M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
2.3.9. Asab tizimining AFX
 
 
Organizmdagi ichki  jarayonlarning bir-biri bilan yaxlitligini 
ta’minlovchi va uning tashqi muhit bilan aloqasini tartibga solib 
turuvchi tizim – asab tizimi hisoblanadi.
 
Barcha  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  a’zolar  tizimining  ham-
korlikda faoliyat ko‘rsatishi bevosita mana shu tizimning naqa-
dar mukammal rivojlanganligi va faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq. 
Lekin  bola  organizmining  hali  o‘sib  rivojlanishda  bo‘lishini 
hisobga olinadigan bo‘lsa, asab tizimi ham o‘zining anatomo-
fiziologik xususiyatlariga egaligi aniq-ravshan bo‘lib qoladi.
 
Bola  tug‘ilishiga  yaqin  qolganda  asab  tizimining  boshqa 
a’zolar va tizimlarga qaraganda ham kamroq rivojlanganligi va 
differensiallashganligi ma’lum bo‘lib qoladi.
 
Chaqaloqning bosh miyasi og‘irligi qiyosan katta bo‘lib, tana 
vaznining 1/8-1/9 qismini tashkil qiladi(kattalarda 1/40).
 


 
53 
Bolalarning  miya  to‘qimasi  suvga  va  qon  tomirlariga  boy, 
spetsifik  oqsil  moddalari  kam  bo‘ladi.  Ana  shu  xususiyatidan 
kelib chiqib, bolalarning miyasi turli xil patologik jarayonlar va 
kasalliklar natijasida tez shishadigan bo‘ladi.
 
Tashqi ko‘rinishida egatchalar va pushtachalari yaxshi ifoda-
lanmagan, miyaning kulrang moddasi oq moddasidan hali ajral-
magan bo‘ladi. Egatcha va pushtachalarning yaxshi ifodalanma-
ganligi  bolaning  hali  hayotiy  ko‘nikmalari  paydo  bo‘lmagan-
ligidan,  kulrang  moddaning  oq  moddadan  ajralmaganligi  esa 
bolada  ichki  tizimlarni  boshqaruvchi  markazlarning  hali 
shakllanmaganligidan dalolat beradi.
 
Katta yarim sharlardagi hujayralar son jihatidan kattalarniki 
bilan teng bo‘lishiga qaramay, ular hali yetilmagan bo‘ladi.
 
Orqa miya tug‘ilish vaqtida ancha mukammallashgan, lekin 
kattalarnikiga  qaraganda  umurtqa  pog‘onasiga  nisbatan  olin-
ganda, qiyosan uzunroq bo‘ladi.
 
Oy-kuni  yetib  tug‘ilgan  chaqaloq  bir  qancha  tug‘ma  yoki 
shartsiz reflekslarga ega bo‘ladi. Bularga so‘rish, yutish, ko‘zni 
pirpiratish,  yo‘talish,  aksirish,  defekatsiya  (ich  qilish),  siydik 
chiqarish,  Babinskiy,  Kernig,  Moro  va  boshqa  ko‘pgina 
reflekslarni misol keltirish mumkin.
 
Aksariyat  shartsiz  reflekslar  ma’lum  vaqtga  kelib  yo‘qolib 
ketadi yoki shartlisi bilan almashinadi. Ba’zi shartsiz reflekslar-
ning belgilangan muddatda yo‘qolmasligi yoki qaytadan paydo 
bo‘lishi  patologik  belgi  hisoblanadi.  Bunday  hollarda  bolani 
nevropatolog  shifokor  tomonidan  konsultatsiya  qilinishini 
ta’minlash zarur.
 
Bolada  hayotining  birinchi  kunlaridan  boshlaboq  oliy  asab 
faoliyati  rivojlana  boshlaydi.  Shuning  uchun  bola  atrofdagi 
tashqi  muhit  bilan  katta  yoshdagi  odamlarga  qaraganda  bir-
muncha  osonroq  shartli  aloqalarga  kirishadi,  bu  aloqalar 
turg‘un va yorqin bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, bola muayyan 
yurish-turish ko‘nikmalarini, odat-amallarni nisbatan tez hosil 
qiladi,  bular  esa  uzoq  vaqtlargacha,  odatda  umrbod  saqlanib 
qoladi.
 
Hosil  qilingan  reflekslar  turli  noqulay  va  kuchli  ta’sirlar 
(ruhiy va jismoniy zarba va zo‘riqishlar, kasalliklar, tarbiyadagi 
nuqsonlar  va  boshqalar)  natijasida  osongina  so‘nib  ketishi 
mumkin.
 


 
54 
Bolada  ta’m  bilish  yaxshi  (shirin  va  nordonni  yaxshi  ajra-
tadi),  hid  bilish  kamroq,  tuyg‘u  hissi  esa  yaxshi  rivojlangan 
(lablariga  qo‘l  tekkizish  emishga  harakatni  paydo  qiladi,  yuz, 
qo‘l  va  oyoq  terisi  tekkizilgan  narsalarni  yaxshi  sezadi,  bola 
tug‘ilishi bilanoq og‘riq ta’sirlaridan ta’sirlanadi).
 
Bir  martagina  yanglishib  shirinroq  sut  mahsuloti  berib 
qo‘yish  bilan  bolani  qaytib  ona  ko‘kragini  emmaydigan  qilib 
qo‘yishi mumkin.
 
Bola  tug‘ilganidayoq  barcha  narsalarni  ko‘radigan  va 
ovozlarni  eshitadigan  bo‘ladi,  lekin  ularni  aniqlay  olmaydi. 
Chaqaloq kuchli tovush ta’siridan cho‘chib tushadi, 2 haftadan 
keyin tovush kelgan tomonga boshini qaratadi, 2 oyligida esa 
tovushlarni ajrata oladigan bo‘ladi.
 
Ko‘z  olmalari  uyg‘un  holda  harakat  qila  olmaganidan 
chaqaloqlarda aksariyat hollarda g‘ilaylik kuzatiladi, yorug‘likka 
qaray  olmaydi,  ba’zida  esa  nistagm  (ko‘z  olmasining  tartibsiz 
harakatlari) qayd qilinadi.
 
Ko‘z  yosh  bezlari  chaqaloqda  yaxshi  rivojlanganligiga 
qaramay,  hayotining  dastlabki  kunlarida  ko‘zidan  yosh  chiq-
maydi. Bola 2 oylik bo‘lganida ko‘zlaridan yosh kela boshlaydi.
 
Bolaning  xulq-atvorida  nutqning,  ya’ni  ikkinchi  signal 
tizimining ahamiyati nihoyatda katta.
 
Ana shu maqsadda quyida bolalarning asab-ruhiy rivojlanishi 
haqida ma’lumotlar keltiriladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish