M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Bolalarda atrof-muhit ta’sirida yuzaga keladigan



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
7.5. Bolalarda atrof-muhit ta’sirida yuzaga keladigan 
shoshilinch holatlar
 
 
Atrof-muhit ta’sirida vujudga keladigan shoshilinch holatlar: 
sababi,  klinik  belgilari,  shoshilinch  yordam,  asoratlari, 
hamshiralik parvarishi. 
 
 
Kuyishlar
 
 
Sababi  –  issiq,  kimyoviy  vositalar,  elektr  toki,  radiatsion 
ta’sirlarning  to‘qimani  shikastlashi.  Bu  teri  va  boshqa 
to‘qimalarga  olov,  qizdirilgan  metal,  gazlar,  issiqlik  nurining 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’siri  natijasida  kelib  chiqadi.  Kuyish  bilan 
shikastlanganlarning  eng  katta  guruhini  6  yoshgacha  bolalar 
tashkil  qiladi,  undan  so‘ng  2  yoshdan  kichik  bolalar.  6 
yoshgacha  bolalarning  80%  dan  ko‘pini  qaynoq  suvdan 
kuyganlar  tashkil  qiladi.  Kuyishlar  odatda  ota-ona  qarovsiz 
qoldirganda ro‘y beradi. 
 
Bolalarda  har  qanday  kuyishning  tana  yuzasining  5%  ini 
egallashi  og‘ir  holatlar  rivojlanishi  va  shokka  olib  kelishi 
mumkin. Kuygan joylarda to‘qima parchalanishining natijasida 
moddalar hosil bo‘ladi va organizmga so‘rilib butun organizmga 


 
281 
tarqaladi.  Kuygan  sohalarga  bakteriyalar  tushadi,  yaralar 
yiringlay  boshlaydi.  Qon  plazmani  yo‘qotadi,  quyuqlashadi 
o‘zining  asosiy  funksiyasi-organizmni  kislorod  bilan  ta’min-
lashini  bajara  olmaydi.  II  darajali  kuyishda  tana  yuzasining 
yarmidan  ko‘p  joyni  egallashi  bemor  hayoti  uchun  katta  xavf 
tug‘diradi.  
 
Klinik belgilari:
 
Kuyishning 4 darajasi farq qilinadi:
 
I daraja – terining turg‘un qizarishi, sezilarli shish va og‘riq, 
epidermisning faqat yuzaki qavatlari kuyishi. 
 
II  daraja  –  epidermis  ko‘chishi  bilan  terining  qizarishi  va 
shishishi  va  kuchli  og‘riq  bilan  kuzatiladigan  ichida  sarg‘ish 
tiniq suyuqlik tutgan pufaklar hosil bo‘lishi. 
 
III daraja – teri nekrozi hosil bo‘lishi. 
 
III A – epidermis nekrozi va chin terining to‘liq bo‘lmagan 
nekrozi. 
 
III  B  –  teri  hamma  qavatlarining  ba’zan  teri  osti  yog‘ 
qavatining nekrozi. 
 
IV  daraja  –  to‘qimalarning  ko‘mirga  aylanishi  (chuqur 
joylashgan to‘qimalar nekrozi). 
 
Agar  bolalarda kuyishlar  yuzda  yoki  qo‘l  yoki oyoq  mayda 
bo‘g‘imlari sohasida bo‘lsa kuyish yuzasining o‘lchamidan qat’i 
nazar kasalxonaga yotqiziladi. Kuyish yuzasini aniqlash uchun 
esda  tutish  kerakki,  bemor  qo‘lining  kaft  yuzasi  uning  butun 
tana  yuzasining  1%  ini  tashkil  qiladi.  Kasalxonaga  yotqizish 
shart, bolalarda II-IV darajali kuyishlarda kichik yoshdagi, II-
III darajali kuygan hamma bolalar. 
 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish