ALEKSANDR DYUMA OTA (1802-1870-y.)
Aleksandr Dyuma (Ota-Dyuma) romantik drama turining qaror topishida V.
Gyugo bilan hamfikrlikda ijod qilgan bo'lib, u o'zbek kitobxonlari va
tomoshabinlariga mushketyorlar haqidagi trilogiya, «Graf Monte-Kristo» romani
kabi sarguzasht adabiyotning mumtoz namunalari bilan tanish bo'lgan yirik adib va
245
dramaturgdir. XIX asrning 20-30 yillari u romantiklar harakatining faol
ishtirokchisiga aylanadi.
Dyumaning adabiy merosida dramaturgiya e'tiborli o'rin tutadi. U oltmish oltita
pyesa muallifi bo'lib, ularning ko'pchiligini 30—40 yillari yozgan.
«Odeon». teatrida sahnalashtirilgan «Genrix III va uning aaroyi» (1829) asari
unga adabiy va teatr shuhrati keltirgan birinchi pyesasi bo'ldi. Bu muvaffaqiyat
uning keyingi «Antoni» (831), «Ajal minoras» (1832), «Kin yoki Daho va
sayoqlik» (1836) pyesalari bilan yanada mustahkamlanadi.
Dyuma pyesalari romantik drama turining ajoyib namunalaridir. Ularda
kundalik tamballarcha zerikarli turmush tarziga zid o'laroq, o'tli ehtiroslar,
xalovatsiz olishuvlar og'ushida yashovchi jo'shqin qalbli qahramonlar haqida
hikoya qilingan.
Dyuma pesalarida Gyugo asarlaridagidek isyonkorlik cho'g'i yo'q. Lekin
«Genrix III», «Ajal minorasi» asarlarida muallif feodal olamning daxshatli
ko'rinishlarini tasvir etib, qirol va hukmdor zodagonlar doirasining jinoyatkorona
kirdikorlarini fosh etgan. Zamonaviy mavzudagi asarlar («Antoni», «Kin»)da esa
yovuzlik va beboshlikka qarshi kurash ochgan yo'qsil qahramonlarning fojiona
qismatlari ifodalangan.
Dyuma ham boshqa romantik dramaturglar kabi o'z asarlarida xazin, mungii
lavhalarga keng o'rin ajratgan: o'lim, jazo sahnalarida jismoniy azoblanish holatlari
tez-tez uchraydi.
Dyuma “Tarixiy teatr” deb ataluvchi teatr tashkil etib, uning ilk pardasini 1847-
yili «Qirolicha Margo» spektakli bilan ochadi. Teatr uzoq yashamagan bo'lsa-da
(1849-yili yopilgan), lekin u Parijning hiyobon teatrlari orasida nufuzli o'rin tutib
keldi. Zamonasining ardoqli qalamkashi, serzavq qalb sohibi Aleksandr Ota-
Dyuma asarlari O'zbekistonda ham keng ma'lum. Uning «Uch mushketyor», «Graf
Monte-Kristo» kabi romanlari o'zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlar orasida
keng shuhrat qozongan. «Qora loIa» romoni bo'yicha videofilm, (rejissor M.
Yunusov) yaratilgan, «Ajal minorasi» dramasi teatr san'ati institutida avval diplom
Do'stlaringiz bilan baham: |