Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
Romantiklar Shekspirni o'zlarining bevosita o'tmishdoshlari deb qabul qildilar. 
Shekspir  asarlariga  xos  badiiy  tasavvur  erkinligi,  beandoza  muloqot  va 
to'qnashuvlar, o'zaro uyg'unlik va ma'no ko'lamdorligi romantik san'atga yaqin edi. 
XIX  asrning  boshlarida  Germaniyada  Shekspirga  nisbatan  o'ziga  xos  sig'inish 
pallasi ro'y beradi. Nemis romantiklari Shekspirni o'z «zamini»dan ajratgan holda 
bo'lsa-da,  Shekspir  asarlarini  qayta  tarjima  qilib,  Ovro'po  sahnasiga  buyuk 
dramaturg asarlarini o'z holida qaytardilar. 
Nemis  romantiklari  muayyan  adabiy  davralar  xalq  ijodi  an'analari,  tarixiy  va 
afsonaviy  sujetlarga  alohida  qiziqish  bilan  qaradilar.  Ma'rifatparvarlik  asri 
insoniyat  idrokiga  singdirib  kelgan  ezgulik  ideallari  bilan  Germaniyadagi  real 
borliq  orasida  mudom  keskin,  ko'ngilsiz  ayirma  paydo  bo'lgan  edi.  Shu  hol 
zamonaviy  voqelikdan  qochish,  taxayyul  (fantaziya)  va  xayol  olamiga  ro'ju 
qo'yishni  taqozo  etdi.  Lekin  bu  nemis  romantiklari  asarlarida  hayot  voqeligi  aks 
ettirilmadi,  degan  ma'noni  anglatmaydi.  Ularning  asarlarida  zamonaviy  borliq 
romantizmga xos tarzda kinoyaviy usullar orqali ifodalandi. 
Kinoya  nemis  romantizmining  muhim  badiiy  ifoda  omili  hisoblanadi.  Kinoya 
borliq  olamning  pinhoniy,  ichki  mohiyatini  ochishni  taqozo  etadi.  Bu  esa 
voqelikka  nisbatan  yangicha  qarash  va  uning  nisbiyligini,  demakki,  o'zgarishga 
yuz tutish imkonini anglashga olib keladi. 
Romantizm uslubi dramaturgiya va teatr sohasida klassitsizm aqidalariga zarba 
berish  va  yangicha  sahna  haqiqati  tamoyillarini  qaror  toptirishni  talab  etdi. 
Lyudvig  TIK  birinchi  romantik  dramaturg  sifatida  maydonga  chiqadi. Genrix  fon 
Kleyst  esa  nemis  romantik  dramaturgiyasining  eng  porloq  bosqichini  belgilab 
berdi. Romantik  yo'nalishning  atoqli aktyorlari  —  Iogann  Fridrix  Flyok va nemis 
sahnasining  «Edmund  Kini»  —  Lyudvig  Devriyent  nemis  sahnasiga  jo'shqin  his-
ehtiroslar to'lqinini olib kirdilar. 
LYUDVIG TIK (1773-1853-y.) 
Lyudvig  Tik  teatr  tarixchisi,  tarjimon,  rejissyor  va  bir  qator  pyesalar  muallifi 
bo'lish  bilan  birga  nemis  romantik  dramaturgiyasi  va  teatri  tarixidan  nufuzli  o'rin 
olgan dramaturglar sanog'ida turadi. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish