Kuyish maydoni (% larda) va chuqurligini aniqlash
Kuyish
sohasi
Cha-
qa-
loqlar
0-1
yosh
1-5
yosh
3
yosh
5-14
yosh
12
yosh
Kattalar
Bosh
18
21
19
15
15
6
9
Tana
40
32
32
40
32
38
36
Qo‘llar
16
9, 5
9, 65
16
9, 5
18
9
Oyoqlar
26
14
15
29
17
38
18
282
Asoratlari. Suvsizlanish, yuqumli kasalliklar, gipertrofik
chandiq, keloid kontraktura, o‘pka shishi, kuyish shoki.
Shoshilinch yordam va hamshiralik parvarishi:
1. Termik omil ta’sirini to‘xtatish.
2. Qaynoq suv, issiq ovqat va boshqa termik kuyishlarda
jabrlanuvchini darhol yechintirish kerak.
3. Teri sohasiga yopishib qolgan kiyimni tortmasdan, balki
qaychida qirqib olish kerak.
4. Olovda kuyganda yonib turgan olovni o‘chirish va jabrla-
nuvchini kislorod kirmasligi uchun zich qilib matoga o‘rash
kerak.
5. Ko‘p miqdorda suyuqlik-choy, mineral suv ichiriladi.
6. Bola kiyimini yechgandan so‘ng toza oqlikka o‘raladi
(yaxshisi steril) va kasalxonaga olib boriladi.
7. Tana harorati nazorat uchun o‘lchanadi, negaki,
bug‘lanish orqali issiqlik yo‘qotish bolalarda birdaniga harorat
ko‘tarilishiga olib keladi.
Oftob urishi
Oftob urishi – bu shunday holatki, ultrabinafsha nurlarni
ko‘p miqdorda ta’siri (issiq urishining o‘ziga xos shakli bo‘lib,
bola boshiga quyosh nurining to‘g‘ri ta’siri natijasida kelib
chiqadi).
Klinik simptomlari:
Oftob urishining klinik manzarasi dastlabki 1-24 soat ichida
rivojlanadi.
Belgilari: og‘ir nevrologik buzilishlar (bosh og‘rishi,
tutqanoqlar, koma), tana haroratining juda yuqori bo‘lishi
(41°C va undan yuqori), terining issiq, quruq bo‘lishi va ter
ajralmasligi xarakterli.
Oftob urishining boshlang‘ich belgilari: holsizlik, ko‘ngil
aynishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, tana haroratining
oshishi, nafas tezlashishi, taxikardiya. Keyinchalik bosh og‘ri-
shi, puls tezlashishi, bosh aylanishi, kuchli terlash, taxikardi-
yaning bradikardiya bilan almashishi aniqlanadi. Lablar sianozi,
qorachiqlar kengayishi, oyoq-qo‘l mushaklarining titrashi,
gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Og‘ir hollarda hushdan ketish,
283
talvasalar va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi ro‘y
beradi.
Asoratlari: Hushdan ketish, talvasalar, komatoz holatlar.
Shoshilinch yordam va hamshiralik parvarishi.
Bemorni salqin joyga olinadi.
Kiyimidagi tugmalar yechiladi.
Boshiga sovuq suvli xaltacha va sovuq kompress qo‘yiladi
(tana harorati 37-38
o
C gacha pasayishi kerak).
Qabul qilingan va ajratilgan suyuqlik miqdorini hisoblash
(yozib borish).
Do'stlaringiz bilan baham: |