M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Nafas a’zolari tizimining AFX



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
2.3.4. Nafas a’zolari tizimining AFX
 
 
Nafas a’zolari organizmni kislorod bilan ta’minlash va gazlar 
almashinuvi  natijasida  hosil  bo‘lgan  karbonat  angidridni 
tashqariga chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
 
Bolalar nafas a’zolari kattalarning nafas a’zolaridan o‘zining 
anatomik va fiziologik xususiyatlari jihatidan katta farq qiladi.
 
Anatomik farqlar quyidagilardan iborat:
 


 
43 
1. Burun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kattalarnikiga qara-
ganda  kichik,  burun  yo‘llari  tor  va  qisqa,  shilliq  pardasi  juda 
nozik qon tomirlariga boy, pastki burun yo‘li hali rivojlanmagan 
bo‘ladi.
 
Shuning  uchun  chaqaloqlar  va  emizikli  bolalarda  burun 
bo‘shlig‘ida  yallig‘lanish  jarayonlari  bo‘lganda  burun  shilliq 
pardasi tezda shishadi va burun orqali nafas olish va emishga 
qiyinchilik tug‘iladi.
 
2. Yordamchi bo‘shliqlar – g‘alvirsimon va Gaymor bo‘sh-
liqlari emadigan bolalarda sust rivojlangan, peshona va asosiy 
suyak  bo‘shliqlari  esa  umuman  bo‘lmaydi.  Ular  bola  yoshiga 
to‘lganidan keyin rivojlanib, kattalashib boradi.
 
3. Ko‘z yoshi – burun yo‘li qisqa va tashqi teshigi yopqichlari 
yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
 
4. Halqum tor, eshituv nayi esa kalta va keng bo‘ladi.
 
5.  Hiqildoq  –  emizikli  bolalarda  voronkasimon,  kattaroq 
bolalarnikiga qaraganda uzunroq, tog‘aylari nozik va yumshoq, 
shilliq pardasi qon tomirlariga boy, ovoz tirqishi esa tor bo‘ladi.
 
6. Traxeya bola hayotining dastlabki oylarida voronkasimon, 
yo‘li tor, tog‘aylari yumshoq va bir-biriga sust birikkan bo‘ladi. 
Shilliq  pardasi  nozik,  qon  tomirlariga  boy,  shilimshiq  bezlari 
kam bo‘ladi.
 
7. Bronxlar tor, tog‘aylari yumshoq, shilimshiq bezlari kam, 
qon  tomirlariga  boy  bo‘ladi.  O‘ng  bronx  odatda  traxeyaning 
davomi  sifatida  tik  holatda  va  chapiga  qaraganda  kengroq 
bo‘ladi.
 
8. O‘pka bolaning go‘daklik davrida biriktiruvchi to‘qimalar 
va qon tomirlariga boy, alveolalar atrofidagi elastik to‘qima sust 
rivojlangan,  nafas  olishda  qatnashadigan  sathi  katta  yoshdagi 
odamlardagiga  qaraganda  katta  bo‘ladi.  Vaqt  birligi  ichida 
bolalarda  o‘pka  orqali  o‘tadigan  qon  miqdori  kattalarnikiga 
qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
 
9.  Emadigan  bolalarda  plevra  yupqa,  uning  varaqlari  oson 
cho‘ziladigan, diafragma kattalarnikiga qaraganda yuqoriroqda 
joylashgan va qisqarishlari zaif bo‘ladi.
 
Fiziologik farqlar quyidagilardan iborat:
 
1.  Emadigan  bolalarda  nafas  yuza  bo‘ladi  (kattalarnikiga 
qaraganda  8-10  baravar  sayoz).  Ular  chuqur-chuqur  nafas 
ololmaydi. 
 


 
44 
2.  Bola  qancha  kichik  bo‘lsa  1  daqiqada  nafas  harakatlari 
soni shuncha ko‘p bo‘ladi (fiziologik hansirash).
 
Chaqaloq bir daqiqada 40–60 marta 
 
1-2 oylik bola bir daqiqada 35-48 marta 
 
1-3 yoshli bola bir daqiqada 28-35 marta
 
4-6 yoshli bola bir daqiqada 24-26 marta 
 
7-9 yoshli bola bir daqiqada 21-23 marta
 
10-12 yoshli bola bir daqiqada 18-20 marta
 
13-15 yoshli bola bir daqiqada 17-18 marta nafas oladi.
 
3.  Bola  hayotining  dastlabki  haftalarida  nafas  aritmiyasi 
kuzatiladi, ya’ni nafas olish va chiqarish maromi har xil bo‘ladi.
 
4. Bolalarning nafas olishi ularning yoshi va jinsiga bir qadar 
bog‘liq  bo‘ladi:  chaqaloq  ko‘proq  qorni  bilan  nafas  oladi, 
emizikli  davrida  ko‘krak-qorin  tipida,  3-4  yoshga  kelib  yana 
ko‘krak tipida, 7-14 yoshga kelib esa jinsiga qarab – o‘g‘il bola-
lar  qorin,  qiz  bolalar  –  ko‘krak  tipida  nafas  oladigan  bo‘lib 
qoladi.
 
5.  Bola  hayotining  dastlabki  oylarida  yo‘tal  refleksi  sust 
rivojlangan bo‘ladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish