Ключевые слова: производство, нормативно-правовые акты, ландшафт, ресурсы, природная
среда, уроэкология, урбоэкосистема, город, район, градостроительные районы, экологический баланс,
зеленые насаждения.
Abstract. In this research the ecological problems and decisions of urbanization are investigated. The
recommendations for protection of green zones on borders of city, development of a measure on maintenance
of ecological safety and ecological protection are given.
Key words: development, regulatory legal acts, landscape, resources, natural environment, uroecology,
urban ecotism, city, district, urban areas, ecological balance, green spaces.
Qurilish jarayonida atrof-muhitga salbiy ta’sirlar bo’lib turadi. Qurilish maydonini tayyorlash bevosita
daraxt va butalarning kesilishi, tuproq qatlamining zararlanishi va qurilish maydonlaridan chiqayotgan oqava
suvlar, kфvlash ishlari, qurilayotgan obekt tagidan poydevor uchun qazilgan chuqurlik va quvurlar uchun ariq,
qurilish maydonchasida harakatlanayotgan avtotransport va boshqa mexanizmlar tomonidan chiqayotgan
chiqindilar – qurilish jarayonidagi asosiy ifloslantiruvchi manbalar hisoblanadi. Tabiatda amalga oshiriladigan
qurilish ekotizimlarini har bir vakili uchun talofat yetkazadi, masalan hayvonot olamiga, qurilishning bo’lishi
natijasida hayvonot olamining ozuq zanjiri buziladi, bu esa o’z navbatida ularning sonini qisqarishiga olib
keladi. Loyiha tuzuvchilar iloji boricha tabiiy atrof-muhitga qurilishning salbiy ta’sirini kamaytirishga harakat
qilmog’i zarurdir.
Shaharsozlik ekologiyasi shahar aholisi mavqesining mamlakat miqyosida o’sish maydonlarida insonlar
yashaydigan ekologik xavfsiz muhitni yaratilishi, shahar va qishloqlarni rivojlanishi, aholini turli joylarga yer
sathidagi katta kenglikda joylashtirish bo’yicha faoliyat tushuniladi.
Shaharsozlikning ekologik muammosi tabiiy atrof-muhit bilan o’rab olgan shahar va qishloqlarni har
tomonlama ta’sirini o’rganish asosida faqatgina muvaffaqiyatli qaror topishi mumkin.
Shahar muhitida tabiat va inson o’rtasidagi ma’lum o’zaro kelishuv ular orasidagi ekologik
muvozanatni, ya’ni o’z-o’zini rostlashi, qayta ishlab chiqarishi va uning asosiy tashkil etuvchilarini tegishli
muhofazasi ta’minlangan shunday tabiiy atrof-muhit holatida erishish sharoitida faqatgina amalga oshishi
mumkin. Bunda insonning hayotiy faoliyati uchun ijobiy ta’sir ko’rsatadigan sharoitning yaratilishi,
shuningdek tabiiy va material resurslarini to’g’ri ishlatilishi muhim masala hisoblanadi.
Shaharning hududiy chegarasida har xil ko’rinishdagi qurilishdan tabiiy ekotizimlarda texnogen (uylar,
korxonalar, yo’llar va h.k.) yuklar ayniqsa keskindir. Bu yerda chegaralangan hududga nisbatan sanoat, fuqaro va
boshqa komplekslar bir joyda to’plangan, bir vaqtning o’zida barcha ko’rinishdagi antropogen, ya’ni mexanik, fizik,
Do'stlaringiz bilan baham: |