OSKAR UAYLD (1856-1900-y.)
Oskar Uayld bor-yo'g'i qirq to'rt yil umr ko'rgan. Lekin oz va soz umr ko'rgan,
ko'pdan-ko'n esse, ertak va hikoyalar, estetikaga oid maqolalar muallifi sifatida
245
tanilgan bu adib va dramaturgning muborak nomi ingliz va jahon adabiyoti hamda
teatri tarixidan nufuzli o'rin oldi. Uayld ijodini, ayniqsa, estetika sohasidagi
qarashlarini har kim ham to'laligicha beistisno qabul qilolmaydi.
Lekin uning ijodi insonpaivarlik g'oyalari bilan sug'orilganiga shubha yo'q:
Uayld o'sha davr jamiyatida ko'zga tashlangan qabohatdan dili vayron bo'lib,
go'zallik shaydosi yanglig' ulkan iste'dod sohibi sifatida qalam tebratdiki, bu hol
uning ijodi kamyob san'at hodisasiga aylanishiga sabab bo’ldi.
Irlandiyada taniqli jarroh oilasida tug'ilgan Oskar Uayld Oksford dorilfununida
tahsil ko'radi. O'qib yurgan chog'idayoq u antik adabiyotni favqulodda zo'r bilishi
bilan ko'zga tashlanadi; u olimlik martabasiga da'vo qilishga haqli edi, lekin erkin,
sarxush hayot nash'u namolariga berilib ketadi. U turli-tuman kiborlar davrasining
matlub ishtirokchisiga aylanadi. U yurish-turishi zavqbaxsh, so'zamol, fahm-
zakovati o'tkir kishi edi. Shu xislatlari tufayli u kiborlar davrasining jon-dili bo'lib
qoladi. Uayld shaxsiga xos bunday xususiyatlar uning ijodida ham o'z aksini
topgan. Uayld son-sanoqsiz aforizmlar to'qigan bo'lib, u zid fikrlar ifoda tarziga
shu qadar mayldor ediki, bu uning shaxsiy hayotida ham, ijodida ham bosh
yo'riqqa aylandi. U go'zallik oldida sajda qiladi, shu go'zallikni ulug'lab, o'zini
buyuk «nafosatparast» (estet) deb e'lon qiladi. Bu so'zlar havodan olingan so'zlar
emas. U hayotda hamisha ko'hli, maftunkor bo'lishga intildi va o'z ijodida inglizlar
taomiliga kirgan go'zallik an'analarini davom ettirdi.
«Yolg'onning zavol topishi» (1891) essesida Uayld san'at da yolg'on-yashiqning
ta'sir qudrati haqida yozib, har bir san'atkor bu ne'matdan bebahra qolmasligini
uqtiradi. «Axloqiy yoki axloqsiz kitoblar bo'lniaydi, faqat yaxshi yozilgan yoki
yomon yozilgan kitoblargina bo'ladi, xolos. Tamom-vassalom».
Uayld dramaturg sifatida 1890-yillardan dovrug' tarata boshlaydi. Uning
komediyalari ketma-ket yaratilib, darhol sahna yuzini ko'ra boshlagan.
U qorishiq hislarni jonlantirishda g'aroyib, turfa zid holatlar yaratish usulini
amalga kiritdi. «Uindermir xonimning yelpig'ichi yoki Batartib ayol haqida pyesa»
(1892) komediyasida eri va go'dak qizalog'ini tashlab, jazmani bilan qochib ketgan
Erlin xonim haqida hikoya qilingan. Qizig'i shundaki, yomonotliqqa chiqqan bu
Do'stlaringiz bilan baham: |