Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2019 Ўзбекистон республикаси фанлар


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – MAXSUS SON



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/148
Sana24.02.2022
Hajmi2,98 Mb.
#191574
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148
Bog'liq
maxsus axb

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – MAXSUS SON_____
 
113
kimyoviy, biologik va boshqa ta’sirlar harakatlanadi. Shaharlardagi maydonlarda tabiiy ekotizimlarning texnogen 
darajasi va maydonining zararlanishi yuqoridir. 
Urboekotizimlarning ko’p shaklli xillari tabiiy va antropogen tizimlar ostida birikadi. Shahar – ekotizimlarga va 
atrof-muhitga to’liq bog’liqdir. Shaharning rivojlanishi tabiiy atrof-muhit qonunlari bilan emas, balki ekologik 
muvozanatni buzilishi, inson faoliyatining bunyodkorligi va buzuvchanligi bilan aniqlanadi. Shaharni muvozanatsiz 
ekotizimlarga qo’shish mumkin. 
Ayrim shahar maydonlarida ushbu o’ziga xos xususiyatlar oqibatida urboekotizimlarning biomassasi 
muvozanatlashmagan, ozuqa zanjiri buzilgan, unumdorlik yo’q qilingan. Urboekotizimlarning soddalashgan tarkibi 
uning tashqi ta’sirlarga yuqori barqarorligini ta’minlamaydi, doimiy ekologik nazoratni va ekologik talablarni 
bajarilishini talab qiladi. 
O’zbekiston Respublikasining tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya va resurslardan samarali va 
oqilona foydalanish bo’yicha qabul qilingan bir qancha qonunlari hamda qonun osti me’yoriy hujjatlarda 
shaharsozlik faoliyatida maxsus ekologik talablar belgilangan.
Ushbu hujjatlarga asosan shahar va aholi yashash punktlarini joylashtirish, loyihalash, qurilishi va qayta 
ta’mirlanishida tabiiy ekotizimlarni harakat qilishi hamda insonlarning hayotiy faoliyati uchun o’rab olgan atrof-
muhit holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’minlaydigan kompleks chegaralarga rioya etilishi zarur . 
Shaharsozlik faoliyatida ekologik talablarni quyidagi uchta asosiy yo’nalish bo’yicha ko’rib chiqamiz: 
1. Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va qurish; 
2. Shaharlar va aholi yashash punktlarining atrof-muhit muhofazasi sanitariyasi; 
3. Shaharlarda yashil maydonlarni yaratilishi va muhofazasi. 
Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va qurishda tabiiy atrof-muhitni tiklanishi, buzilgan 
maydonlarni rekultivasiyalash (qayta tiklash), yerlarni obodonlashtirish, madaniy meros obyektlarini muhofaza 
qilish, ekologik xavfsiz va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi lozim. 
Shaharlarda yashil maydonlar shovqinlarning darajasini, chang va gazlarning tarkibini pasaytiradi, shahar qurilishini
noqulay shamollardan himoya qiladi, fitonsid ta’sir ko’rsatadi, radiasiyani yumshatadi va h.k.
Qurilish materiallarining umriboqiyligining asosiy omillaridan biri iqlim hisoblanadi. Iqlim qurilish 
materiallarining xizmat qilish muddatini boshqaradi. Qurilish materiallarining umriboqiyligiga iqlimning 
quyidagi komponentlari ta’sir ko’rsatadi. Bularga quyosh radiasiyasi, harorat, havoning bosimi, havoning 
namligi, shamol va yomg’ir, kimyoviy moddalar kiradi. 
Quyoshning ultrabinafsha nurlari organik materiallarning holatini yomonlashtiradi, ya’ni materialning 
ichida kimyoviy reaksiyalarni sodir qiladi va oksidlanishni keltirib chiqaradi. Bunday ta’sir tog’li hududlarda 
kuchlidir, ya’ni ultrabinafsha nurlarning jadalligi yuqori va janub tomonga siljishi bo’yicha oshib boradi. 
Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, haroratning har 10°C ko’tarilishida kimyoviy reaksiyalarning tezligi 
ikki marta oshadi. Juda yuqori harorat organik materiallarning yomonlashishini oshiradi. Haroratning har 7°C 
ko’tarilishida yog’och qipiqli plitadan karbamid asosidagi yelim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta 
oshadi. Xuddi shuningdek, issiqlik quyosh radiasiyasi, kislorod va namlik bilan birikishida qurilish 
materiallarining yomonlashish jarayonini kuchaytiradi [3]. Plastik, rezina, kauchuk va boshqa turdagi qurilish 
materiallari past haroratda muzlaydi va maydalanadi. Shimoliy Yevropada tashqi ko’rinishi g’ovakli bo’lgan 
g’ishtni past haroratda pishirish ikki qish davriga cho’ziladi. Ayniqsa, g’ovakli mineral materiallar uchun hal 
qiluvchi omil – muzlatish va eritish davri hisoblanadi. Havoning bosimi materiallarning yopiq tuzilmadagi 
g’ovaklari ichidagi kuchlanish va hajmiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, g’ovak oyna va har xil plastik 
himoyalovchi materiallar. Shuningdek, havoning bosimi germetik (zich berkitilgan) derazaga ham ta’sir 
ko’rsatadi, ya’ni o’lchamlarining o’zgarishi sodir bo’ladi va haroratning o’zgarishida xuddi shunday ta’sir 
bo’ladi [1]. 
Namlikning o’zgarishi materiallarning kuchlanishi va hajmining o’zgarishiga hamda yomonlashishiga 
ta’sir ko’rsatadi. Ko’tarilib ketgan namlik materiallarning yeyilishini oshiradi. Havo namligining tarkibi 
doimiy bo’lgan binolarda faqatgina musiqaviy asboblar, fortepiano va g’ijjak ishlab chiqarish mumkin. Xuddi 
shunday sharoit boshqa interyer materiallar, ya’ni pardoz qoplama materiallarni yeyilishini kamaytirish va 
tozalanishini yaxshilash uchun ham qo’llanilishi zarur. Namlikning nisbatan 30-70% ko’tarilishi bilan yog’och 
qipiqli plitadan karbamid asosidagi yelim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta oshadi[1]. 
Shamol va yomg’ir qurilish materiallarida namlikning to’planishiga olib keladi va salbiy jarayonlarni 
boshlaydi. Kuchli shamolda materiallarga bosim ta’sir qiladi, hatto materiallarning sinishiga yoki holatini 
keskin yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shamol qumlar bilan birikishida ba’zi bir qurilish 
materiallarining buzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Qorning og’irligi ham qurilish materiallarining tuzilmasini 
buzishi mumkin [3]. 



Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish