Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
shundan so'ng u ertak syujeti bo'yicha noshud xo'jayini ishini o'nglashga kirishadi. 
Kishilar  ko'zi  tushishi  bilan  quti  o'chadigan,  o'z  mahramlarini  ezib  adoyi-tamom 
qilgan  Olabuji  tengsiz  imkonini  ko'z-ko'z  qilib,  turli  qiyofalarga  kiradi,  lekin 
behosdan  sichqonga  aylanib  qolganini  o'zi  ham  sezmaydi.  Shu  on  mushuk  bir 
tashlanadi-yu,  uni  gumdon  qiladi.  Asfalasofinga  ketgan  zulmkorning  martabasi-
yu,'  boyligi  Gotlibga  o'tadi.  Bu  hodisaga  mushuk  «Endi  Gotlib  misolida  bosh-
qaruv  tizg'ini  uchinchi  tabaqa  (burjua)  qo'liga  o'tdi”  deya  istehzoli  so'z  qotadi. 
«Demak, bu inqilobiy pyesa ekanada» deya tomoshabinlar baqirib xushtak chalib, 
yer tepinib o'z noroziligini bildiradilar. 
Lekin bu yerda inqilobdan asar ham yo'q edi. Ovsar Gotlib malikaga uylanadi, 
yangi  qirol  yaxshi  xizmatlari  uchun  mushukni  orden  bilan  mukofotlaydi  va 
dvoryanlik unvonini beradi. 
Tomosha davomida sahnadagi tomoshabin pyesa voqeasiga aralashib, unda goh 
hayotiy  haqiqat  yo'qligi,  goh  pand-nasihat  unutilganligini  aytib  g'ovg'o  ko'taradi, 
tomosha  alg'ov-dalg'ov  tusga  kiradi.  Quti  o'chgan  muallif  sahnaga  chiqqanicha 
niyatini  tushuntira  ketadi,  aktyorlar  qo'rquvdan  suflyor  so'zini  eshitolmay 
dovdiraydi, ishchilar sahna pardasini beo'rin yopib, yana muallifni gapga qoldiradi. 
Pyesa  siyosiy  musohabadan  ham  holi  emas.  Unda  muallif  nazarida  biron-bir 
o'zgarishga  yo'l  ocholmagan  fransuz  inqilobi  haqida  sha'malar  eshitilib  turadi. 
Uchinchi  tabaqa  vakili  Gotlib  obrazi  kinoyaviy  usulda  chizilgan.  Fikr-o'yi 
taralabedodlik  bilan  band  zodagon  tomoshabinlarning  to'rachilik  kayfiyati  xajv 
ostiga olinadi. 
Turmush ikir-chikirlari tasvirining «ayoliy tasavvur bilan qorishiq holda kelishi, 
ko'tarinki  orzu-istak  va  kinoya  uyg'unligi,  adabiy  teatrga  xos  masharaomuz  ifoda 
usullari  Tik  pyesalari  Gotsining  pyesa-ertak  «fyablari»  bilan  yaqinligidan  dalolat 
beradi. Tik yangi teatr tasvirchilik vositalarini ishlab chiqadi. U teatrning shartlilik 
tabiatiga asoslanadi. “Teatrda teatn” jozibadorligini ko'rsatish mahoratida bo'lg'usi 
rejissura ustasining yo'li va teatr nazariyachisining o'tkir zakovati ko'rinib turardi. 
Tik  tomonidan  sinchkovlik  bilan  ishlanib,  amalda  qo'llanilgan  teatrga  xos 
tomoshaviylik usuli estetik tamoyil tarzida dramaning keyingi rivojiga o'z ta'sirini 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish