M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Hazm qilish tizimining AFX



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
2.3.6. Hazm qilish tizimining AFX
 
 
Organizmni kerakli oziq moddalar bilan ta’minlash va mod-
dalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini tashqariga chiqarib 
yuborishda hazm tizimining ahamiyati nihoyatda katta. Lekin 
bolalar hazm tizimi o‘ziga xos bir talay anatomik va fiziologik 
xususiyatlarga  egaki,  ularni  bilish  bolani  to‘g‘ri  ovqatlanti-
rishning asosi hisoblanadi.
 
Hazm  a’zolarining  bolalardagi  xususiyatlari  quyidagilardan 
iborat:
 
l.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqning  hazm  a’zolari  faqat  ona 
sutini parchalashgagina moslashgan bo‘ladi. Ularda tug‘ilgani-
dayoq  so‘rish  va  yutish  reflekslari  yaxshi  rivojlangan  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  chaqaloq  tug‘ilgan  zahotiyoq  ona  ko‘kragi 
tutiladi.
 
2.  Og‘iz  bo‘shlig‘i  qiyosan  tor,  aksiga  olib  tili  keng  va 
kaltaroq, shilliq pardasi nozik, qon tomirlariga boy va ochroq 
rangda bo‘ladi.
 
3. 3-4 oylikkacha so‘lak bezlari yaxshi faoliyat ko‘rsatmaydi, 
shuning  uchun  bu  davrda  og‘iz  shilliq  pardasi  quruq  va  tez 
shilinadigan xususiyatga ega bo‘ladi.
 


 
47 
4. Bola hayotining 4-5 oylariga kelib, so‘lak bezlari zo‘r berib 
ishlay boshlaydi va bola ajralayotgan so‘lakni yutib ulgurolmas-
dan  qoladi.  Natijada,  bola  og‘zidan  doim  so‘lak  oqib  turadi 
(fiziologik so‘lak oqishi – salivatsiya deb shunga aytiladi).
 
5.  Qizilo‘ngach  go‘daklarda  kattalarnikiga  qaraganda 
uzunroq, shilliq pardasi nozik, qon tomirlariga boy, shilimshiq 
bezlari  yaxshi  faoliyat  boshlamagani  uchun  quruqroq  bo‘ladi. 
Uning uzunligi chaqaloqlarda 10-11 sm, emizikli bolalarda 12 
sm, bola 5 yoshli bo‘lganda 16 sm ni tashkil qiladi.
 
6.  Bola  1  yoshga  to‘lgunicha  me’dasi  gorizontal  vaziyatda 
bo‘ladi,  tik  yura  boshlaganidan  keyin  birmuncha  tik  holatni 
egallaydi.
 
Shilliq pardasi o‘rtacha rivojlangan, kirish qismidagi sfinkter 
(qisqich)ishi rivojlanmagan bo‘ladi.
 
7.  Me’daning  sig‘imi  bola  qancha  kichik  bo‘lsa  shuncha 
kam,  ya’ni  oy-kuni  yetilib  tug‘ilgan  chaqaloqda  30-35  ml,  3 
oylik bolada 100 ml, 1 yoshga to‘lganida 250 ml, 3 yoshda 400-
600 ml, 10-12 yoshda esa 1300-1500 ml ni tashkil qiladi.
 
Bolaning  oshqozonini  yuvish  uchun  kerakli  miqdordagi 
suyuqlikni me’daning sig‘imiga qarab olish kerak:
 
8. Me’da shirasining tarkibi kattalarnikidan farq qilmasada, 
undagi fermentlarning faolligi nisbatan kamroq bo‘ladi.
 
9. Emadigan yoshdagi bolalarning ichagi kattalarnikiga qara-
ganda  qiyosan  uzunroq  (kattalarda  tana  uzunligidan  4  marta 
uzun bo‘lsa, bolalarda 6 marta uzun), shilliq pardasi birmuncha 
kuchli  rivojlangan,  qon  tomirlariga  boy,  nozikroq,  lekin 
shilliqosti to‘qimasi, muskullari va ko‘ndalang burmalari yaxshi 
rivojlanmaganligidan salga shikastlanadigan bo‘ladi.
 
10.  Emadigan  yoshdagi  bolalarning  ichaklarining  o‘tkazuv-
chanlik xususiyati yuqoriroq bo‘lganidan turli xil toksik mod-
dalar tezda qonga o‘tib qoladi va toksikoz rivojlanishi osonroq 
bo‘ladi.
 
11.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqning  ichaklari  deyarli  steril 
bo‘ladi.  Birinchi  marta  nafas  olish,  emish  va  parvarish 
jarayonida  ichaklarga  mikroblar  tushadi  va  ularning  bir  qismi 
bola  hayoti  davomida  ichaklarning  doimiy  mikroflorasini 
tashkil qiladi.
 
12.  Me’daosti  bezi  va  jigar  ham  bolalarda  kattalarnikiga 
qaraganda  hali  to‘liq  o‘z  faoliyatini  bajara  olish  qobiliyatida 


 
48 
bo‘lmasa  ham,  ovqat  hazm  qilish  jarayonida  bevosita  ishtirok 
etadi. Jigar emadigan yoshdagi bolalarda qovurg‘alar ostidan 2-
3 sm, 1-2 yoshida ham 1-2 sm gacha chiqib turadi. 3-5 yoshga 
kelganida qovurg‘alarning pastki chegarasini egallaydi.
 
13.  Iste’mol  qilingan  ovqat  moddasi  chaqaloqlarda  ichak-
lardan  4-18  soatda  o‘tsa,  kattalarda  taxminan  bir  sutka 
davomida o‘tadi.
 
14. Bolaning yoshi, ovqatining tarkibi, me’da-ichak yo‘li va 
hazm  bezlarining  ahvoliga  qarab  axlati  har  xil  bo‘ladi. 
Chaqaloqning dastlabki axlati meqoniy deb ataladi va o‘ziga xos 
ko‘rinish  va  konsistensiyaga  ega  bo‘ladi.  Asta-sekinlik  bilan 
go‘dak bolalarnikiga o‘xshay boshlaydi, birinchi hafta davomida 
sutkasiga 4-5 marta, 1 yoshida 1-2 marta, kattalarda esa 1 marta 
ich kelib turadi.
 
Aytib  o‘tilganlardan  xulosa  qilinsa,  bolalarning  hazm 
a’zolaridagi  o‘ziga  xos  xususiyatlar  ularni  turli  yoshida 
ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkil qilishni taqozo qiladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish