Sovuq urishi
Sovuq urishi-sovuq harorat va sovuq sharoitning teri va teri
osti yog‘ qavatiga ta’siri. Erta davolash o‘tkazilmasa to‘qimada
ortga qaytmas zararlanish yuzaga keladi. Sovuq olgan sohada
gipoksiya sababli nerv zararlanadi. Sovuq olgan joy boshida
purpura rangida bo‘lib, keyinchalik qora rangga o‘zgaradi.
Nervlarning kuchli zararlanishi kuzatiladi va sezishi yo‘qoladi.
Bundan tashqari pufaklar paydo bo‘lishi mumkin. Agar to‘qima
o‘lib boshlasa, amputatsiya qilish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |