XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – MAXSUS SON
116
siqiladi (50 metrgacha chuqurlikda). Shuningdek, hosildor tuproq qatlamiga ham jiddiy zarar yetadi. Qurilish
obyektlarini loyihalashtirishda mo’ljallanayotgan obyektning atrof-muhitda qanday ta’sir etishigina emas
balki, uning keyinchalik faoliyat ko’rsatishini va lozim bo’lganda buzilishi ham ko’zda tutilishi darkor. Eng
asosiysi, inson bilan atrof-muhitning uzviy bog’liqligini unutmaslik kerak [3].
Tabiat muvozanatini ta’minlash, qurilishlar natijasida atrof tabiiy muhit ifloslanishining oldini olish,
flora va faunani saqlab qolish, joylarning barqaror rivojlanishini hisobga olib, tabiat va qurilish obyektining
o’zaro ta’sirini ekologiyalashtirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek,
urboekologik, me’moriy-ekologik va qurilish ekologiyasi vositalari yordamida yashash joylari bilan tabiiy
muhit o’rtasida gieokologik muvozanatni saqlash maqsadida barqaror loyihalash va qurish, shaharlarni,
alohida bino hamda inshootlarni ekologik rekonstruksiyalash, barcha resurslarni tejash, ulardan barqaror
foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish, chiqindilarni qisqartirish, atrof tabiiy
muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi obyektlarni ekologik-iqtisodiy monitoring yordamida o’z vaqtida aniqlash,
tegishli qarorlar qabul qilish qurilish sohasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi eng muhim tadbirlar
sirasiga kiradi. Bu o’rinda qurilish ishlab chiqarishining ekologik madaniyatini sezilarli darajada yuksaltirish
zarurati yuzaga keladi. Bu albatta, nafaqat quruvchilarga, balki qurilish buyurtmachilariga, loyihachilar va
davlat nazorat organlariga ham bog’liq bo’ladi.
Rejalashtirish va qurilish loyihalarida atmosfera havosini qurilish hamda transport vositalaridan
chiqariladigan zararli chiqarilmalardan muhofazalash tadbirlari, suv havzalari, tuproqni muhofazalash,
shovqinni, tebranishlarni va elektromagnit nurlanishlar darajasini kamaytirish choralari, sanitar gigiyenik
sharoitlarni yaxshilash tadbirlari o’z aksini topgan bo’lishi darkor. Bino va inshootlarni buzishda ham tabiatni
muhofaza qilish chora-tadbirlari ko’rilishi shart.
Qurilish jarayonining atrof-muhitga salbiy ta’sirini va chiqindilarning miqdorini kamaytirish uchun
ularni yig’ib, tarkibi bo’yicha taqsimlab, qayta ishlashga jo’natish eng samarali yo’l hisoblanadi. Chiqindilarni
qayta ishlash jarayoni ishlab chiqarishning o’sishiga, shu bilan birga uning tabiatga, ekologiyaga bo’lgan
ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Bunday qayta ishlangan materiallardan foydalanish qurilish
materiallarini tejashga va chiqindilar miqdorining kamayishiga imkon yaratadi.
Qurilish chiqindilarini qurilish maydonida qayta ishlashning kamchiligi materiallar tarkibi bo’yicha
taqsimlanmaydi. Bunda qo’shimcha elektr energiyasi, tashish ishlari va shu kabilar uchun mablag’ talab etiladi.
Chiqindilarni qayta ishlash jarayonida ba’zi hollarda ulardan sezilarli zararli moddalar ajralib chiqish ehtimoli
mavjud.
To’liq ta’kidlash zarurki, zamonaviy qurilish texnogenezi tabiiy majmualar va ekotizimlarda sodir
bo’ladigan jarayonlarga, biosferaning barcha tarkibiy qismlari: atmosfera, gidrosfera, litosfera va biotiklar
dunyosiga nihoyatda jiddiy ravishda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Salbiy ta’sirni kamaytirish va oldini olish uchun
quyidagilarga e’tibor berish lozim.
1. Gidrosferaga bo’ladigan ta’sir asosan yer qazish ishlaridan chiqqan suvlarni tindirib keyin irrigasion
tizimga quyish talab qilinadi.
2. Atmosferaga bo’ladigan ta’sirlar ifloslanish, shovqin, chang. Bu ta’sirlar qurilish bosqichida amalga
oshadi. Ifloslanish har xil texnikalarning harakati, ishlashi jarayonida sodir etiladi. Tuproqni yumshatish,
qazish, to’ldirish, tekislash, portlatish ishlarida chang ko’tariladi va atrof-muhitga shovqin tarqaladi. Faqatgina
bir tonna sement ishlab chiqarish atmosferaga 1 tonna CO
2
chiqaradi. Dunyoda sement ishlab chiqarish bilan
bog’liq umumiy CO
2
tashlamasi 1,2 mlrd. tonnadan oshib ketadi. Energetika tashlamasi (shovqin, infratovush,
tebranish, ion hosil qiluvchi nurlar va sh.k.) anchagina xavfli hisoblanadi. Sement zavodlari va qurilish
industriyasining boshqa korxonalarining ishlashida qattiq chiqindilar va yirik hajmdagi oqava suvlarning
paydo bo’lishi kuzatiladi [2].
3. Litosferada asosiy ta’sir tuproq resusrlariga bo’lib, bunda tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetadi
va ma’lum darajada ifloslanadi. Buning oldini olish uchun ish jarayonida suvdan foydalanish va namlik yetarli
sharoit bo’lishi kerak.
Xulosa qilib ta’kidlash zarurki, zamonaviy qurilish texnogenezi tabiiy majmualar va ekotizimlarda sodir
bo’ladigan jarayonlarga, biosferaning barcha tarkibiy qismlari: atmosfera, gidrosfera, litosfera va biotiklar
dunyosiga nihoyatda jiddiy ravishda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |