barcha bosqichlarida – qurilish materiallarini olishdan tortib tayyor
obyektlardan foydalanishgacha ro’y berishi mumkin. Qolaversa, dunyo miqyosida tuproq qazish ishlari va
qurilish materiallari qoldiqlari ko’rinishidagi qattiq chiqindilar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Qurilish
ishlab chiqarishi ko’plab miqdorda yer ostidan ochiq usulda qazib olinadigan tosh, qum, tuproq, ohak, sement
va boshqa resurslarni sarf etadiki, bu tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazadi. Qurilish
materiallari, buyum va detallarini ishlab chiqarish chang, qurum, zararli gazlar ajralib chiqishi bilan bog’liq
bo’lib, bu atmosfera havosining ifloslanishiga olib keladi, ayni paytda inson salomatligiga ham salbiy ta’sir
ko’rsatadi [1].
Yerlarni qazishda qorishmalar komponenti sifatida suvoq va bog’lovchi modda qorishmalarida,
texnologik qurilmalarni sovutish tizimida hamda boshqa barcha jarayonlarda suvdan keng foydalaniladi.
Ayrim hollarda ishlatib bo’lingan ifloslangan suvlar suv havzalariga oqizib yuboriladi, natijada havzalar ham
ifloslanadi. Bundan tashqari, bino va inshootlar qurilishi joylardagi gidrologik rejimning o’zgarishiga turtki
bo’ladi.
Noqulay sharoitlarda esa grunt qatlamlarining siljishi, suv arteriyalarining yo’nalishi va tezligi
o’zgarishi kuzatilishi mumkin. Bu ayniqsa, cho’kuvchan gruntli hududlarda xavfli tus oladi. Mutaxassislarning
hisob-kitobiga ko’ra, dunyo bo’yicha qurilishlar uchun yiliga 50 million kub metr yog’och talab etiladi.
Qurilishlar o’simlik dunyosiga hamda yerdagi o’simlik qatlamiga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Ko’p
hollarda, hatto loyihalarda ham o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish chora-tadbirlari ko’rilmasdan
obyektlarni rejalashtirish, joylashtirish natijasida nafaqat o’simlik dunyosiga, balki hayvonot dunyosiga ham
zarar yetkazilmoqda. Boisi, ko’plab qushlar asosan baland daraxtlarda jon saqlaydi. Yana bir muammo
tuproqqa bosim o’tkazilishi bilan bog’liqdir [1]. Baland binolar og’irligi oqibatida yerning yuqori jinslari
Do'stlaringiz bilan baham: |