Bolaning asab-ruhiy rivojlanishi va shartli reflekslarning
shakllanishi
«Sog‘lom bola» haqida fikr yuritilganda bolaning xulq-atvori,
emotsional kayfiyatu ruhiyati va bilim-malakalarining bola
yoshiga to‘g‘ri kelish-kelinmasligi ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Hayotining birinchi yilida bolaning asab-ruhiy rivojlanishi
quyidagi asosiy bosqichlar bilan ta’riflanadi:
Bola 2 oylik bo‘lganda ko‘zlarini bemalol ochib, osib qo‘yil-
gan o‘yinchoqlarga termulib yotadi, kattalarning qiliqlariga
qarata kuladi, boshini tuta boshlaydi.
55
Bola 3 oylik bo‘lganida kattalarning qiliqlariga javoban ovoz
chiqargan holda tipirchilab shodlanganligini bildiradi. Qorni
bilan uzoq yotadi.
Bola 4 oylik bo‘lganda
«guvranadi», ovozga qarab ovoz chiq-
qan joyni aniqlaydi, osib qo‘yilgan o‘yinchoqlar bilan uzoq vaqt
mashg‘ul bo‘ladi.
Bola 5 oylik bo‘lganda yana ham
«guvranadi», o‘ziga yaqin
odamlarni taniy boshlaydi, yaxshi va yomon muomalalarni
ajratadi. Qo‘llarini uzatadi, o‘yinchoqlarini qo‘lga olib, uzoq
ushlab turadi. Chalqancha holatdan qorniga ag‘dariladi,
qo‘ltig‘idan ushlab turilsa qaddini to‘g‘rilab tik turadi.
Bola 6 oylik bo‘lganida ayrim bo‘g‘inlar (
«ma», «ba», «da»
va boshqalar)ni talaffuz qila boshlaydi, o‘zi mustaqil o‘yinchoq-
larini olib uzoq o‘ynaydi, qorni bilan yotgan holatdan orqasiga
o‘giriladi, emaklashga harakat qiladi, qoshiqchadan ovqatlana
oladi.
Bola 7 oylik bo‘lganda o‘zicha har xil ovozlar chiqaradi,
o‘yinchoqlarini urib silkitadi, yaxshigina emaklaydi, kattalar-
ning qo‘lidan yoki narsalarni ushlagan holda tik turadi.
Bola 8 oylik bo‘lganda har xil bo‘g‘inlarni takror-takror
qattiq ovozda talaffuz qiladi, biror kishi yoki narsaning nomi
aytilsa ularni qidiradi. Iltimos qilib so‘ralgan narsalarni baja-
rishga harakat qiladi, o‘zi mustaqil o‘tiradi va yotadi, biror
narsaga tiralib o‘zi turadi, devorlarni ushlab qadamlar tashlaydi.
Bola 9 oylik bolganida turli o‘yinlarni birga bajaradi,
bekinmachoq o‘ynaydi, katta yoshdagi kishilarning
«qo‘lingni
ber
», «xayr», «assalom» kabi harakatlarini bajaradi. Ikki qo‘li
ushlab turilsa va aravacha bilan yuradi.
Bola 10 oylik bo‘lganida ba’zi narsalar va yaqin kishilarning
nomlarini tushunadi,
«ular qani deyilganda» ularni axtaradi.
Kattalar yordamida tepalikka chiqadi va undan tusha oladi.
Bola 11 oylik bo‘lganida buyurilgan yengilroq topshiriqlarni
bajaradi, o‘yinchoqlarini diqqat bilan o‘ynab, ularni taxlaydi,
halqalarni o‘rniga kiygizadi va chiqarib oladi. O‘zicha tik turadi
va kattalar yordamida yura boshlaydi.
Bola 12-13 oylik bo‘lganida esa o‘zining dastlabki ma’noli
so‘zlarini –
«oyi», «dada», «ber», «ol», «opa» talaffuz qila bosh-
laydi. O‘zi mustaqil yuradi va idishlardan bemalol suyuqliklarni
icha oladigan bo‘ladi.
56
Yuqorida aytib o‘tilgan asab-ruhiy rivojlanish ko‘nikma-
larining vaqtida paydo bo‘lishi va shakllanishida to‘g‘ri tashkil
qilingan kun tartibi, to‘g‘ri ovqatlantirish va bola bilan mashg‘ul
bo‘lishning ahamiyati nihoyatda katta.
Asab tizimining yaxshi rivojlanishi va ruhiy jihatdan charcha-
maslik uchun uyqu bilan faol uyg‘oqlik davrlari to‘g‘ri tashkil
etilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |