M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Yurak-qon tomir tizimining AFX



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
2.3.5. Yurak-qon tomir tizimining AFX
 
 
Yurak-qon  tomir  tizimi  bolalarda  o‘zining  anatomik  va 
fiziologik jihatidan muhim xususiyatlarga ega. Bularni bilish har 
bir  tibbiyot  xodimi  uchun  nihoyatda  muhim.  Chunki 
organizmning  barcha  faoliyati  ana  shu  tizimning  mukammal 
rivojlanib olishi va ishlashiga bog‘liq,
 
Bola  onasining  qornida  o‘ziga  xos  ravishda  qon  aylanishga 
ega  bo‘ladi.  Chunonchi,  kichik  qon  aylanish  doirasi  faoliyat 
ko‘rsatmaydi,  yurakning  chap  va  o‘ng  bo‘lmachalari  oval  te-
shikcha orqali qo‘shilgan, arterial hamda venoz (aransiy) tomir-
lari faoliyat ko‘rsatayotgan, aorta yoyini o‘pka arteriyasi bilan 
birlashtirib  turgan  arterial  tomir  (Botallo  yo‘li)  ochiq  holda, 
bola barcha organizm uchun kerakli moddalar va kislorodni ona 
qonidan oladi.
 
Bola tug‘ilganidan keyin, kindik bog‘lanishi bilan, platsentar 
qon  aylanishi  o‘z  faoliyatini  to‘xtatadi,  birinchi  marta  nafas 
olish natijasida kichik qon aylanish doirasi faoliyati boshlanadi, 
o‘pka  stvolidan  qon  o‘tishi  keskin  kamayadi  va  u  puchayib 


 
45 
qoladi,  o‘pkadan  chap  bo‘lmachaga  katta  miqdorda  qon  kela 
bochlaganidan  o‘rtadagi  avai  techigi  klapani  berkiladi, 
oqibatda, kichik qon aylanich doirasi bilan katta qon aylanish 
doirasi bir-biridan tamomila ajraladi.
 
Chaqoloqning  yuragi  qiyosan  katta  bo‘lib,  tana  vazniga 
nisbatan 0,8% ni tashkil etadi va u 20-25 gr keladi.Yurak vazni 
bolalikning har xil davrida har xil o‘sib boradi va 15-16 yoshga 
kelganda dastlabki vazniga nisbatan 11 marta ortadi va o‘rtacha 
240-250 gr keladi.
 
Chaqaloqlarda  yurak  biroz  ko‘ndalang  va  yuqoriroq 
joylashgan,  emadigan  va  go‘dak  bolalarda  oval,  konussimon, 
sharsimon  shaklda  bo‘ladi.  6  yoshlarga  kelganda  yurakning 
shakli katta yoshdagi kishilar yuragi shaklini, ya’ni cho‘ziq oval 
shaklni oladi.
 
Bolalarda arteriyalar venalarga nisbatan kengroq va sustroq, 
chaqaloqlarda esa qon tomirlarning devori nafis, egiluvchan va 
muskul to‘qimasi zaifroq rivojlangan bo‘ladi.
 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda,  bolalar  yurak-qon 
tomir  tizimining  fiziologiyasida  ham  o‘ziga  xos  xususiyatlar 
mavjud ekanligini ko‘ramiz. Ular quyidagilardan iborat:
 
1.  Bolalarda  yurak  urishi  –  puls  kattalarnikiga  qaraganda 
anchagina tez, ya’ni bola qancha yosh bo‘lsa, puls sonlari ham 
shuncha ko‘p bo‘ladi.
 
2. Bolalar pulsi juda ham labil (tez o‘zgaruvchan) bo‘lib, tana 
vaziyatining  o‘zgarishi,  jismoniy  zo‘riqishlar,  chinqirish, 
yig‘lash  va  boshqa  ko‘pchilik  omillar  ta’sirida  odatdagidan 
tezlashib qoladi.
 
3. Sog‘lom chaqaloq va emizikli yoshdagi bolalar pulsining 
aksariyat hollarda aritmik bo‘lib turishi xarakterlidir.
 
4. Bolalarda arterial bosim kattalardagiga qaraganda pastroq 
bo‘ladi. Chaqaloqlarning maksimal arterial bosimi o‘rtacha 70–
74 mm simob ustuniga teng bo‘ladi, bola bir yoshga to‘lganida 
esa 80–85 mm ga tenglashadi.
 
1  yoshdan  oshgan  bolalarning  arterial  bosimi  V.I.Mol-
chanovning  80 +  (2  x  n)  formulasiga  binoan  taxminan  aniq-
lanadi. Bu yerda n – bolaning aniqlanayotgan vaqtdagi yoshini 
ko‘rsatadigan son.
 


 
46 
5. Bolada arterial bosim ham puls kabi labil bo‘lib, yotganda, 
ayniqsa, uxlayotganda pasayadi, jismoniy zo‘riqishlar va ruhiy 
kechinmalardan keyin esa ko‘tariladi.
 
6.  Chaqaloqda  qon  organizmni  katta  yoshdagi  kishilarga 
qaraganda  ikki  marta  tez  aylanib  chiqadi.  Chunonchi,  cha-
qaloqlarda bu ko‘rsatkich 12 soniyani, 3 yoshli bolada 15 so-
niyani, katta yoshli odamda esa 22 soniyani tashkil qiladi.
 
7.  Yurak  zarbi  2  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  to‘rtinchi,  2 
yoshdan  katta  bolalarda  esa  beshinchi  qovurg‘alar  oralig‘ida 
joylashadi.
 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  yurak-qon  tomir  tizimining 
anatomo-fiziologik  xususiyatlarini  bilish  bolaning  to‘g‘ri 
rivojlanayotganligini  baholash  va  kasalliklarni  davolash 
jarayonida katta ahamiyatga ega.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish