M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Buyrak va siydik chiqarish tizimining AFX



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
2.3.7. Buyrak va siydik chiqarish tizimining AFX
 
 
Bolalarning  siydik  ajratish  a’zolari  ham  o‘zining  bir  talay 
anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloq  hayotining  dastlabki  oylarida 
buyraklar bo‘lakchali tuzilishga ega bo‘lib, bu bo‘lakchalar asta-
sekinlik  bilan  qo‘shilib  boradi  va  keyinchalik  yaxlit  tuzilishga 
kiradi.
 
Buyraklarning  og‘irligi  chaqaloqlarda  11-12  grammdan 
bo‘lib,  bola  bir  yoshga  to‘lganida  bu  og‘irlik  3  marta  ortadi, 
kattalarnikiga qaraganda pastroqda joylashgan, shuning uchun 
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning buyraklarini paypaslab topish 
osonroq bo‘ladi.
 
Go‘dak  bolalar  buyraklarining  jomlari  va  siydik  yo‘llari 
nisbatan keng, muskul va elastik tolalari yetarli rivojlanmagan-
ligidan,  ularning  devorlari  pastroq  tonusga  ega  bo‘ladi.  Bu 
xususiyat  buyrak  jomlari  va  siydik  yo‘llarida  siydikning  turib 
qolishiga sharoit yaratadiki, natijada patologik jarayonlar kelib 
chiqishi osonlashadi.
 
Yosh  bolalarda  siydik  pufagi  (qovuq)  maktab  yoshidagi 
bolalarnikiga  qaraganda  yuqoriroqda  joylashgan,  muskul  va 


 
49 
elastik  to‘qimalari  zaifroq  rivojlangan  bo‘ladi.  Chaqaloqlarda 
qovuqning  sig‘imi  50  ml,  go‘daklarda  200  ml,  9-10  yoshga 
to‘lganida esa 600-900 ml ni tashkil qiladi.
 
Bolalarda  qovuqni  yuvish  uchun  ishlatiladigan  suyuqlik 
miqdori qovuq sig‘imidan oshib ketmasligi kerak.
 
O‘g‘il bolalarning siydik chiqarish kanali (yo‘li)ning uzunligi 
5-6 sm, voyaga yetish davrida esa 12 sm ga yetadi (kattalarda 
18 sm gacha).
 
Yangi tug‘ilgan qiz bolalarda 1-2 sm, 12-13 yoshda 3-5 sm 
uzunlik va orqa chiqaruv teshigiga yaqin joylashgan bo‘ladi.
 
Shuning  uchun  qiz  bolalar  jinsiy  a’zolari  parvarish  qilina-
yotganda  orqa  chiqaruv  teshigidan  infeksiya  uretra  (siydik 
kanali)ga  o‘tmasligi  uchun,  ularning  tagini  oldindan  orqaga 
qarab artiladi va yuviladi.
 
Chaqaloqlar  sutka  davomida  20-25  martagacha,  emizikli 
yoshdagi bolalar 15-17 martagacha, bola 2-3 yashar bo‘lganida 
8-10  marta,  6-7  yoshga  to‘lganida  esa  5-6  marta  siyadi. 
Bolaning  necha  marta  va  qancha  siyishi  uning  ovqatlanish 
xarakteriga,  ichilgan  suyuqliklar  miqdori  va  sifatiga  hamda 
tashqi  muhitning  haroratiga  bog‘liq.  Bir  sutkada  ajraladigan 
siydik miqdorini bolalarda taxminan quyidagi formula asosida 
hisoblab chiqarish mumkin:
 
100 x ( n - 1 ) + 600
 
Formuladagi 600 – bir yoshli bolaning sutkada ajratadigan 
siydik  miqdorini,  n  –  bolaning  yoshini  bildiradi.  Masalan,  5 
yoshli  bolaning  bir  sutkalik  siydik  miqdori:  100x(5-l)+600= 
100x4+600= 1000 ml ni tashkil qiladi.
 
Chaqaloqlarda  buyraklarning  filtratsiya  qobiliyati  sustroq 
bo‘lgani uchun dastlabki kunlarda siydik bilan birga biroz miq-
dorda oqsil ham ajraladigan bo‘ladi (fiziologik albuminuriya).
 
Chaqaloq  va  emizikli  yoshdagi  bolalarda  siyish  refleksi 
ixtiyorsiz  (shartsiz)  bo‘lib,  qovuq  to‘lishi  bilan  o‘z-o‘zidan 
bo‘shatiladigan  bo‘ladi.  Shartli  siyish  refleksini  bolada  paydo 
qilish 3-4 oyligidan boshlanishi va qunt bilan o‘rgatilishi kerak. 
Har  safar  bola  uyqudan  turganida  tagi  quruq  bo‘lsa,  emizib 
bo‘lgandan  so‘ng  10-15  daqiqa  o‘tgach,  albatta  bolani  to‘sish 
lozim.  Bolani  8-10  oyligidan  boshlab,  vaqti-vaqti  bilan, 
aksariyat  hollarda  uyqudan  oldin  va  keyin  tuvakka  o‘tqizib 
turish ham shartli refleksning shakllanishiga yordam beradi.
 


 
50 
Bolalarning  siydik  ajratish  a’zolarining  anatomo-fiziologik 
xususiyatlarini  bilish  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  orga-
nizmdagi  barcha  suyuq  chiqindilar,  patologik  ajratmalar  shu 
tizim a’zolari ishtirokida tashqariga chiqib ketadi. Bas, shunday 
ekan, ko‘pchilik kasalliklarning tezroq tuzalishi bevosita mana 
shu  tizimning  naqadar  normal  faoliyat  ko‘rsatishiga  ko‘p 
jihatdan bog‘liq bo‘lib qoladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish