Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
mehr-shafqat baxsh  etuvchi ilhom  shavqiga  to'la nafosat olamini  chizib berdi. Bu 
yerda ko'k qush baxt va nafosat timsoli tarzida namoyon bo'ladi. 
1903-yili  yozilgan  «Avliyo  Antoniy  karomati»  hajviy  rivoyati  burjua 
riyokorligini fosh etuvchi asar sifatida shuhrat topdi. Boyvuchcha marhuma Ortans 
xonimning  dafn  etilish  kuni  uning  qarindoshlari  go'yoki  achingan  bo'lib  yig'i 
ko'taradilar. Shu asnoda kutilmaganda juldur kiyimli afandi sifat kishi paydo bo'lib, 
marhumani  tiriltirishi  mumkinligini  aytadi.  Lekin  uning  boyligiga  ega  bo’lish 
ilinjida  turgan  yaqinlari  buni  zinhor  istamas,  faqat  xizmatkor  qiz  Virjinigina 
marhumaning o'limidan astoydil qayg'urganligi ma'lum bo'ladi. 
1949-yili chop etilgan «Janna d'Ark» dramasi Meterlinkning so'nggi asari bo'lib 
qoldi...  Unda  dramaturg  frantsuz  xalqining  fidoyi  qizi  Janna  d'Arkning 
qahramonona hayoti haqida hayajon bilan hikoya qilingan. Muallif fashizm ustidan 
g'alaba  qozonish  yo'lida  jonlarini  qurbon  qilgan  vatandoshlari,  Qarshilik  harakati 
qahramonlarining mardonavor kurashiga hamohang asar yaratishga intilgan edi. 
Belgiya adibi Meterlinkning ijodi XIX—XX asrlar bo'sag'asida G'arbiy Ovro'po 
dramasi  rivojida  muhim  bosqich  bo'lib, u  ushbu  davr  estetikasi  va  teatr  amaliyoti 
rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. 
ROMEN ROLLAN (1866-1944-y.) 
“Inson  hayotini  fayzli  qiluvchi  jamiki  aql-zakovat  ne'matlari  orasida  bizni 
tubsiz  hayratga  soluvchi  ne'mat  —  teatrdir”.  Bular  XX  asrning  atoqli  so'z  ustasi, 
dramaturg  va  teatr  nazariyachisi  Romen  Rollan  qalamiga  mansub  so'zlardir.  Ko'p 
jildlik  «Jan  Kristof»  va  «Maftunkor  qalb»  romanlarining  muallifi  Rollanning 
yozuvchilik,  publitsistlik,  san'at  tadqiqotchiligi  sohalarida  kechgan  ko'p  qirrali 
faoliyatida  dramaturgiya  sezilarli  o'ringa  ega.  Uning  qalamiga  mansub  o'n  ikki 
pyesaning  bir-inchisi  —  «Valine'mat  Lyudovik»  1897-yili  yozilgan  bo'lsa, 
«Robesper» degan so'nggisi 1938-yili yaratilgan. 
Rollan teatrni jamiyat hayotini aks ettiruvchi «jangovar qurol» deb atadi. Uning 
eng  sara  pyesalarida  va  ko'p  jihatdan  XX  asr  jahon  teatr  madaniyati  rivojini 
belgilab bergan «Xalq teatri» (1903) kitobida ana shu g'oya o'z aksini topdi. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish