qiz izladi (yigit—ega, qiz—to‘ldiruvchi). Qiz yigit izladi (qiz—ega, yigit—
to‘ldiruvchi).
2. Mantiqiy yoki mantiqiy-ekspressiv intonatsiya. Bu intonatsiya grammatik-
fikriy munosabatni belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda mantiqiy urg‘u muhim rol
o‘ynaydi. Masalan: U keldi, men ketdim(sanash: U keldi va men ketdim). U keldi —
men ketdim (sabab: U kelgani uchun men ketdim. U keldi-men ketdim (Ikki ishning
bo‘lishida oradagi vaqtning qisqaligi: U kelishi bilanoq men ketdim).
79
3. Emotsional-ekspressiv ntonatsiya. Intonatsiya ekspressivlikka boy, mantiqiy
kuchga egaligi bilan ajralib turadi. Bunda so‘zlovchi avvalo nutqning badiiy
go‘zalligiga, qolaversa fikrning o‘ta ta’sirchanligiga erishadi
1
.
Shu bilan birgalikda, muallif so‘zlashuv nutqida intonatsiya ma’noni
differensiatsiya qilishda muhim rol o‘ynashini, har bir gap tarkibida u yoki bu
ma’noni ifodalash uchun xizmat qiluvchi intonatsion konstruksiyalar (IK)
mavjudligini ta’kidlaydi va o‘zbek so‘zlashuv nutqidagi faktik materiallarga
asoslangan holda, intonatsion konstruksiyalarning ko‘p qirrali va rang-barang
ekanligini e’tirof etadi. Uning fikricha, intonatsiyaning turli-tuman ko‘rinishlarini
yozma nutqda har doim tinish belgilari orqali ifodalab bo‘lmaydi. Intonatsion
konstruksiyalar nutqda gap, sintagma, so‘z birikmasi va so‘zlar, shuningdek, kontekst
bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilan birgalikda harakat qiladi. Shuning uchun intonatsion
konstruksiya gapning eng muhim xarakterli belgilaridan hisoblanadi
2
.
Demak, intonatsiya supersegment fonetik hodisa bo‘lib, u nutqni fonetik
jihatdan shakllantiradi va bir butun qiladi hamda uning mazmuniy qirralarini yoritish
uchun xizmat qiladi.
B.O‘rinboev ham o‘zbek so‘zlashuv nutqida gaplarni bir-biridan farqlash
uchun qo‘llaniluvchi intonatsion konstruksiyalarning yetti turini ajartgani holda, bu
IKlarning qanday vaziyatlarda qanday ma’nolarni anglatishi mumkinligini batafsil
izohlab beradi.
A.Ahmedov ham o‘zbek tilida gapning kommunikativ turlarini tadqiq etish
jarayonida gap mazmuniga intonatsiyaning ta’sir etishiga e’tibor qaratadi. Uning
ta’kidlashicha, ba’zan tasdiq shakldagi gap inkor mazmuni uchun va, aksincha, inkor
shakldagi gap tasdiq mazmuni uchun qo‘llanishi mumkin. Shunda ham bari bir,
tildagi muayan usul va vositalardan foydalaniladi. Masalan, tasdiq formadagi U
bajarib bo‘pti gapi maxsus intonatsiya yordamida U bajara olmaydi degan inkor
mazmunini, xuddi shuningdek, inkor shakldagi U bermaydi-ya gapi U beradi degan
tasdiq mazmunini anglatadi. Shuningdek, Men ovozim boricha chaqirdim, qani endi u
javob bersa gapining u javob bermadi degan inkor mazmuning anglatishi ham
intonatsiya va sintaktik strukturadan bilinib turadi. Biroq bunda asosiy rolni
intonatsiya o‘ynaydi. Sintaktik struktura esa yordamchi vazifani bajaradi (sintaktik
struktura yuqoridagi gapning intonatsiya yordamida inkor mazmunini anglatishga
zamin yaratgan)
3
.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, intonatsiya gap
strukturasining zaruriy komponentlaridan biri bo‘lib, u gap tarkibiy qismlarini,
N.I.Jinkin ta’biri bilan aytganda, sementlovchi vositadir
4
. Intonatsiya o‘z funksiyasini
kommunikatsiya jarayonida bajarib, gap mazmuniga ta’sir etishi va natijada gapning
shakli hamda mazmuni o‘rtasidagi munosabatlarning murakkablashuviga sabab
bo‘lishi mumkin.
Rus tilshunosligida N.I.Jinkin nutqiy intonatsiyaning xususiyatlarini musiqiy
intonatsiyaga qiyoslab o‘rganish natijasida nutqiy intonatsiyaning boy va rang-
1
Ўринбоев Б. Ўша асар,
2
Ўринбоев Б. Ўша асар,
3
Аҳмедов А. Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлари. –Тошкент: Фан, 1979. 32-бет.
4
Жинкин Н.И. Взаимоотношение компонентов интонации в речи и в музыке. – Сб. Проблемы структурной лингвистики. –
М.: Наука, 1984. –с. 137-148.
80
barangligini hamda uning ma’no ifodalash imkoniyatlarining kengligini e’tirof etadi.
Uning fikricha, intonatsiyaning o‘ziga xos jihatlarini namoyon etuvchi hamda uning
nutq jarayonidagi funksiyasini reallashtiruvchi asosiy komponentlari urg‘u va
pauzadir. U intonatsiyaning ma’no qirralari boy va rang-barang ekanligini e’tirof
etadi va uni asosiy dinamik komponenti (urg‘u) va cho‘ziqligi (pauza) asosida
aniqlash maqsadga muvofiqligini, bu tayanch nuqtalarning o‘zgarishi jumla
mazmunini o‘zgartirishi yoki umuman ma’nosizlikka olib kelishi mumkinligini
ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, kommunikatsiya jarayonida intonatsiya orqali so‘zlovchining
tinglovchiga bo‘lgan munosabati yuzaga chiqishi va shu bilan birga, jumla
so‘zlanayotgan muhit, vaziyat haqida ma’lumot berilishi mumkin. Masalan, Qizim,
Do'stlaringiz bilan baham: |