39
2.3.2. Suyak tizimining AFX
Bola skeleti o‘sish va rivojlanish jarayonida juda murakkab
o‘zgarishlarga uchraydi. Bunga bir qancha tashqi va ichki
omillar sabab bo‘ladi.
Avvalambor suyak to‘qimasining bolalardagi o‘ziga xos
xususiyatlariga to‘xtalsak: emizikli yoshdagi bolalarning suyak
to‘qimasi tolali tuzilishga ega, organik moddalar anorganik
(mineral) moddalarga nisbatan ko‘p, suv va qon tomirlarga boy
bo‘ladi. Buning natijasida esa bolalar suyagi kattalarnikiga
qaraganda yumshoq, egiluvchan bo‘lganligidan, parvarishdagi
turli nuqsonlar natijasida tez egilib qolishi va noto‘g‘ri shakl
olishi mumkin.
Bu farq 2 yoshlarga kelib kattalarnikiga yaqinlashadi va 12
yoshga to‘lganda batamom yo‘qoladi.
Chaqaloqning boshi katta va odatda dumaloq bo‘ladi. Bosh
suyaklarining choklari hali bir-biri bilan suyaklanib ketmagan,
peshona suyagi va tepa suyaklari birlashgan joyda rombsimon
katta liqildoq, tepa suyaklari bilan ensa suyagi orasida esa kichik
uchburchaksimon liqildoq hosil bo‘lgan bo‘ladi. Katta
liqildoqning kattaligi taxminan 2 x 2,5 sm bo‘lib, bola
hayotining 12-16 oyiga kelib bekilib ketadi.
Kichik liqildoq esa
atigi 20-25% bolalarda ochiq bo‘ladi va
u kechi bilan uchinchi
oyga kelib bekilib ketadi.
Chaqaloq umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri, hech qanday fiziologik
egilmalari bo‘lmaydi. Bo‘yin egilmasi (lordoz) bolaning 2
oyligida, ya’ni boshini tuta boshlaganidan keyin, ko‘krak
egilmasi (kifoz) bolaning 6 oyligida, ya’ni bola o‘tira boshlaga-
nidan keyin, bel egilmasi (lordoz) bola 1 yoshga to‘lganida,
ya’ni bola yura boshlaganidan keyin paydo bo‘ladi. Parva-
rishdagi va yurish-turishdagi har qanday salbiy holatlar bolaning
umurtqa pog‘onasida ortiqcha va patologik egriliklar kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak qafasi bolalarda silindrsimon yoki konussimon
ko‘rinishda, qovurg‘alar gorizontal joylashgan bo‘ladi. Bu esa
ko‘krak qafasining nafas olishda yetarli ishtirok etolmasligiga
olib keladi va shuning uchun bolalarning nafas olishi birmuncha
tez va yuzaki bo‘ladi.
40
Uzun suyaklarning diafizi va epifizi oralig‘ida ancha vaqt-
gacha tog‘ay
qatlamlari saqlanib turadi, bular epifizar tog‘aylar
deyiladi va ularning borligi natijasida suyaklar uzunasiga o‘sib
boradi. 25 yoshga kelib, bu epifizar tog‘aylar suyak to‘qimasi
bilan batamom almashinadi va odam o‘sishdan to‘xtaydi.
Milliy urf-odatlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kid-
lash lozimki, aksariyat oilalarda bolalar beshikda parvarish
qilinadi. Tegishli talab va qoidalarga rioya qilingan hollarda
beshik bola qomatining chiroyli va kamchiliksiz shakllanishida
katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, ushbu qoidalarga
e’tiborsizlik qilinsa (bola bir xil vaziyatda ko‘p yotsa, ko‘krak
qafasi ortiqcha qisib qo‘yilsa, oyoqlar bog‘lanayotganda to‘g‘ri
joylashtirilmasa, bolaning boshi emizilgan tomonda ko‘p qolib
ketsa va hokazolar) suyaklarning noto‘g‘ri o‘sishiga va noto‘g‘ri
shakllanishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Tishlar bola hayotida muhim o‘rin egallaydi va ular bolada
ma’lum vaqt oralab guruh-guruh bo‘lib chiqadi.
Avvaliga bolada sut tishlari quyidagi tartibda chiqadi: o‘rta-
dagi pastki va ustki kurak tishlar – 6-9 oyda, yon tomondagi
pastki va ustki kurak tishlar – 9-12 oyda, kichik jag‘ tishlar –
12-15 oyda, oziq tishlar – 17-20 oyda, katta jag‘ tishlar – 21-
24 oyda. Demak, bola ikki yoshga to‘lganida 20 ta sut
tishlarining hammasi chiqib bo‘ladi.
Doimiy tishlar bola 6–7 yoshga to‘lganidan keyin chiqa
boshlaydi va bu almashinish jarayoni 11-12 yoshga kelib
poyoniga yetadi.
«Aql tishlari» esa 18-20 yoshlarda chiqadi.
Bolada tishlarning vaqtida chiqishi va almashinishi uning
to‘g‘ri ovqatlanishiga, chiniqtirilishiga (ayniqsa, quyoshda) va
kasalliklardan ehtiyot qilinishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: