51
(qovurg‘alar, to‘sh suyagi, umurtqalar) va naysimon suyaklar-
ning epifizlarida saqlanib qolgan qizil ko‘mik qon yaratuvchi
joylar bo‘lib qoladi.
Turli yoshda bolalarning qoni miqdor va sifat jihatidan o‘ziga
xos o‘zgarishlarga uchraydi. Chunonchi, ana shu xususiyat-
laridan kelib chiqqan holda, gematologik ko‘rsatkichlarga
tayanib, bolalik davrini shartli ravishda 3 ga ajratiladi:
chaqaloqlik, emizikli va katta yoshli bolalik davri.
Chaqaloq bolalar qonida gemoglobin va eritrotsitlar soni
nisbatan ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Chaqaloqlikning birinchi-
ikkinchi kunidan boshlab ularning miqdori kamayib boradi.
Rang ko‘rsatkich (gemoglobin va eritrotsitlar miqdori orasidagi
nisbat) dastlabki kunlarda yuqori bo‘ladi, keyingi kunlar
davomida u ham asta-sekinlik bilan kamayib boradi.
Chaqaloq qoni tarkibida leykotsitlar soni ham ko‘p bo‘ladi,
keyingi kunlarda ularning soni ham kamayib boradi. Leykot-
sitlarning ko‘p bo‘lishini ham chaqaloq organizmining yangi
sharoitga moslashuv davrida o‘zini himoya qilish vositasi deb
qarash mumkin.
Qondagi trombotsitlar miqdori aytib o‘tilgan davrlarning har
birida deyarli farq qilmaydi va 200-300 ming atrofida saqlanadi.
Emadigan bolalarda ham gemoglobin hamda eritrotsitlar
miqdori asta-sekin kamayib boradi. Bola bir yoshdan o‘tgach,
ularning miqdori qaytadan ko‘tarila borib, kattalarnikiga
yaqinlasha boshlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, hayotining birinchi yilini
yashab kelayotgan bolalarda qonning morfologik tarkibi keng
doirada individual o‘zgarishlarga uchrab boradi, bu o‘zgarishlar
bola qon apparatining har xil endogen va ekzogen omillar
ta’siriga o‘ta sezgirligining nishonasidir.
Bolalarda ham limfa tizimiga limfa tugunlari, limfoid
follikulyar va limfoid to‘qimaning diffuz to‘plamlaridan tashkil
topgan ayrisimon bez, taloq va limfatik bezlar kiradi.
Chaqaloqlarda limfa tugunlari kattalarnikidan qiyosan
kattaroq, biriktiruvchi to‘qima kapsulasi yupqa va nozik bo‘lib,
bo‘lakchalari ichidagi to‘siqchalari deyarli bo‘lmaydi. Limfa
tugunlarining rivojlanishi bolaning 12-13 yoshida tugallanadi.
Limfa tugunlari tananing qaysi sohalaridan limfa oqib kelishiga
qarab joylashadi.
52
25-50% sog‘lom bolalarda limfa tugunlarini bo‘yinning oldi
va orqasidan, qo‘ltiq ostidan, chov sohasidan paypaslab topish
mumkin. Ular yakka-yakka, kattaligi tariq donasidan yasmiq
kattaligigacha keladigan, yumshoq, harakatchan, bir-biri va
atrofidagi to‘qimalarga yopishmagan bo‘ladi.
Limfa tugunlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– organizm uchun himoya vositalari ishlab chiqarish;
– tugunga tushib qolgan zaharli moddalar, bakteriyalar va
ularning toksinlarini zararsizlantirish;
– tugunlardagi plazmatik hujayralardan antitelolar ishlab
chiqarish.
Ayrisimon bez (timus) oldingi ko‘krak oralig‘ining yuqori
bo‘lirmda joylashgan bo‘lib, bolaning 8 yoshlarigacha rivojlanib
faoliyatini ko‘rsatib keladi va 9, 13, 15 yoshlarga kelib asta-
sekin yog‘ to‘qimasiga aylanib involyutsiyaga uchraydi.
Ayrisimon bez limfo-poetik, moddalar almashinuviga aloqador,
immunologik va endokrin vazifalarni bajaradi. Bolalar talog‘i
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, qon tomirlariga boy
va biriktiruvchi to‘qimasi sust rivojlangan. Uning asosiy vazifasi
limfotsitlar hosil qilish, eritrotsitlar va monositlarni parchalash-
dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: